DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28.9K subscribers
10.6K photos
1.66K videos
1 file
6.34K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 32 yil to'ldi

🌏 “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

🇺🇿 Ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom maʼnodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan.

🇺🇿Davlat gerbining soʻl tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan. Uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma`nosi mamlakat aholisining ko`p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

20-avgust-Tadbirkorlar kuni

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 23-dekabrda "Tadbirkorlar kunini belgilash to`g`risidagi" Qonun imzolangan bo`lib, 20-avgust sanasi mamlakatimizda "Tadbirkorlar kuni" deb e`lon qilingan.

💼 Yurtimizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida" gi Qonuni qabul qilingan bo`lib, ushbu qonun fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishlarini hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta`minlab kelmoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi respublikamizda faoliyat olib borayotgan barcha tadbirkorlarni ushbu kun munosabati bilan samimiy qutlaydi va barcha tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga omad va zafarlar tilaydi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati — O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiga kiruvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlaridan biridir.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdek sharafli vazifani sidqidildan bajarayotgan Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

💐 Xalqimizning tarixiy-madaniy va boy ma'naviy merosini himoya qilish, tinch va osoyishta turmush kechirishini ta'minlash yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

27-sentabr - Xalqaro turizm kuni

🌎Xalqaro turizm kuni - Xalqaro turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi tomonidan 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida ta'sis etilgan va har yili 27-sentabrda nishonlanadi.

🇺🇿 Yurtimizga 2024-yilning yanvar-may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan bo'lib, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 248,2 ming nafarga ya'ni 9,6 % ga oshganligi mamlakatimizda turizm sohasida sezilarli darajada o'sish bo'layotganidan dalolat beradi. Joriy yilning 5 oyi davomida quyidagi davlatlar fuqarolarining tashrifi amalga oshirilgan:

◼️Tojikiston – 871,5 ming nafar;
◼️Qirg'iziston – 857 ming nafar;
◼️Qozog'iston – 498,2 ming nafar;
◼️Rossiya – 289,6 ming nafar;
◼️Turkmaniston – 53,8 ming nafar;
◼️Turkiya – 42,1 ming nafar;
◼️Hindiston – 23,2 ming nafar;
◼️Xitoy – 22,8 ming nafar;
◼️Italiya – 15,3 ming nafar;
◼️Janubiy Koreya – 15,1 ming nafar;
◼️Boshqa davlatlar – 148,7 ming nafar

💐 Shu o'rinda, barcha turizm sohasi xodimlarini hamda fuqarolarimizni ushbu bayram bilan samimiy qutlaymiz. Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan turistlar soni yanada ko'payaverishini hamda O'zbekiston iqtisodiyotida turizmning tutgan o'rni yanada yuqori bo'laverishini tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekistonda 11-noyabr - kasaba uyushmalari kuni


🇺🇿 Yurtimizda 2020-yil 23-noyabrdagi “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi 648-sonli qonuniga muvofiq, 11-noyabr mamlakatimizda kasaba uyushmalarining rasmiy kuni sifatida belgilanib, nishonlab kelinmoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi 34,5 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotni o‘z ichiga olgan 14 tarmoq kasaba uyushmasi tarkibida 5,5 million a’zoni, jumladan, 2,6 million nafar xotin-qizlar va 2 million nafardan ortiq 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni birlashtirgan.

👍 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va manfaatlarini himoya qilish, qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash, ularning madaniy xordiq olishlariga imkon yaratish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida turli madaniy hamda sport tadbirlari doimiy ravishda o'tkazib borilmoqda.

🇺🇿Davlat kadastrlari palatasi jamoasi barcha kasaba uyushmalari xodimlari, faollari hamda a'zolarini samimiy muborakbod etadi hamda xonadonlaringizdan hech qachon tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt va omad arimasligini tilaydi!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun


Bugun
🟦Musaffolik
⬜️Tinch-totuvlik
🟩Yangilanish va yasharish
🩸Tomirlarimizda jo'shib oqayotgan qudrat
ramzlarini o'zida mujassam etgan milliy ramzimiz – O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilinganiga 33 yil to'ldi!

🇺🇿 Bayrog‘imiz xalqaro maydonda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chog‘ida, xalqaro tadbirlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida vatanimizni dunyo miqyosidagi o'rni yuqoriligini ifodalab kelmoqda.

🇺🇿 Vatanimiz bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz. Ona yurtimiz bayrog'i xalqimizning asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, o'zbekona urf-odatlarimizni mujassam etgan holda abadiy yuksaklarda hilpirab tursin!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Konstitutsiya - mustaqilligimiz va farovonligimiz garovidir!


🇺🇿 Bugun 8-dekabr, istiqlolimizning dastlabki yillarida, davlatimizni rivojlantirish va unga erkin va adolatli jamiyat sifatida qarashimizda muhim asos bo'lib xizmat qilgan, qisqa davr mobaynida turli yo'nalishlarda ulkan yutuq va natijalarni zabt etishimizda mustahkam poydevor bo'lgan Bosh qomusimiz qabul qilingan kun.

🇺🇿 2023-yilning 30-aprel kuni esa umumxalq referendumi o'tkazilib, unda 65 foizga yangilanib, zamon talablariga muvofiq takomillashtirilgan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinib, "Yangi O‘zbekiston"ni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning huquqiy kafolati yanada mustahkamlandi!

🇺🇿 Xususan, yangi qomusimizda yerlarning xususiylashtirilishi mumkinligi haqidagi normalarning joriy etilishi, kadastr tizimi tomonidan yer bilan bog'liq mulkiy huquqlarni yanada samarali tashkil etilishida yirik ahamiyat kasb etdi.

📖 Konstitutsiya qaysi kasb, millat yoki din vakili bo'lishimizdan qat'iy nazar, har birimizning huquq va manfaatlarimizning bosh himoyachisidir. Shu munosabat bilan barcha vatandoshlarimizni ushbu tarixiy va buyuk sana - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi bilan samimiy qutlaymiz. Yurtimizda tinchlik, osoyishtalik, adolat va qonun ustuvorligi hamisha bardavom bo'lsin.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

10-dekabr O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun!


🇺🇿 Bugun 10-dekabr, xalqimizning asriy orzu-umidlarini, milliy qadriyatlarimizni o'zida mujassamlashtirgan, mamlakatimiz ramzlari ichida badiiyligi jihatidan ajralib turadigan davlatimiz madhiyasi qabul qilingan kun.

🎼 Madhiyamiz o'zbek xalqining mustaqilligi, ozodligi va farovonligi, tarixiy yuksalishi va qadriyatlari, hamjihatligi, kelajakka bo'lgan ishonchi va yurtga sadoqati, shuningdek, vatanimizning tinchliksevar siyosati va millatlararo totuvlik kabi umumbashariy tuyg‘ularni tarannum etadi.

🎵 U nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo bo‘ylab milliy g‘ururimiz va yurtimizni barqaror rivojlanishiga bo‘lgan ishonchimiz, xalqimizning mardlik, ezgulik va yuksak qadriyatlarini madh etib, ona zaminimiz ravnaqi yo‘lida yanada mustahkam poydevor yaratishda davom etmoqda.

🎶 O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligi bilan samimiy qutlaymiz. Vatanimiz madhiyasi yuksak marralarni zabt etayotgan hamyurtlarimiz sharafiga, xalqaro tashkilotlar va jahon arenalarida milliy g'urur hissini baxsh etgan holda, baralla yangrashda davom etishini tilaymiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

22-dekabr - Energetika xodimlari kuni


⚡️ Bugun hayotimizning ajralmas qismiga aylangan, barcha sohalar va tarmoqlar faoliyatining uzluksizligi bevosita bog'langan energetika tizimi xodimlari kuni. Hozirgi texnologiyalar jadal rivojlangan ayni zamonda elektr energiyasi ta'minotida bir kun, hatto bir soatga uzilish kuzatilishi hammamizni havotirga solishi shubhasiz.

💡 Zamonaviy hayotimizdagi jamiki vositalar va uskunalarning harakatlanishi, uylarimiz va ishxonalarimizning yorug', qishda issiq, yozda esa salqin bo'lishi soha xodimlarining tun-kun olib borayotgan mashaqqatli mehnatlari samarasidir desak, mubolag'a bo'lmaydi.

🌟 Shunday ekan, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi mazkur mas'uliyatli va sharafli kasb vakillari bo'lgan barcha - energetiklar,elektriklar, montyorlar va muhandislarni kasb bayramlari bilan samimiy qutlaymiz. Faoliyatingiz xavfsiz, samarali va uzluksiz bo'lishiga tilakdoshmiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qadrli hamyurtlar!


🇺🇿 Yurtimizda 2024-yil «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» sifatida yangi g‘oyalar, islohotlar va imkoniyatlarga boy bo‘ldi. Har bir yoshga o‘z maqsadlariga erishish, har bir tadbirkorga muvaffaqiyatli start berish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Har bir islohotlar, yangi tashabbuslar va iqtisodiy o‘zgarishlar aholi farovonligini oshirishga, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Xususan, kadastr sohasida ham bir qator yangi yutuqlar va innovatsion yechimlar amalga oshirildi.

😞😡😞😫-yil ham har bir yurtdoshimiz uchun yangi maqsadlarga, imkoniyatlarga boy va muvaffaqiyatlarga erishish yili bo‘lsin. Yangi yil sizga o‘z maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlab, hayotingizda yangicha yuksalishlar va baxtli lahzalar yaratish imkonini olib kelsin. Har bir orzu va niyatlaringiz ro‘yobga chiqib, sizni yana yangi g‘alabalar sari yetaklasin.

💐 Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshib, har bir yangi kun sizni yanada yuqori cho‘qqilarga olib chiqsin! Yurtimizning ravnaqi yo‘lida qilgan barcha sa’y-harakatlaringizda omad yor bo‘lsin!

💐 Kirib kelayotgan 2025-yilingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan
Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev

#DavKadastrPalata
#tabrik #muhim_sana


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

8-yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni


🇺🇿 Prokuratura organlari mamlakatimizda huquqiy tartibni saqlash, qonunlarning adolatli va teng ravishda qo‘llanilishini ta'minlashda beqiyos ahamiyatga ega. Ularning har bir qarori, har bir amaliyoti jamiyatimizda qonun ustuvorligini, huquqiy xavfsizlikni va adolatni tiklashga xizmat qiladi.

🇺🇿 Bugungi kunda prokuratura tizimi faqatgina jinoyatlarni tergov qilishda emas, balki inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyani fosh etish va jamiyatda adolatli huquqiy muhitni yaratishda ham katta rol o‘ynaydi. Ularning har bir xatti-harakati Vatanimiz ravnaqi uchun muhim ahamiyatga ega.

💐 Prokuratura tizimida mehnat qilayotgan barcha xodimlarga adolat va qonuniylikni ta'minlashdagi fidokorona va mashaqqatli ishlarida davomiy muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz! Jamiyatimizdagi huquqiy tartibni mustahkamlashga xizmat qilayotgan sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo'lsin!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni!


🇺🇿 Bugun ona diyorimiz tinchligi va farovonligini ta’minlayotgan, Vatan himoyasiga jonini fido qilgan barcha harbiy xizmatchilarimiz va yurtimiz o‘g‘lonlarining bayramidir. Ularning mashaqqatli mehnati, jasorati va fidokorligi tufayli biz tinch va osoyishta hayot kechirmoqdamiz.

🇺🇿 Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida, O‘zbekiston armiyasi 2025-yilda xalqaro reytingda 145 mamlakat orasidan 58-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiyalardan biri sifatida tan olindi. Bu esa milliy mudofaa tizimimizning naqadar kuchli va mustahkamligini yana bir bor tasdiqlaydi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi, barcha yigitlarimiz, posbonlarimiz va harbiylarimizni ushbu kun bilan samimiy muborakbod etadi. Har biringizning Vatan himoyasi yo'lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringiz biz uchun g'oyat bebaho va qadrlidir. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM