🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Yer hisobini yuritishda mas’ul xodimlar uchun o‘quv seminari
⭐️🌟 Avval xabar berganimizdek, Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi tomonidan viloyat tuman, shahar filiallaridagi
Yer hisobotini yuritish mutaxassislari uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi.
◼️Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2024 yildagi
“Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 614-sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda amalga oshirilishi belgilangan ishlar tahlil etilib,
"Yer hisoboti AAT" hamda yer balansining 2025-yil 1-yanvar holatiga tayyorgarlik, hududlarda yer hisobi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama etilib, mutaxassislarga bu yo‘nalishda ham
tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.◼️O'tgan hafta mobaynida shu kabi uchrashuvlar quyidagi
hududiy boshqarmalarda o'tkazildi:
▫️Xorazm viloyati▫️Toshkent viloyati▫️Sirdaryo viloyati▫️Surxondaryo viloyati▫️Buxoro viloyati ▫️Toshkent shahri#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter