DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer bilan bog‘liq qoidalar takomillashtirilmoqda

🌏 Senatining qirq beshinchi yalpi majlisida “Yer to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

◼️Muhokama etilgan ushbu Qonun o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini amalga oshirish tartibini, yer ijarasi bilan bog‘liq munosabatlarni va xususiylashtirilgan yer uchastkalariga oid qoidalarni takomillashtirishga qaratilgan qator normalarni o‘z ichiga olgan.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #yer #senat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💐 Bugun yurtimizda eng ulug‘ kasb egalarining bayrami – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”.

📝 Har bir insonning komil shaxs bo‘lib voyaga yetishida, yetuk kasb egasi bo‘lib jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ustoz-muallimlarning o‘rni juda muhim. Turli yo‘nalishlarda o‘z iqtidori, mahorati va bilim salohiyati bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning muvaffaqiyatlari zamirida avvalo, aziz ustozlarning zahmatli mehnatlari mujassamdir.

💠 Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, O‘zbekistonda umumta’lim muassasalari soni so‘nggi 5 yilda 748 taga oshgan bo‘lib, 2023-yil holatiga ko‘ra 10 522 tani tashkil etmoqda. Mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi avvalo ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shunday ekan, sizlarning har bir o‘quvchi va shogirdlaringizga berayotgan bilim va o‘gitlaringiz bebahodir.

💐 Beminnat xizmat qilib kelayotgan soha fidoyilarini ushbu kun bilan muborakbod etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va ishlaringizga ulkan parvozlar tilaymiz. Sohada ko‘rsatgan fidokorona mehnatingiz va chekkan ulkan zahmatlaringiz biz uchun qadrlidir. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Davlat kadastrlari palatasi
raisi M.K. Valiyev

#DavKadastrPalata #muhim_sana #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-oktabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti uy-joy fondiga oid ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Suv xavzalari "E-auksion" elektron platformasi orqali ijaraga beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Munitsipal mulklar to'g'risidagi ma'lumotlar "Raqamli Toshkent" kompleks dasturiga integratsiya qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Seysmik xavfsizligi II-IV toifadagi bino va inshootlar bo'yicha mutaxassislar sertifikatlashtiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar faqat sud tomonidan qo'llaniladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tabiiy gaz shartnomalariga oid ma'lumotlar Soliq qo'mitasining axborot tizimiga kiritiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Shamol stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr uchun "Yashil energiya" sertifikati beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrim fuqarolarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlari qoplab beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim nafaqa va moddiy yordam bo'yicha arizalar "Yagona milliy ijtiomiy himoya" axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Eksklyuziv huquqlar berilgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning reyestri shakllantiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💐Kadastr ustozlariga shogirlaridan e’tirof

📝 Bilim beruvchi muallim va o‘qituvchilardan tashqari xayot yo‘lida, ish faoliyatida o‘z o‘gitlari va bilimlari bilan bo‘lishuvchi, shogirdlar yetishtirib sohalar rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan ustozlar yurtimizda talaygina.

🌟 Davlat kadastrlari palatasida ham bunday ustozlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Tizimda faoliyat yuritayotgan turli yo‘nalishlarga mansub ustozlarimizni bugungi bayramlari bilan chin dildan muborakbod etamiz.

#DavKadastrPalata #ustozlar_bayrami

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV biz haqimizda

🌟Avvalroq, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida "1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazilgani haqida xabar bergandik.

▶️ Markaziy apparatda boshlanib, hududiy boshqarmalarda davom etgan mazkur tantanali tadbir "O'zbekiston24" telekanalida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaat

🟢Fuqaro hamda tadbirkorlarga 🌟Kadastr agentligi rahbariyati murojaati.

➡️ Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Xabaringiz bor, hozirda Davlatimiz rahbari topshirig'i bilan Qoraqalpog'iston Respublikasining Xo‘jayli va Taxiyatosh tumanlarida xatlov  jadal suratlarda olib borilmoqda. Xatlov ishlarida hujjatsiz bo'lgan har bir xonadon o'rganilib, o‘lchov ishlari olib borilmoqda.

▶️ Mazkur kadastr mutahassislarining "Xatlov jarayonidan bir kun" videolavhasi orqali xatlov ishlalari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlov #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Ko‘chaning ID raqami — geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrida yuritiladigan, geografik obyekt nomi o‘zgargan taqdirda ham uni tizimda identifikatsiya qilish maqsadida biriktiriladigan unikal raqam.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPning jamoatchilik bilan aloqalari

🌟 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi tomonidan tizimdagi yangiliklar keng yoritib kelinmoqda. Bundan tashqari har bir tanqidiy, tahliliy fikrlarga to‘g‘ri yondashgan holda ularni o‘rganib, zaruriy choralarni ko‘rishda davom etadi.

📊 Mazkur ma'lumotlar Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati va hududiy boshqarmalariga 2023 yil sentabr oyida kelib tushgan murojaatlarga bildirilgan rasmiy munosabatlar tahlili haqida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #axborot_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yetim bolalarga davlat tomonidan berilgan uy-joylar uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi

📃 Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha kadastr xizmatlari hamda o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius xizmatlari uchun davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatchilari uchun yaxshi yangilik!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2023-yil 14-sentabrdagi VZ26327446 murojaatiga asosan Davlat fuqarolik xizmatchilarining bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 2024-2025-yillar davomida nufuzli, rivojlangan davlatlarga xorijiy stajirovkalarni tashkil etish belgilangan.

📃 Bunda, birinchi navbatda, xorijiy tillarni biladigan va erkin so‘zlasha oladigan, o‘z kasbiy kompetensiyasini muntazam oshirib boradigan salohiyatli davlat xizmatchilarini yuborish ustuvor vazifa deb belgilangan. Shunga ko‘ra, xorijiy tillarni ishdan ajralmagan holda o‘rganishlari uchun “Ibrat Academy” mobil ilova yaratilgan.

🫥 Mazkur mobil ilova 4ta (o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz) tilida mavjud bo‘lib, 12 ta xorijiy tilni hamda 22 turdagi darslarni bepul, oson va interaktiv o‘rganish imkoniyatini beradi.

🫥 Shu munosabat bilan, davlat xizmatchilari ushbu havolalar orqali dasturni o'rnatgan holda xorijiy tillarni o‘rganishi mumkinligi ma’lum qilamiz.

Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.ibrat.farzandlari

IOS: https://apps.apple.com/uz/app/ibrat-academy/id6447472950

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 4-29- sentabr, 2023-yil

▫️ Sentabr oyi oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 56 269 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tizimda aholi manfaatlari ustuvor

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida"aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borgan holda hal etish yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

◼️ Xususan, mazkur hafta Davlat kadastrlari palatasi Namangan va Andijon viloyati boshqarmalarining tuman filiallariga kelib tushgan murojaatlar manzilli dastur asosida har bir xonadon alohida o‘rganildi.

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyekt nomlari davlat ekspertizasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan topografik ishlarni muvofiqlashtirish hamda ko'chmas mulkka manzillar berish masalalarida ham bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🫥 Mazkur infografika orqali sentabr oyida Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

📊 Jami kelib tushgan takliflar: 1 340 ta
Qonun hujjatlari talablariga
🫥 No muvofiq: 922 ta
Muvofiq: 418 ta

👔Ma'lumot o'rnida, ushbu oyda Andijon, Buxoro, Jizzax hamda Navoiy viloyatlarida geografik obyektlarni nomlash yoki qayta nomlash uchun takliflar kelib tushmagan.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr muhandislari bilan uchrashuvlar

◼️Hukumatning 22.08.2023 yildagi "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 411-sonli qaroriga ko'ra, 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida kadastr muhandisi institutini joriy etish belgilangan.

◼️Shu munosabati bilan, Davlat kadastrlari palatasi Kadastr muhandislari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'lim boshlig'i H.Axmedov ishtirokida soha xodimlari hamda tadbirkorlar uchun kadastr sohasiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni hamda ishlash tartibini tushuntirish maqsadida hududiy boshqarmalarda o'quv-seminarlari bo'lib o'tdi.

▫️Navoiy viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Xorazm viloyati

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM