DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#Yer_solig_i #Soliq_to_lovchi #Yuridik_shaxslar

🔵Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

🏢Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

‼️Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

Asos
: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 425-moddasi
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#кадастр_агентлиги

🇺🇿 Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат кадастри соҳасида давлат хизматлари нархларини белгилашда табақалаштирилган ёндашув тартибини такомиллаштириш тўғрисида”ги қарорига киритилган ўзгартиришлар Узрепорт лавҳасида.
#Farg_ona_viloyati #xatlov #bino_inshoot #yer_uchastkari #infografika

🏘Farg'ona viloyatida yer maydonlari va bino inshootlarni yalpi xatlovdan o‘tkazish ishlari bo'yicha ma'lumot.

(2021 yil 19 may holatiga)
#Xizmatlar

🏢 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlari.

🏠QURILISHI (REKONSTRUKSIYASI) TUGALLANGAN BINO VA INSHOOTLARNI FOYDALANISHGA QABUL QILISH (YAKKA TARTIBDAGI UY-JOY QURISH OBYEKTI UCHUN)

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Yer_solig_i #Soliq_to_lovchi #Yuridik_shaxslar

🔵Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq solish obyektidir.

🏢Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi:

🔹 notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar;

🔹aholi punktlarining, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;

🔹umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar;

🔹aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar;

🔹davlat qo‘riqxonalarining, kompleks buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‘riqxonalarning, tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning yerlari;

🔹suv fondi yerlari;

🔹zaxira yerlar.

Asos: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 426-moddasi
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Евроосиё иқтисодий кенгашининг видеоанжуман шаклидаги йиғилишида иштирок этди.
Тадбир кун тартибидан иқтисодиётнинг турли тармоқларида амалий ҳамкорлик қилиш ҳамда ЕОИИ фаолиятини такомиллаштиришга доир долзарб масалалар ўрин олди.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқида ҳал этилиши ўзаро мувофиқлашган ёндашувларни талаб этувчи энг муҳим вазифаларга алоҳида тўхталди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял участие в заседании Высшего Евразийского экономического совета в формате видеоконференции.
В повестку дня мероприятия вошли актуальные вопросы практического сотрудничества в различных отраслях экономики, а также совершенствования деятельности ЕАЭС.
В своем выступлении глава нашего государства отдельно остановился на наиболее важных задачах, решение которых требует скоординированных подходов.

#Mirziyoyev #sammit #EOII #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from 67 studio
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов иштирокида брифинг

Вазирлар Маҳкамасининг «Давлат кадастри соҳасида давлат хизматлари нархларини белгилашда табақалаштирилган ёндашув тартибини такомиллаштириш тўғрисида»ги 2014 йил 10 июлдаги 186-сон қарорига ўзгартиришлар киритилгани ҳақида

Каналга уланиш https://t.iss.one/studio_67
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #texnik #reportaj

Кадастр муҳандисининг бир куни!

🔹«Давлат кадастрлар палатаси» ёзувидаги касб либосини кийиб кўчага йўналган муҳандис бугун борадиган хонадонида уни нималар кутишини билмайди...

🔹Унинг мақсади хатловни амалга ошириш, ўлчовда адашмасликдир.
Qibrayning qaysi mahallalari Toshkent shahri tarkibiga o‘tmoqda?

☝️Toshkent viloyati Qibray tumaniga qarashli 20 ta mahalla fuqarolar yig‘ini (jami 4402 gektar) Toshkent shahri tarkibiga o‘tkaziladi. Bu haqda joriy yil 20 may kuni Xalq deputatlari Qibray tuman kengashining tegishli qarori qabul qilingan.

Jumladan, Qibray tumanidagi:
🔹Jarboshi, Tashisti, Ibrat, Mirishkor, Arg‘in, Bahor, Chinor va Tovkentepa mahallalari (2107,4 gektar) poytaxtning Yashnobod tumani;
🔹 Geofizika, Alisherobod, Chingeldi, Do‘stlik, Taraqqiyot, Barkamol, Bog‘ishamol, Vatanparvar, Amir Temur, Mevazor, Gulbog‘, Gulzor-1 va Pastki-yuz mahallalari (2294,6 gektar) Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Qibray tumani okrugidan saylangan xalq deputatlari Qibray tuman kengashining deputatlari tegishlicha xalq deputatlari Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tuman kengashlari tarkibiga o‘tgan hisoblanadi
#Xalqaro_hamkorlik #Koreya

Bugun Davlat kadastrlari palatasida K-WATER Koreya suv resurslari korporatsiyasining O'zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuvda Osiyo banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonning g‘arbiy qismining suv taʼminoti tizimlarini rivojlantirish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ushbu loyiha doirasida suv resurslari bo‘yicha to‘plangan maʼlumotlarni geoaxborot tizimiga kiritish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz:
Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 21 ta davlat kadastrlari bo‘yicha maʼlumotlar doimiy geoaxborot tizimida yangilanib boriladi.
Andijon viloyatidagi 150 ta MFYlar DKYAT dasturiga kiritildi. (2021 yil may oyi holatiga)

Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tizimidagi xodimlar tomonidan 508 ta MFYlarda "Mahallabay" tizimi orqali xatlov ishlari yakunlandi, ushbu xatlov jarayonida 510 056 ta ko'chmas mulklar aniqlandi.

Shundan, 150 ta MFYlardagi 38 774 ta ko'chmas mulklar Davlat kadastrlari palatasining "Ko'chmas mulk 3" dasturi hamda Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT) dasturiga integratsiya qilinmoqda.

Xatlovdan o'tkazilgan MFYlar tuman (shaharlar) kesimida.

🔹Oltinko'l tumani - 10 ta
🔹Andijon tumani - 5 ta
🔹Andijon shahar - 17 ta
🔹Asaka tumani - 2 ta
🔹Baliqchi tumani - 20 ta
🔹Buloqboshi tumani - 7 ta
🔹Bo'ston tumani - 15 ta
🔹Izboskan tumani - 7 ta
🔹Qo'rg'ontepa tumani - 41 ta
🔹Marxamat tumani - 5 ta
🔹Shaxrixon tumani - 5 ta
🔹Ulug'nor tumani - 12 ta
🔹Jalaquduq tumani - 1 ta
#Sayyor_qabul #Qashqadaryo_viloyati

Qarshi shahridagi "Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi" da Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyevning sayyor qabuli boshlanmoqda.