🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿Rasmiy munosabat➡️ Bugun ijtimoiy tarmoq orqali fuqaro murojaati eʼlon qilingani yuzasidan masala
Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.
📃 Murojaat muallifi joriy yil 20 sentabr kuni haqiqatdan uzdkp_uz telegram botiga murojaat qilgan. Murojaatda Davlat kadastrlar palatasi raisining o‘rinbosari A.Suyunovning qabuliga kirish so‘ralgan.
Qayd etish kerakki, murojaat o‘z vaqtida qabul qilinib, Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.X.Suyunov xizmat safarida bo‘lganligi sababli, qabul kunini va soatini, murojaatchiga aloqaga chiqqan holda belgilanishi maʼlum qilingan.
◼️Murojaatga javobdan so‘ng fuqaro Davlat kadastrlari palatasi telegram botiga murojaat yo‘llash tartibiga ko‘ra yo‘l tutmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri telegram orqali yozishda davom etgani bois uning murojaatlari tashkilotning murojaatlar bo‘limiga kelib tushmagan. Zero bir ID bilan faqat bir fuqaro bir martta murojaat qilishi mumkin.
Yangi murojaat uchun botga murojaat qilish tartibiga amal qilgan holda, maʼlumotlar kiritgan holda yangidan savol yo‘llashlari lozim bo‘ladi. Shu bois mazkur masalada tushunmovchilik yuzaga kelganini qayd etamiz.
◼️Murojaatchi bilan yana bir bor telefon orqali aloqa o‘rnatildi va Telegram botiga murojaat yo‘llash tartibi to‘liq tushuntirildi. Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining qabulida ishtirok etish uchun muddatlar kelishib olindi.
✅ Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilariga yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz,
Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tadbirkor va fuqarolarni murojaatlariga doimo ochiq ekanligini hamda har bir kelib tushgan murojaatlar nazoratda ekanligini bildiradi.
✍️ Qayd etish kerakki, tashkilotning murojaatlar uchun yagona aloqa markazi hamda Telegram boti ishlab turganini maʼlum qilamiz. DKPning yagona aloqa markazi (71) 207-00-03 telefon raqamiga dushanbadan juma kunigacha, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar (tushlik 13:00-14:00) qo‘ng‘iroq qilish orqali ham sohaga doir murojaatlarini qoldirishlari mumkin.
✈️ Bundan tashqari quyida uzdkp_uz Telegram botiga murojaat qoldirish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma bilan ham tanishishingiz mumkin bo‘ladi.
👇#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabatIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter