DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

◼️mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 155 000 soʻm;

◼️bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm;

◼️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 soʻm;

◼️yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 soʻm;

◼️nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 soʻm;

◼️mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 soʻm;

◼️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 soʻmdan) 920 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 soʻm;

◼️zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 soʻm;

◼️ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 745 000 soʻm.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun targ'iboti yuzasidan seminarlar

🖥 Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mas'ul xodimlari tomonidan joylarda O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan reja-grafik asosida seminarlar bo'lib o'tmoqda.

◼️Hozirga qadar shu kabi tadbirlar quyidagi boshqarma filiallarida o'tkazildi:

▫️Toshkent shahri 1, 2
▫️Farg'ona viloyati 1, 2
▫️Xorazm viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Kadastr bo‘yicha bo‘lish ko‘chmas mulkni hisobga olishning yagona tizimini yaratish va ko‘chmas mulkka kadastr raqamlarini berish maqsadida amalga oshiriladi.

🇺🇿 Kadastr bo‘yicha bo‘lish va kadastr raqamlari tizimi Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimida har qanday yer uchastkalari, binolar va inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlarni bir xilda identifikatsiya qilishi lozim.

📃Hududlar kadastr bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari.tomonidan bo‘linadi.

◼️Kadastr bo‘yicha bo‘lish materiallari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

◼️Yer uchastkalariga, yer uchastkalarining bir qismiga, ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga, binolar. va inshootlarning bir qismiga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri. boshqarmalarining tegishli tumanlar (shaharlar) filiallari tomonidan beriladi.

👔 Asos: Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi 555-sonli qarori.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiga qarshi kurash yo'lida


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha bosh mutaxassislari tomonidan xodimlar ishtirokida davra suhbatlari muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda.

◼️Shuningdek, korrupsion holatlarni oldini olish va bartaraf etish maqsadida kadastr xodimlari tomonidan MFY idoralarida mahalla faollari hamda fuqarolar o'rtasida ham shu kabi uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

◼️Ushbu tadbirlarda aholiga kadastr sohasidagi murojaatlar yuzasidan korrupsiya va ta'magirilik holatlariga duch kelganlarida mutasaddilarga murojaat qilishlari kerakligi hamda huquq va manfaatlari himoya qilinishi haqida tushunchalar berildi.

▫️Jizzax viloyati 1, 2, 3
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi 1, 2
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Toshkent shahri

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qanday yer uchastkalari ortiqcha egallangan yer uchastkasi hisoblanadi ?


Ortiqcha egallangan yer uchastkasi — yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiq bo‘lgan, yer uchastkasining chegarasidan tashqarida, unga tutash hududda joylashgan yer maydonidir.

🔹 Asos: O'RQ-937 05.08.2024-yil

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Sizdan yo'llangan savollar:
1. Yer uchastkalaridagi binolar 2018-yilgacha qurilganligini qayerdan bilsa bo‘ladi?
2. Hujjati umuman mavjud emas yerlar nima bo`ladi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug'iga ko'ra, Adliya Vazirligi kelishuvi asosida Sadikov Dilshod G'ayratovich – Davlat kadastrlari palatasi Yuridik bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

◼️Dilshod Sadikov – 1982-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 2003-yil - Toshkent Davlat sharqshunoslik institutini, 2009-yil Toshkent Davlat yuridik institutini, 2010-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi bosh yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Inson manfaatlari - oliy qadriyat!

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida fuqaro va tadbirkorlarning kadastr sohasiga oid murojaatlarini joyiga borgan holda o'rganish va hal etish ishlari olib borilmoqda.

🖥 Aholi manfaatlari uchun yo'lga qo'yilgan ushbu tashabbus xodimlar tomonidan vakolat doirasida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolariga ijobiy yechim topishda davom etmoqda.

▫️Andijon viloyati 1, 2, 3, 4
▫️Jizzax viloyati 1, 2
▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Rasmiy munosabat

➡️ Bugun ijtimoiy tarmoq orqali fuqaro murojaati eʼlon qilingani yuzasidan masala Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

📃 Murojaat muallifi joriy yil 20 sentabr kuni haqiqatdan uzdkp_uz telegram botiga murojaat qilgan. Murojaatda Davlat kadastrlar palatasi raisining o‘rinbosari A.Suyunovning qabuliga kirish so‘ralgan. Qayd etish kerakki, murojaat o‘z vaqtida qabul qilinib, Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.X.Suyunov xizmat safarida bo‘lganligi sababli, qabul kunini va soatini, murojaatchiga aloqaga chiqqan holda belgilanishi maʼlum qilingan.

◼️Murojaatga javobdan so‘ng fuqaro Davlat kadastrlari palatasi telegram botiga murojaat yo‘llash tartibiga ko‘ra yo‘l tutmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri telegram orqali yozishda davom etgani bois uning murojaatlari tashkilotning murojaatlar bo‘limiga kelib tushmagan. Zero bir ID bilan faqat bir fuqaro bir martta murojaat qilishi mumkin. Yangi murojaat uchun botga murojaat qilish tartibiga amal qilgan holda, maʼlumotlar kiritgan holda yangidan savol yo‘llashlari lozim bo‘ladi. Shu bois mazkur masalada tushunmovchilik yuzaga kelganini qayd etamiz.

◼️Murojaatchi bilan yana bir bor telefon orqali aloqa o‘rnatildi va Telegram botiga murojaat yo‘llash tartibi to‘liq tushuntirildi. Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining qabulida ishtirok etish uchun muddatlar kelishib olindi.

Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilariga yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tadbirkor va fuqarolarni murojaatlariga doimo ochiq ekanligini hamda har bir kelib tushgan murojaatlar nazoratda ekanligini bildiradi.

✍️ Qayd etish kerakki, tashkilotning murojaatlar uchun yagona aloqa markazi hamda Telegram boti ishlab turganini maʼlum qilamiz. DKPning yagona aloqa markazi (71) 207-00-03 telefon raqamiga dushanbadan juma kunigacha, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar (tushlik 13:00-14:00) qo‘ng‘iroq qilish orqali ham sohaga doir murojaatlarini qoldirishlari mumkin.

✈️ Bundan tashqari quyida uzdkp_uz Telegram botiga murojaat qoldirish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma bilan ham tanishishingiz mumkin bo‘ladi.👇

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM