DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Integratsiya qilinmoqda▫️

🔷Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi 389-son qarori asosida Davlat kadastrlari palatasining “O’zbekiston Respublikasining 2022 yil 1 yanvar holatiga Milliy Yer hisobotini tuzish to‘g‘risida”gi 187-sonli buyrug‘i mavjud. Ushbu buyruq bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔷Xususan, Davlat kadastrlari palatasi Davlat Yer kadastrini yuritish bo‘limi tomonidan barcha viloyatlardagi yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni, har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi hamda ijarachi, yer uchastkasi mulkdorlari kesimidagi asoslangan ma’lumotlar tahlil qilinmoqda. Yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va “UZKAD” dasturiga integratsiya qilish ishlari jadallashtirilgan tarzda tashkil qilingan.

#DavKadastrPalata #yer_fondi #uzkad #integratsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Президент Шавкат Мирзиёев Мирзо-Улуғбек туманидаги Дастурий маҳсулотлар ва ахборот технологиялари технологик паркини бориб кўрди.
Бу ерда жами 17 та иморат барпо этилади. Президентимизга ушбу объектларда бўладиган шароитлар, соҳадаги натижалар ҳақида маълумот берилди.
Давлатимиз раҳбари шу ерда IT соҳаси вакиллари ҳамда маҳалла раислари ва ҳоким ёрдамчилари билан мулоқот қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Технологический парк программных продуктов и информационных технологий в Мирзо-Улугбекском районе.
На территории комплекса будет возведено 17 зданий. Президенту доложили о создаваемых в них условиях и достигнутых в последние годы результатах в сфере.
Здесь же глава государства пообщался с представителями IT, а также побеседовал с председателями махаллей и помощниками хокима.

#Mirziyoyev #tanishuv #IT #texnopark

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️“Zakovat” intellektual o‘yini hududlarda▫️

💠Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridan tuzilgan jamoalar “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.

💠Aql charhi va jamoa jipsligida qiziqarli baxs-munozaralarga boy o‘tayotgan ushbu o‘yinda tizim xodimlari yanada birlashib o‘z jamoalari uchun faol harakat qilmoqdalar.

💠“Zakovat” intelektual o‘yini o'tayotgan haftada quyidagi hududlarda o‘tkazildi:

💤 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
💤 Buxoro viloyati
💤 Samarqand viloyati
💤 Surxondaryo viloyati
💤 Qashqadaryo viloyati
💤 Navoiy viloyati
💤 Jizzax viloyati

Samarqand viloyati kadastr jamoasi belleshuvda 1-o'rinni egallaganini alohida qayd etish muhim!

Intellektual o‘yin kelayotgan haftada ham boshqa hududlarimizda davom ettiriladi...

#DavKadastrPalata #zakovat #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
DAVLAT KADASTRLAR PALATASI hafta ichida:

♻️ Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan kelib tushgan murojaatlar haqida.
👉Batafsil: 1, 2.

♻️Hududiy yangiliklar
👉Batafsil: 1, 2.

♻️Hususiy sektorda yana bir yangi yo‘nalish ish boshlashi uchun yo‘llanma berildi.
👉Batafsil

♻️“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 709-son qarori tartibi.
👉Batafsil: 1, 2, 3, 4.

♻️Davlat kadastrlari palatasi kadastr sohasi bo‘yicha murojaatlarni uzluksiz ravishda qabul qilish va javob berib borish maqsadida o‘z telegram botini yaratdi.
👉Batafsil.

♻️Bosh qomusimiz tasdiqlanganiga kuniga 29 yil to‘ldi.
👉Batafsil.

♻️Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati xodimlari tomonidan Davlatimiz madhiyasi qabul qilingan kun - o‘zgacha kayfiyat bilan qarshi olindi.
👉Batafsil.

♻️Yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va “UZKAD” dasturiga integratsiya qilish ishlari davom etmoqda.
👉Bafasil.

#DavKadastrPalata #xafta_ichida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr_agentligi #xususiylashtirish

“Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тўғрисида”ги Қонунга кўра

Қуйидаги ерлар хусусийлаштирилиши мумкин:

🔹юридик шахсларга тадбиркорлик ва шаҳарсозлик учун берилган ерлар;
🔹фуқароларга якка тартибда уй-жой қуриш ва уй-жойни ободонлаштириш, тадбиркорлик ва шаҳарсозлик учун берилган ерлар (илгари ЯТТларнинг хусусийлаштирилиши назарда тутилмаган);
🔹хусусийлаштириладиган давлат объектлари жойлашган ерлар (илгари бу рухсат берилмаган);
🔹бўш турган ерлар.

Ер участкалари қуйидаги шаклларда хусусийлаштирилади:
📝 умрбод эгалик қилиш ҳуқуқи асосида тегишли бўлган ерни сотиб олиш;
💻ерни электрон онлайн-аукцион орқали сотиб олиш.

Қуйидагилар хусусийлаштиришни рад этиш учун асос ҳисобланади:
хусусийлаштириш учун асос мавжуд эмаслиги;
ерга нисбатан тугалланмаган суд ишларининг мавжудлиги;
ерда жойлашган кўчмас мулкка қўйилган тақиқнинг ёки хатловнинг мавжудлиги;
аҳоли пунктларининг тасдиқланган бош режаларида, аҳоли пункти лойиҳаларида хусусийлаштиришга монелик қиладиган маълумотларнинг мавжудлиги;
давлат ва жамият эҳтиёжлари учун ер участкаларини олиб қўйиш тўғрисида қарор мавжудлиги;
хусусийлаштириладиган ер участкасини сотишга ёки бошқача тарзда ўзга шахсга ўтказишга нисбатан тақиқнинг мавжудлиги;
аризада нотўғри, бир-бирига зид бўлган ёки бузиб кўрсатилган маълумотлар аниқланганлиги;
хусусийлаштириладиган ер пули тўланмаганлиги.
Салбий қарор асослантирилган шаклда бўлиши шарт.

📌Бўш турган ер участкалари электрон онлайн-аукцион орқали хусусийлаштирилади.

🕐 Ерга бўлган мулк ҳуқуқи учун давлат ордери ер учун тўлов қилинганидан сўнг 1 иш кунида Давлат активларини бошқариш агентлиги томонидан берилади.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Tadbirkorlik uchun E-AUKSION.UZ savdo portali orqali ko‘zlagan yer uchastkangizni sotib oling.

28,9 mingdan ortiq yer uchastkalarini investitsiya majburiyatisiz sotib olish imkoniyatiga egasiz!

🔸Qoraqalpog'iston Respublikasidan 1244 ta (ko'rish)
🔸Andijon viloyatidan 1965 ta (ko'rish)
🔸Buxoro viloyatidan 2320 ta (ko'rish)
🔸Jizzax viloyatidan 2700 ta (ko'rish)
🔸Qashqadaryo viloyatidan 2868 ta (ko'rish)
🔸Navoiy viloyatidan 856 ta (ko'rish)
🔸Namangan viloyatidan 2200 ta (ko'rish)
🔸Samarqand viloyatidan 2445 ta (ko'rish)
🔸Surxondaryo viloyatidan 2520 ta (ko'rish)
🔸Sirdaryo viloyatidan 1096 ta (ko'rish)
🔸Toshkent shahridan 15 ta (ko'rish)
🔸Toshkent viloyatidan 231 ta (ko'rish)
🔸Farg'ona viloyatidan 3652 ta (ko'rish)
🔸Xorazm viloyatidan 1367 ta (ko'rish)

E-AUKSION.UZ - bu ochiq va shaffof tanlov!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qarori hamda Davlat kadastrlari palatasi tuzilmasi…
⬜️ Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2021 yil 2 noyabrdagi buyrug‘iga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi tuzilmasi, hamda xodimlarning cheklangan sonini ish hajmidan kelib chiqqan holda belgilash va o‘zgartirish maqsadida qo‘shimcha shtatlar ajratilgan edi.
Amaldagi shtatga 4 yo‘nalishdagi mutaxassislik shtatlari, ya’ni:
🔹Yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi;
🔹Topografik va kartografik xaritalar tayyorlash mutaxassisi;
🔹DKYAT mutaxassisi;
🔹Yer kadastri mutaxassisi va yordamchi personaldan tashkil topgan yana 581 nafar xodim uchun ish o‘rinlari qo‘shildi.

⬜️ Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati Ko’chmas mulk boshqarmasi hodimlari tomonidan Hududiy boshqarmalarning tuman (shahar) filiallariga taklif etilayotgan har bir DKYAT mutaxassisligiga eng munosib nomzodlarni saralab olish hamda ularning bilim va ko’nikmalari aniqlash maqsadida suhbatlar tashkil etilmoqda.

Jarayon davom etmoqda…

#DavKadastrPalata #vakant #mutaxassislar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️OAV biz haqimizda▫️

🏢Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan o'tkazilgan haftalik brifingda Davlat kadastrlari palatasida bo'lib o'tgan Ko‘chmas mulk bo‘yicha hususiy kadastr muhandislariga shahodatnoma topshirilishi haqida so‘z bordi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Fuqarolarga subsidiya ajratish qayta yo‘lga qo‘yildi▫️

🔹Farmonga ko‘ra, sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’iy nazar dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qat’iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 %lik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.

🔹Endilikda fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb etish huquqi berildi.

🔹Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalar ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.

🔹Subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar 2021 yil 10 dekabrga qadar amalda bo‘lgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi.

#DavKadastrPalata #subsidiya #ipoteka

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |