DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

🫥Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

- mulk huquqi;
- doimiy egalik qilish huquqi;
- doimiy foydalanish huquqi;
- meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
- ijara huquqi;
- ikkilamchi ijara huquqi;
- xo‘jalik yuritish huquqi;
- operativ boshqarish huquqi;
- ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
- bepul foydalanish huquqi;
- renta;
- ipoteka;
- servitut;
- ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

☯️ Avvalroq, ko'chmas mulkni bo'lish va uning yangi chegaralarini aniqlash haqida ma'lumot taqdim etilgan edi.

🫥 Navbatdagi video orqali ko'chmas mulkni bo'lishni rad etish uchun asoslar haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

To'liq o'qish uchun: https://lex.uz/docs/4977684

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

💸 Malaka imtihonini topshirish uchun talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

◼️geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

◼️geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lishi yoki ish stajiga ega bo‘lmagan holda, kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari bo‘yicha ta’lim olgan bo‘lishi.

💸Kadastr muhandisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hududida faoliyat yuritadi.

💠 Bunda kadastr muhandisi o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzadi yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat yer kadastri

⭐️🌟Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.

🇺🇿 Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat bahosini, shuningdek yer kadastriga doir axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilab turilishini o‘z ichiga oladi.

◼️Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari:

- mamlakatning butun hududini to‘la qamrab olish;
- fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash;
- yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining birligi;
- yer kadastriga doir axborotlarning to‘g‘ri bo‘lishi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

Ko'chmas mulkingizni birlashtirmoqchisiz, lekin tartib-qoidalaridan bexabarmisiz?

Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi qanday?

Ushbu savollarga Davlat kadastrlari palatasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi mutaxassisi bergan aniq javob batafsil videoda👆

📃 To'liq o'qish uchun: https://lex.uz/docs/4977684

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat hisobidan yuridik yordam

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi 16.06.2023 yil 848-son Qonuniga sharh

📃 Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi.

Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
- kam ta’minlangan shaxslar;
- ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar;
- o‘z huquqlari buzilgan;
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

▶️ Batafsil mazkur videoda👆

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi

📃 Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

▫️Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

▫️boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

▫️ Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

▫️ Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerlarning investisiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalaniladi


💠 “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investisiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-135-son Prezident Farmoni 06.09.2024-yilda qabul qilindi.

📃 Farmonga ko'ra, qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi:

🫥 Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to'lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

🫥 boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to'lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

🫥 Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to'liq to'langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

◼️ Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko'p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko'rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM