DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Milliy yer hisoboti tuzilishiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida “UzKad” dasturiga kiritilgan yer maydonlarini hisobga olishda amaldagi qonun va qarorlar asosida ishni tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri va aniq yuritilishini taʼminlashga doir yig'ilishlar o'tkazib kelinmoqda.

🫥 Ayni shu masalalarda quyidagi hududiy boshqarmalarda filial mas'ullari uchun ZOOM yig'ilishlari tashkil etildi:

▫️Toshkent viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Jizzax viloyati
▫️Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #UzKAD

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tadbirkorlar uchun Toshkent shahrida shtab tuzildi

🫥 Toshkent shahar hokimligida poytaxt sanoatini rivojlantirish va sanoat korxonalarining ishlashini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar shtabi faoliyati tashkil etildi.

◼️Shtabda iqtisodiyot, investitsiya, soliq, kadastr, bank, energetika, standart, bojxona vakillari korxonalardan 24 soat davomida muammolarini qabul qilib, ularni tezkor hal qiladigan tizim yo'lga qo'yilgan.

◼️Tadbirkorlarning faoliyatida muammo vujudga kelgan holda, uni tezkor hal etish uchun Toshkent shahar Shtabiga murojaat etishlari tavsiya etiladi.

Bog'lanish uchun telefonlar: 71-210-01-15, 71-210-01-16.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda yangi tayinlovlar

⭐️🌟 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman, shahar filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi:

🇺🇿 Rayimberdiyev Xusan Raxmatjonovich - Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Mirzaobod tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Suvonov Shaxobiddin Musurmon o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Safaxanov Rashshodxon Rustamxanovich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Olmaliq shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Qobiljonov Ikboljon To'lqinjonovich - Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Abdupattayev Axrorbek G'ulomjon o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Xo'jaobod tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Qodirov Baxromjon Mamasoliyevich - Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Buloqboshi tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Hayitov Ne'mat Ismat o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi G'ijduvon tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Abdullayev Aziz Abdullayevich - Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi Kogon shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Qabulov Jalil Berdimurod o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Do'stlik tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿 Xoldarov Baxtiyor Alim o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Arnasoy tuman filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

🌟 Ko‘chmas mulkni bo‘lish dalolatnomasini rasmiylashtirishda:

▫️ yangi tashkil etilayotgan ko‘chmas mulklar o‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan bo‘lishi zarur;
▫️ bo‘lish yer uchastkasiga nisbatan amalga oshirilganda yer uchastkasi bo‘linadigan bo‘lishi;
▫️ yer uchastkalari yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda yangidan tashkil etilishi hamda bo‘lish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi;
▫️ mulk huquqida bo‘lgan yer uchastkasini bo‘lish natijasida hosil bo‘lgan yer uchastkasi kelgusida undan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda bino va inshootlarni loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lishi zarur;
▫️ yakka tartibdagi turar joy binolarining bir qismi boshqa shaxsga o‘tishi natijasida yuzaga keladigan alohida yer uchastkalarida joylashgan bino yoki bino qismida kamida bitta yashash xonasi, oshxona hamda hojatxona mavjud bo‘lishi lozim, mulk huquqida tegishli bo‘lgan yer uchastkasi bundan mustasno;
▫️ yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar mustaqil ravishda yer uchastkasiga umumiy foydalanishdagi yer uchastkasi orqali o‘tish imkonidan mahrum bo‘lib qoladigan bo‘lsa, yer uchastkasi bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
▫️ yer uchastkasining yangi chegaralari uning bo‘linishidan avvalgi chegaralari asosida belgilanishi lozim, bunda yangi yer uchastkalarining maydonlari yig‘indisi hamda chegaralari avvalgi chegara va maydondan farq qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
▫️ bo‘linayotgan yer uchastkasiga tutash o‘zboshimcha egallab olingan yer uchastkalari tomonlar o‘rtasida bo‘linishiga va dalolatnomada ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xizmatlar TOP-5 taligi

📆 Joriy yilning 9 oyi davomida Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilgan eng ko‘p davlat xizmatlarining Top-5 taligida kadastr 2 yo'nalishda o'rin egalladi.

📊 Bu haqda Adliya vazirligining Davlat xizmatlari yangiliklarida ma'lumot e'lon qilindi.

🌟 Bundan avval, Davlat kadastrlari palatasida 2023-yil yanvar-sentabr oylari davomida aholiga ko'rsatilgan kadastr xizmatlari bo'yicha jami kelib tushgan arizalar soni 1 668 902 ta ekanligi va undan ijobiy yakunlanganlari 1 208 900 ya’ni 72 % ni tashkil etishi haqida ma'lumot bergandik.

#DavKadastrPalata #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 4-10- oktabr, 2023-yil

▫️ O'tgan hafta davomida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 085 tani tashkil etdi.

Izoh:
▪️ 4962 ta ariza rad qilingan;
▪️ 5162 ta to‘lov jarayonida;
▪️ 4956 tasi ko'rib chiqish jarayonida.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида туризм ва маданият масканлари имкониятини тўлиқ ишга солиш, “Яшил макон” умуммиллий лойиҳасининг кузги мавсумини ташкил этиш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам полного использования возможностей туристических и культурных объектов, организации осеннего сезона общенационального проекта «Яшил макон».

#Mirziyoyev #videoselektor #turizm #Yashilmakon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr muhandislari malaka imtihonlari tahlili

🇺🇿Hukumatning tegishli qarorlariga asosan hozirgi kunda kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olish istagida bo'lgan talabgorlar tomonidan malaka imtihoni topshirish uchun arizalar elektron tizim orqali ya’ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.

💸Yuqoridagi infografika orqali siz joriy yilning 1-oktabr holatiga ko'ra, kadastr muhandislari malaka shahodatnomasini olish haqidagi ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️ SAVOL: Kadastr hujjatimda belgilangan maydondan chiqmagan holda qurilish qildim. Qurilishning tom qismi yopilgan, lekin ichki qismi bitgani yo‘q. Loyihalashtirib kadastr hujjatiga qo‘shtirish uchun nima qilishim kerak, jarimasi bo‘lmaydimi?

✍️JAVOB: Ushbu murojaat bo'yicha Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ariza yuboriladi. Vazirlar Mahkamasining 200-son qaroriga ko'ra, qurilish loyihasini Tuman arxtektura bo'limlari tasdiqlagandan so'ng, binoga qurilishi tugallanmagan obyekt sifatida kadastr pasporti shakllantiriladi. Shuningdek, ushbu holatda jarima tatbiq etilmasligini ma'lum qilamiz.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️

Quvada Kadastrning yangi binosi

⭐️🌟Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasining Quva tuman bo'limi va filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi.

💸 Tantanali ochilish marosimida Davlat kadastrlari palatasi raisi, Tuman Nuroniylar jamg'armasi rahbari hamda tizim mutasaddilari  ishtirok etib, binoda yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishishdi.

➡️ Ushbu yangi zamonaviy bino imkoniyatlari haqida batafsil yana ma'lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM