DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28.9K subscribers
10.6K photos
1.66K videos
1 file
6.34K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda nazorat tadbirlari

💠 Kadastr agentligi direktorining Yoqilg'i energetika resurslarini tejash hamda elektr energiyasidan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish to'g'risidagi topshirig'i ijrosini ta’minlash maqsadida, Davlat kadastrlari palatasi Ishlar boshqarmasi boshlig'i Sh.Hamdamov tomonidan Samarqand viloyati boshqarmasi Toyloq tuman filialida nazorat ishlari аmalga oshirildi.

◼️Jumladan, ma’muriy binoning umumiy foydalanishda bo'lgan qismlaridagi yoritish elektr moslamalarini aqlli (sensor va datchikli) lampalar bilan almashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko'zdan kechirildi.

◼️Shuningdek, filial ma'muriy binosi va xizmat avtotransport vositalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda yashil makon umummilliy dasturi doirasida ko'chatlar ekish bo'yicha tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бутунжаҳон туризм ташкилоти Бош Ассамблеяси 25-сессиясидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на 25-й сессии Генеральной Ассамблеи Всемирной туристской организации

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the 25th session of the General Assembly of the World Tourism Organization

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд шаҳрида Бутунжаҳон туризм ташкилоти Бош Ассамблеясининг 25-сессияси очилиш маросимида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии открытия 25-й сессии Генеральной Ассамблеи Всемирной туристской организации в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #sessiya #YNVTO #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

💠 Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

mulk qilib berish (realizatsiya qilish) — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion vositasida;

doimiy foydalanishga berish — Yer Kodeksining 20-moddasida nazarda tutilgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;

ijaraga berish — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek ochiq elektron tanlov va elektron onlayn-auksion vositasida.

Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda faqat shu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan (sotib olinganidan) va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda nazorat ishlari

🌟 Tizimni yanada takomillashtirish, ishni sifatli tashkil qilish hamda aholiga xizmat ko'rsatish darajasini rivojlantirish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

💠 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tomonidan Farg'ona hamda Namangan viloyatlarida o'rganish ishlari olib borildi. Hududlarning tuman filiallarida ishlarning tashkil etilishi holatlari tahlil etildi.

▶️ Batafsil videorolikda👆

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xalqaro standardlarni joriy qilish yo'lida ilk qadam

🌟 Davlat kadastrlari palatasida “ISO 9001 – Sifat menejmenti tizimi" va “ISO 37001 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari" xalqaro standartlari asosida ish faoliyatini tashkil qilish va yuritish, mehnat samaradorligini oshirish, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, korrupsiya illatlarining oldini olishda yangi mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida bir qancha vazifalar belgilangan.

◼️Bugun esa ushbu integratsiyalashgan boshqaruv tizimini joriy qilish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilgan tanlov natijalari bo‘yicha tashqi maslahatchi sifatida shartnoma tuzilgan “ALFAKON SYSTEMS” MChJ bilan tashkilotning 1-uchrashuvi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari A.Suyunov, MCHJ rahbari hamda ishchi guruh a'zolari ishtirok etishdi. Mazkur yig'ilishda tuzilgan ishchi guruh a'zolarining vazifalari, ushbu standardlar bo'yicha qo'yilgan talablar va ularni bajarish bo'yicha asosiy vazifalar belgilab olindi.

◼️Davlat kadastrlari palatasida integratsiyalashgan boshqaruv tizimi joriy qilinib, sertifikatni qo'lga kiritish orqali fuqarolarga ko'rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirish, muammoli shikoyatlarni keskin kamaytirish hamda korrupsiya holatlarini oldini olishga erishish ko'zda tutilgan.

#DavKadastrPalata #ISO

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM