DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#hashar_2020
Жорий йилда Наврўз умумхалқ байрамини муносиб нишонлашга тайёргарлик кўриш, ўзаро меҳр-оқибат ва ҳамжиҳатликни янада кучайтириш, жамоат жойларини ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш мақсадида Ҳукумат Фармойишига асосан 2020 йил 14-15 март кунлари мамлакатимизнинг барча ҳудудларида “Обод юрт” умумхалқ ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш хайрия ҳашари ўтказилмоқда. Умумхалқ хайрия хашари доирасида Давергеодезкадастр қўмитаси тизимидаги барча ҳудудий бошқармалар, корхона ва ташкилотларида ободонлаштириш ишлари олиб борилмоқда. (Фоторепортаж)
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri — hayvonot dunyosi obyektlari va ulardan foydalanish hajmlarini davlat tomonidan hisobga olish ma’lumotlariga asoslangan, ularning geografik tarqalishi, turlari tarkibi, soni, boshqa son va sifat tavsiflari, yashash muhiti, ulardan xo‘jalikda foydalanish va iqtisodiy baholash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan muntazam yangilanadigan axborot tizimi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida tabiiy erkin sharoitda yashaydigan va davlat tomonidan hisobga olinadigan yovvoyi hayvonlar Hayvonot dunyosining davlat kadastri obyektlaridir.

Hayvonot dunyosining davlat kadastri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 250 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 250 tani tashkil etadi.
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Energetika obyektlari davlat kadastri (EODK) - bu еnergetika obyektlari, ularning jug`rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to`g`risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma’lumotlar tizimidir.
Faoliyat ko`rsatayotgan va qurilayotgan gidravlik hamda issiqlik еlektr stansiyalari, o`z ichiga yordamchi stansiyalarni oladigan еlektr tarmoqlari, "O`zbekеnergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida jamlangan havo va kabel liniyalari hamda O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, texnologik jarayonning yaxlitligi vositasida еnergiya tizimi bilan bog`langan boshqa еnergiya obyektlari EODK obyektlari hisoblanadi.

Energetika obyektlari davlat kadastri “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 4 192 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 4 192 tani tashkil etadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik
Unutmang har birimizni uyda oilamiz kutmoqda! Yo’l harakati qoidalariga amal qilaylik! O’zimizni va o’zgalarni asraylik!
O'zbekistonda ilk bor Koronavirus aniqlanganligi haqida xabar tarqaldi

Манба: https://kun.uz/67507980
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr

FOYDALI QAZILMA KONLARI, BELGILARI VA TEXNOGEN MINERAL HOSILALAR DAVLAT KADASTRI.

Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi konlari, foydali qazilmalari nishonalari va texnogen hosilalarining davlat kadastrini hisobga olish ob'yektlari hisoblanadi:
-O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida hisobga olingan foydali qazilmalar zaxiralari mavjud bo‘lgan konlar;
-foydali qazilmalar konlari uchastkalari, agar ularning zaxiralari O‘zbekiston Respublikasining foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida alohida satr bilan hisobga olinsa;
-O‘zbekiston Respublikasining foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida hisobga olinmagan foydali qazilmalar zaxiralari mavjud bo‘lgan, lekin qidiruv (mufassal baholash) ishlari tugallanmagan konlar;
-foydali qazilmalar zaxiralari O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobidan qandaydir sababga ko‘ra chiqarilgan konlar;
-iqtisodiy yoki texnik sabablarga ko‘ra zaxiralardan foydalanish vaqtincha to‘xtatilgan, kon korxonalari esa to‘xtatib qo‘yilgan konlar;
-tarkibida mineral xom ashyoning mana shunday turi bo‘yicha qazib olinayotgan konlarga sanoat talablariga javob beruvchi qimmatli komponentlar borligi jihatidan hech bo‘lmaganda bitta ruda jismi (qatlami) mavjudligi aniqlangan foydali qattiq qazilmalar nishonalari;
-tarkibidagi qimmatli komponentlar amaliy qiziqish tug‘diruvchi, shuningdek, atrof-muhitni ifloslantiruvchi va aholiga jiddiy xavf-xatar tug‘diruvchi kambag‘al rudalar ag‘darmalari, chiqindi omborlari va boshqa texnogen hosilalar.

Foydali qazilma konlari, belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri Davlat Geologiya va mineral resurslar qo`mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 2434 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 2434 tani tashkil etadi

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Davlat suv kadastri yagona davlat suv fondini tashkil etuvchi suv obyektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish haqidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi tartibga solingan, doimiy to‘ldirib boriladigan va zarurat bo‘lganda aniqlashtiriladigan ma'lumotlar to‘plamini ifodalaydi.
Davlat suv kadastri 3 guruhga taqsimlanadi.Yer osti suvlari; Yer usti suvlari; Suvdan foydalanish.

Yer osti suvlari kadastri Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi tomonidan,
Yer usti suvlari kadastri “Uzgidromet” markazi tomonidan,
Suvdan foydalanish kadastri Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan yuritiladi.

Davlat suv kadastri
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 1870 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 1800 tani tashkil etadi
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Davlat o‘rmon kadastri O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha o‘rmonlar, ularning geografik o‘rni, huquqiy rejimi, miqdoriy va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli kadastr axboroti tizimidan iborat bo‘ladi.
Davlat o‘rmon kadastri o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish, o‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish maqsadida manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni o‘rmon to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan ta'minlash uchun mo‘ljallangandir.

Davlat O'rmon kadastri O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 11 264 205 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 10 861 119 tani tashkil etadi
#habar

Kuni kecha Oʼzbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Аbdulla Аripov tomonidan oʼtkazilgan yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi hududida COVID-19 koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan ilk bemor aniqlanganligi rasman eʼlon qilindi. Ushbu munosabat bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshirigʼiga koʼra joriy yil 16 martdan barcha davlat, nodavlat va xususiy taʼlim muassasalarida, jumladan bogʼcha, maktab, kollej, litsey va OTMlarda muddatdan oldin taʼtil eʼlon qilindi va oʼqishlar toʼxtatildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda Davlat kadastri, geodeziya va kartografiya milliy markazining oʼquv boʼlimi tomonidan tashkil etilayotgan oʼquv kurslari vaqtincha toʼxtatilganligini hamda malaka oshirish kurslarini maxsus masofaviy taʼlim tizimi orqali amalga oshirish choralari koʼrilayotganligi maʼlum qilinadi.

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
👇🏻 👇🏻 👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Moddiy madaniy meros ob`yektlari davlat kadastri "Madaniy meros ob`yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida", "Davlat kadastrlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa qator normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq moddiy madaniy meros ob'yektlarining davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadida yuritiladi.
Madaniy meros ob'yektlari davlat kadastri o‘zida madaniy meros ob'yektlarining jug‘rofiy joylashishi, huquqiy maqomi, miqdoriy, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risidagi yangilab turiladigan ma'lumotlar va hujjatlar tizimini ifodalaydi.

Moddiy madaniy meros ob`yektlari davlat kadastri Madaniyat vazirligi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 8 208 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 1 949 tani tashkil etadi
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Davlat shaharsozlik kadastrida quyidagilar qamrab olinadi:
topografiya-geodeziya va kartografiya materiallari;
hududlarning ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik holati to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlari, shuningdek hududlarni obodonlashtirish to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish hamda ularni qurish to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
hududlarning zonalashtirilishi hamda hududiy zonalarning shaharsozlik reglamentlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
uy-joy fondining texnik holati to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi ma'lumotlari.

Davlat shaharsozlik kadastri Qurilish vazirligi tomonidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 2 841 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 1 724 tani tashkil etadi
Forwarded from Kadastr - Live
#21ta_kadastr
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri bu hududlarning toifalari va turlari, ularning jug‘rofiy holati, miqdor va sifat xususiyatlari, ekologik, iqtisodiy, ilmiy, ma'rifiy va boshqa jihatdan ahamiyati to‘g‘risidagi, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar haqidagi, shuningdek yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tominidan yuritiladi.
(2019 yil holatiga)

Jami obyektlar soni: 430 ta
Shundan Davlat kadastrlari yagona tizimiga (DKYT) kiritilganlar soni: 395 tani tashkil etadi.