DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xonalar qanday raqamlanadi ?

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ko'chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risidagi 1010-son qaroriga ko'ra alohida ajratilgan xonalar qurilish loyihasida belgilangan tartibda raqamlanadi.

◼️Agar loyihada raqamlash belgilanmagan bo‘lsa yoki u bo‘lmasa, raqamlash asosiy imoratning chapdagi eng chekka kirish yo‘lidan eng chekka kirish yo‘ligacha, binoning pastki qavatidan boshlanadi.

🗓 Bitta qavat doirasida, kirish yo‘li bo‘lgan taqdirda esa — kirish yo‘li qavati doirasida chapdan o‘ngga qarab raqamlanadi. Alohida ajratilgan xonalarga toq raqamlar yo‘lakning chap tomonidan va juft raqamlar yo‘lakning o‘ng tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘p darajali alohida ajratilgan xonalar binoning pastki qavati bo‘yicha bir darajali alohida ajratilgan xonalar qanday raqamlangan bo‘lsa, shunday raqamlanadi.

◼️ Agar qurilish loyihasiga muvofiq alohida ajratilgan joylarni raqamlashda tartib raqamlarining takrorlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa, xonalarning funksional vazifasiga qarab, ular eng avval berilgan raqamdan keyingi tartib raqamdan boshlab qayta raqamlanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Аuksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Yerlarni auksionga qadar dasturga joylashtirish, kelishish ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

🗓 Hisobot davri: 3-10-yanvar, 2024-yil

🫥 Jami: 318 tа

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

⚖️ e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar


⭐️🌟Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi mutaxassislari kadastr sohasida korrupsiyaga oid qonun buzilish holatlarini oldini olish maqsadida muntazam ravishda o'quv-profilaktik tadbirlarni o'tkazib kelmoqda.

Mazkur hafta ushbu mavzudagi davra suhbatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda o'tkazildi:

▫️Farg'ona viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

➡️ “Zo‘r tv” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanidagi yer bilan bog'liq holat yuzasidan lavha efirga uzatildi.
Lavhada ko’tarilgan masalalar 🌟 Kadastr agentligi mas'ullari tomonidan o'rganildi.

📹 BATAFSIL VIDEODA

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


💠 Ijaraga berishni rad etishga qonunchilikda keltirilgan asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, balansda saqlovchi so‘rov kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida ijaraga beruvchiga davlat mulkini ijaraga berish uchun quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda elektron yoki yozma shaklda ariza taqdim etadi:

- davlat mulkining nomi, tavsifi, joylashgan manzili;
- davlat ko‘chmas mulki obyektining umumiy va ijaraga beriladigan maydoni, qurilgan yili (mavjud bo‘lsa);
- davlat ko‘chmas mulki obyektining kommunikatsiyalar (suv, gaz, elektr energiyasi, kanalizatsiya tarmog‘i) bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumot;
- davlat ko‘chmas mulki obyektining ijaraga beriladigan maydonini ko‘rsatgan holda kadastr hujjati nusxasi;
- davlat mulkining 4 ta fotosurati;
- davlat mulkidan foydalanish maqsadi (amalga oshiriladigan faoliyat turi);
- davlat mulkini ijaraga berishning boshqa shartlari (mavjud bo‘lsa).

📃Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.12.2023 yildagi 660-son qarori

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

🏪Hisobot davri: 3-10-yanvar, 2024-yil

📁 Jami kelib tushgan: 15 242 ta
       Shakllantirilgan: 5 367 ta

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xoʻjayli tumanidagi fuqarolarning muammolari hal qilindi

💸 Xabaringiz bor, Prezidentimizning «Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi 119 -sonli farmoni qabul qilingandi.

◼️Unga ko‘ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi Joqorg'i Kengashining Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquqini belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan 43 432 ta uy -joylar joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqini, u yerda joylashgan bino-inshootga mulk huquqini etirof etish haqidagi taklif qo'llab-quvvatlandi.

◼️Farmonga binoan, namuna sifatida Xoʻjayli va Taxiatosh tumanlaridagi turarjoy obyektlarida Respublika ishchi guruhi tomonidan o'rganish ishlari olib borildi va Xalq deputatlari tuman kengashlari taklif qilgan hujjatsiz qurilgan turarjoylarga mulk huquqini va yer uchastkasiga ijara huquqini berish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Joqorg'i Kengashining Prezidium qarori qabul qilindi.

📃 Xujayli tumani hokimligida 88 turarjoyning mulk huqiqini etirof etish boʻyicha qarorlar mulk egalariga tantanali ravishda topshirildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tizim faoliyatini rivojlantirish yo'lida


🇺🇿Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risidagi Prezident farmoniga ko'ra, 2023-2026-yillarda Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlari ko'zda tutilgan.

💠Shu maqsadlarda, o'tayotgan haftada Davlat kadastrlari palatasi Ishlar boshqarmasi boshlig'i va mas'ul mutasaddilar Buxoro viloyatida yangi qurilayotgan kadastr boshqarmasi hamda Buxoro va Vobkent tumani fililallari binolarini ko'zdan kechirdilar.

Shuningdek, binolar qurilishidagi ayrim masalalarni o'rganib, tahliliy ko'rib chiqildi. Mutaxassislar bilan kelishilgan holda masalalarga yechimlar berildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi.

➡️ Bunda imtiyoz uy-joy narxining 25 foizini davlat tomonidan qoplab berish shaklida beriladi.

Shuningdek, uy qurib bitkazulgunga qadar harbiylarga xizmat turar joyi kvartira uchun har oylik pul kompensatsiya beriladi.

◼️ Kredit olgan harbiy xizmatchi halok bo‘lgan yoki xizmat vazifalarini bajarishda og‘ir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganda kredit va uning foizlari tashkilot rahbarining qarori asosida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplab beriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPga murojaatlar tahlili

◼️Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil, 8-12-yanvar kunlari jami 1 378 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

💿Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 24
💿Andijon viloyati - 33
💿Buxoro viloyati - 142
💿Samarqand viloyati - 82
💿Sirdaryo viloyati - 50
💿Surxondaryo viloyati - 111
💿Qashqadaryo viloyati - 105
💿Toshkent shahar - 248
💿Toshkent viloyati - 205
💿Navoiy viloyati - 21
💿Namangan viloyati - 32
💿Xorazm viloyati - 94
💿Jizzax viloyati - 81
💿Farg‘ona viloyati - 64
🌟Davlat kadastrlari palatasi - 86

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni
!

🇺🇿Tinchlik bebaho ne'mat, osuda yashash esa saodatdir. Yurt obodligi xalq farovonligi, hozirda erishgan ulkan o‘zgarishlar va kelajakdagi buyuk taraqqiyotlar aynan mana shu tinchlik va osudalik natijasidir aslida. Tinchligimiz qo'riqchilari esa yurtimiz posbonlari, jasur yigitlarimizdir!

🇺🇿Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, tinchligini saqlash — har bir erkakning Vatani oldidagi muqaddas burchidir. Albatta har bitta erkak oz kasbiga qaramasdan, tabiatan vatan himoyachisidir, zero Vatan oiladan boshlanadi deb bejiz aytilmaydi. Mana shu qutlug' kunda Vatanni himoya qilishdek murakkab, ayni paytda dunyodagi eng olijanob va mas'uliyatli burchni sharaf bilan ado etayotgan mard va jasur posbonlarimiz hamda barcha hamyurtlarimiz bilan faxrlanamiz. Shu bilan birga, jangovar burchini ado etish chog'ida mardlarcha halok bo‘lgan fidoyi harbiy xizmatchilarimizning so‘nmas xotirasiga chuqur hurmat-ehtiromimizni bildiramiz.

🌟Davlat kadastrlari palatasi jamoasi ushbu kun bilan barcha yurtimiz og'lonlari, sarhadchilar, posbonlarmizni chin dildan tabriklaydi. Jannatmakon O'zbekistonimiz, xalqimiz, oila a'zolaringiz baxtiga doimo sog'-salomat bo'lishingizni tilaymiz. Mashaqqatli, mas'uliyatli va shu bilan birga sharafli bo'lgan kasbingizda zafarlar tilaymiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM