DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.7K subscribers
10.6K photos
1.66K videos
1 file
6.33K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

8-yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni


🇺🇿 Prokuratura organlari mamlakatimizda huquqiy tartibni saqlash, qonunlarning adolatli va teng ravishda qo‘llanilishini ta'minlashda beqiyos ahamiyatga ega. Ularning har bir qarori, har bir amaliyoti jamiyatimizda qonun ustuvorligini, huquqiy xavfsizlikni va adolatni tiklashga xizmat qiladi.

🇺🇿 Bugungi kunda prokuratura tizimi faqatgina jinoyatlarni tergov qilishda emas, balki inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyani fosh etish va jamiyatda adolatli huquqiy muhitni yaratishda ham katta rol o‘ynaydi. Ularning har bir xatti-harakati Vatanimiz ravnaqi uchun muhim ahamiyatga ega.

💐 Prokuratura tizimida mehnat qilayotgan barcha xodimlarga adolat va qonuniylikni ta'minlashdagi fidokorona va mashaqqatli ishlarida davomiy muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz! Jamiyatimizdagi huquqiy tartibni mustahkamlashga xizmat qilayotgan sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo'lsin!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yilning geografik obyekt nomlari davlat ekspertizasi hisoboti

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponimika xizmati boshqarmasi tomonidan  bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Mazkur infografika orqali 2024-yil yanvar-dekabr oylari davomida Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - taraqqiyot dushmani!


💠 Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy matbuot xizmatlari korrupsiyani oldini olishga qaratilgan mulohazali videoroliklar yaratganlar.

❗️ Eslatib o’tamiz: Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiste’mol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz - 1097 ishonch telefoni orqali habar berishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #hududlar #korrupsiyaga_qarshi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!


✔️ Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib borish orqali:

🌟 Kadastr tizimi bo'yicha eng so'nggi yangiliklar, xizmatlar va imkoniyatlardan xabardor bo'ling;

📥 Davlat xizmatlaridagi o'zgarishlar va imtiyozlar haqida muntazam boxabar bo'ling;

Sohaga oid savollaringizga tez va aniq javoblarni topishingiz mumkin.

🎚Bizning sahifalarimizni skaner qilib, eng so'nggi xabarlar va foydali ma'lumotlarga ega bo'ling!

#DavKadastrPalata #e_tibor_qarating

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yil hisobotlariga ko'ra, mulkdorlari eng ko'p bo'lgan hudud Samarqand viloyatidir


🇺🇿 Respublikamiz miqyosida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar 2025-yil 1-yanvar holatiga ko'ra 8 120 538 tani tashkil etmoqda.

Bu esa yurtimizda kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush tarzini yanada yaxshilash borasidagi islohotlar samarasi o'laroq, mulkdorlar soni kun sayin ko'payib borayotganidan dalolatdir.

Eng ko'p mulkka egalik qiluvchi jismoniy shaxslar esa doimgidek Samarqand viloyatida qayd etildi.

📊 Hududlar kesimidagi batafsil ma'lumotlar mazkur infografikada.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Markaziy apparat vakillari hududlarda


🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'RQ-937-sonli Qonuni ijrosi hamda faoliyatni yanada samarali tashkil etish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

⚡️ Jumladan, mazkur hafta davomida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari A.Suyunov tomonidan Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan xatlov ishlari nazoratdan o'tkazildi.

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishanov Namangan viloyatida olib borilayotgan xatlov ishlari bilan tanishib, yo'nalish bo'yicha bir qancha ishlarni amalga oshirdi.

🇺🇿 Shuningdek, rais o'rinbosari R.Nishanov tomonidan Andijon viloyatida Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

🇺🇿 Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi boshlig‘i F.Niyozov ishtirokida Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida Yer resurslarining hisobotdagi va amaldagi maydonlari o‘rtasidagi farqlarni o‘rganishga bag'ishlangan o‘quv seminarlari o'tkazildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga oid tushunchalar


📃 Huquqni belgilovchi hujjatlar — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o‘tishini, cheklanishi va bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar.

✔️ Asos: O'RQ-803 28.11.2022

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2025-YIL, YANVARDAN
XATLOV O'TKAZILAYOTGAN MAHALLALAR

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga muvofiq, Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 2024-2028-yillarda respublika miqyosida bosqichma-bosqich xatlov ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur videoinfografika orqali hududlarda 2025-yil yanvar oyida xatlovlar boshlanadigan mahallalar haqida ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko'chmas mulk obyektlari statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizdagi jami ko'chmas mulk obyektlari statistikasini taqdim etadi.

🗓 Hisobot davri: 2025-yil 1-yanvar holatiga ko'ra.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPga kelib tushgan haftalik murojaatlar

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2025 yil,6-10-yanvarda  jami  1 508 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Dunyodagi eng katta hududga ega qishloq xo'jaligi yerlari

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati xorijdagi qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etishda davom etadi. Ushbu infografika orqali siz qishloq xo'jaligi yerlarining hududi bo'yicha dunyoda yetakchi bo'lgan 10 ta davlat bilan tanishishingiz mumkin.

🌿 Unga ko'ra, dunyodagi eng katta hududga ega qishloq xo'jaligi yerlari AQSH da bo'lsa, eng ko'p davlat hududini egallagan bu toifadagi yerlar Ukrainada ekanligini ko'rishimiz mumkin.

👉 Bundan avval hududi jihatidan eng katta yerlarga ega bo‘lgan dunyodagi mashhur mulkdorlar haqida qiziqarli ma’lumot berilgan edi.

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat
kadastrlari palatasiga 2024-yilda kelib tushgan murojaatlar statistikasi

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgani sababli, tashkilotda aholi murojaatlari bilan ishlashga alohida e'tibor qaratilgan.

📊 Ushbu infografika orqali 2024-yil yanvar-dekabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

📲 Kadastr xizmatlari bilan bog'liq murojaatlaringiz bo'lsa, 1097 telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling yoki @Dkpuz_bot telegram boti orqali murojaat qiling.

#DavKadastrPalata #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilgandi.

📃 Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda. Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.

Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlarini so‘raydi.

#DavKadastrPalata #uzbekistan2030

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni!


🇺🇿 Bugun ona diyorimiz tinchligi va farovonligini ta’minlayotgan, Vatan himoyasiga jonini fido qilgan barcha harbiy xizmatchilarimiz va yurtimiz o‘g‘lonlarining bayramidir. Ularning mashaqqatli mehnati, jasorati va fidokorligi tufayli biz tinch va osoyishta hayot kechirmoqdamiz.

🇺🇿 Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida, O‘zbekiston armiyasi 2025-yilda xalqaro reytingda 145 mamlakat orasidan 58-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiyalardan biri sifatida tan olindi. Bu esa milliy mudofaa tizimimizning naqadar kuchli va mustahkamligini yana bir bor tasdiqlaydi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi, barcha yigitlarimiz, posbonlarimiz va harbiylarimizni ushbu kun bilan samimiy muborakbod etadi. Har biringizning Vatan himoyasi yo'lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringiz biz uchun g'oyat bebaho va qadrlidir. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bayramingiz muborak bo'lsin vatanimiz
o'g'lonlari

⭐️🌟 Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan xotin-qizlar tomonidan palata posbonlariga kutilmagan sovg'alar taqdim etildi!

💐Palata ayollari erta tongdan kadastr yigitlarini tantanali ravishda kutib olib, ularga samimiy tabriklarini bildirib, bayram sovg'alarini ulashdilar.

🅰 Bugungi tinch hayotimiz mehnatkash xalqimizning cheksiz kuch-qudrati, ona Vataniga sadoqati, oilasiga g‘amxo‘rligi, mehr-muhabbati yuksak ekanligining samarasidir.

#DavKadastrPalata #vatan_himoyachilari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

🎚 SAVOL: Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer deganda qanday yerlarni tushunish mumkin?

JAVOB: O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yo‘qolgan yoki to‘liq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasidir.

◼️ Hozirda bunday yerlarga nisbatan egalik huquqlarini e'tirof etish yuzasidan O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga binoan, respublikamiz miqyosida xatlov jarayonlari olib borilmoqda.

👔 @Dkpuz_bot yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM