DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bayrog'im - g'ururim, iftixorim!


🇺🇿 Xabaringiz bor, yurtimizga milliy, ramziy bayramlarimizdan biri - Davlat bayrog'imiz qabul qilinganining 32 yillik tantanasi yaqinlashib kelmoqda. Shu munosabati bilan, bugun Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatda bayram tadbiri tashkil qilindi.

💠 Mazkur tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti O‘zbek va xorijiy tillarni o‘qitish markazi dotsenti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot Universiteti mas'uli hamda Davlat kadastrlari palatasi xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbati tarzida tashkil etilgan tadbirda tashrif buyurgan mehmonlardan Davlat bayrog'i haqida taqdimot ko'rinishida asosiy tushunchalar va qiziqarli ma'lumotlar berildi.

Bundan tashqari, ko'tarinki ruhda o'tkazilgan davra suhbatida kadastr xodimlarining fikr-mulohazalari tinglanishi bilan birgalikda, ular uchun respublikamiz bayrog'i xususida qiziqarli savol-javoblar o'tkazildi. Eng ko'p savollarga javob bergan xodimlarga Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishanov tomonidan sovg'alar taqdim etildi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

◼️Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatiga kelib, buyuk olim Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida bo‘lib, “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan tanishdi.

◼️Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyatidagi To‘palang gidroelektr stansiyasiga borib, modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘palang daryosida "Zarchob-3" kichik gidro elektr stansiyasi qurilishiga start berdi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilishingiz muhim


Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

🏠 Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

◼️ Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

💠 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

#DavKadastrPalata #DXM

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda Milliy yer hisobotini tuzishga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda


💠 Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev boshchiligida ZOOM platformasi orqali o'tkazilgan yig'ilishda berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Davlat Yer kadastrini yuritish sho‘basi hududiy, tuman(shahar) filiallari mutaxassislari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Unda qonunchilikdagi o'zgarishlar, UzKad dasturiga kiritilgan yer maydonlarini hisobga olishdagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish, buning uchun viloyatni guruhlarga bo‘lib tezkor ishchi-guruh shakllantirgan holda jarayonni tezlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 2023-yil davomida yer tuzish, yer fondi toifasi, yer ajratish va yerni zaxiraga olish jarayonidagi barcha o‘zgarishlarni hisobga olgan holda 2024-yil 1-yanvar holatiga tuziladigan Milliy yer hisobotini tuzishga tayyorgarlik ko‘rish va ma’lumotlarni tayyorlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

◼️Ushbu mavzudagi yig'ilishlar quyidagi hududiy boshqarmalarda tashkil etildi:

▫️Buxoro viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Navoiy viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #UZKAD #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Muqaddasdir Vatan bayrog'i!

⭐️🌟Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida "18-noyabr - Davlat bayrog'i qabul qilingan kun" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil qilinib, Davlat bayrog'iga bo‘lgan cheksiz hurmatini "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" chorlovi orqali ifoda etishmoqda.

🇺🇿Respublikamizning ramziy bayrami tadbirlari quyidagi hududiy boshqarmalarda yoritildi:

▫️Namangan viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Respublikamizning umumiy yer maydoni 01.01.2023 yil holatiga 44 892,4 ming gektar maydonni tashkil qiladi.

💠 Yer maydonlarining eng ko'p qismini qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar fondi (26 232 ,3 ming gektar), eng kam qismini tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar fondi (14,8 ming gektar) tashkil qiladi

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Термиз шаҳрида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Сурхондарё вилоятини иқтисодий-ижтимоий ривожлантириш чора-тадбирлари муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказилди.

В городе Термезе с участием Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по обсуждению мер социально-экономического развития Сурхандарьинской области.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #yigilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter