DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda ijro intizomi holatiga e’tibor

◼️ Joriy yil, 14-15 - sentabr kunlari Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev hududlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining bir necha tuman, shahar filiallarini ko‘zdan kechirdi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbariyati va hududiy boshqarmalarning qator mutasaddilari bilan birgalikda chekka tumanlarda bo‘lishib, ishlarning tashkil etilishi va asosan xodimlarda ijro intizomi holatiga alohida e’tibor qaratdi. Arxiv hujjatlari, kadastr pasporti va uni ro'yxatdan o‘tkazish masalalari, UzKAD dasturiga davlat obyektlarini kiritish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha qator yo‘nalishlarni o‘rganish yuzasidan xodimlar bilan uchrashdi. Bundan tashqari rahbariyat tumanlarda ish sur’atini o‘rganish barobarida xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

◼️ Hududiy filiallarda bo‘lib qaytgandan so‘ng, palata raisi boshchiligida Zoom platformasi orqali kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy masala bo‘lgan ijro intizomiga e’tibor qaratilib, tizimda korrupsiya holatlarining oldini olish kabi mavzular tahlil etildi. O‘tgan 8 oy davomida qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglanib, ilg‘orlar e’tirof etildi. Natijadorligi orqada bo‘lgan ayrim xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi - hayfsan e’lon qilinib, bir qancha xodimlarga ogohlantirish berildi.

#DavKadastrPalata #info #ijro_intizomi #rais_yig_ilishi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKP hafta ichida

🏪  Qoraqalpog'iston Respublikasida suv xo'jaligi va avtomobil yo'llari xatlovi yakunlandi.

🏪 Davlat kadastrlari palatasi tizimida ijro intizomiga rioya etmaslikka keskin chora ko'rildi.

🏪 "Mening hududim" - elektron platformasi ishlab chiqiladigan bo'ldi.

🏪 Kadastrda yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

🏪  Kadastr aholi manfaatlari yo'lida

🏪  Kadastr muhandislarining malaka oshirish kurslari yakuniy imtihoni bo'lib o'tdi.

🏪  Davlat kadastrlari palatasida huquqiy targ'ibot soati bo'lib o'tdi.

🏪  Davlat kadastrlari palatasi raisi bir qator hududlardagi ijro intizomi holatlarini ko'zdan kechirdi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

◼️Sizning xususiy sektorlar ishtirokida kadastr xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Kadastr muhandislari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👔 Mavzu: "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha qonunchilikdagi yangiliklar va ahamiyatli jihatlar"

⚡️ Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

📆 Vaqti: 2023-yil 19-sentabr, soat 15:00 da

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishda ishtirok etishi mumkin

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 08-avgustdagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida” gi 860-sonli Qonuni haqida batafsil mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

➡️  Yer maydonlarini xususiylashtirish masalalari to'g'risida  Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyat boshqarmasi ma’lumoti Uza ijtimoiy tarmog'ida;

➡️ Fuqarolarning kadastr masalalarini ko'rib chiqish uchun Jizzax viloyatida tashkil etilgan sayyor qabul haiqda Mirzacho'l tuman hokimligi rasmiy telegram kanalida;

➡️ Navoiy viloyatida ko‘chmas mulk obyektiga rasmiylashtirilgan kadastr hujjatlari haqida Markaz24 maqolasida;

➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasida xatlovdan o'tkazilayotgan yer maydonlari holati bo'yicha Qaraqalpaqstan xabar agentligi rasmiy veb saytida;

➡️ Kadastr sohasidagi islohotlar yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi faoliyati yoritilgan lavha “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” ko'rsatuvida;

➡️ Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2023-yil boshidan bugungi kunga qadar kelib tushgan murojaatlar va ularni hal etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Brifingi "Sirdaryo MTRK" telekanalida batafsil tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda matbuot anjumani

🇸🇱O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilda qabul qilingan VM-409,411,424,426-son Qarorlari mazmun-mohiyatini keng jamoatchilkka targ‘ib qilish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari rahbariyati ishtirokida matbuot anjumanlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

◼️Mazkur hafta quyidagi hududiy boshqarmalarda shu kabi anjumanlar o'tkazilishi rejasi bilan tanishasiz:

▫️Farg'ona viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Andijon viloyati

▶️ Ushbu matbuot tadbirlariga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Xorazm viloyati, Hazorasp tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Moxir Kamolovich hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil, 21-sentabr, soat 11:00 da

⬇️ Manzil: Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, "Bog‘dor" mahallasi, 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi binosi

📱 Qabulga yozilish uchun +998 (62) 224-67-04 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ayrim dehqon xo'jaliklariga garovsiz kredit beriladi

Agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 million so‘mgacha garovsiz kredit berilishi belgilangan.

▫️Bunda uzoq muddatga ijaraga olingan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlarining kredit olish bo‘yicha arizalariga avtomatik tarzda “E-auksion” platformasi orqali biriktiriladi.

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

Yangi turmush qurgan yoshlarga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 12-18-sentabr, 2023-yil

⚖️ Jami: 108 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (49 minutes)
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Qoraqalpogʻiston Respublikasida jismoniy shaxslar tamonidan qurılgan uy-joylarga boʻlgan huquqlarıni etirof qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyulda PF-119-sonli Farmoni va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻı Kengashining 2023-yil 5-avgustida tegishli Qarori qabul qilingan edi.

👔Ushbu hujjatsiz qurilgan turar joylarga xususiy mulk huquqı, yer uchastkasiga ijara huquqı berilganligi uchun bir martalik yigʻim miqdori belgilash haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qarori qabul qilindi.

📃 Qarorga muvofiq, uy-joylar joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik yigʻim quyidagicha belgilangan.

🔹 Nukus shahrida – BHM miqdorining uch barobari;

🔹boshqa tumanlarda – BHM miqdorining bir barobari miqdorida.

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar bir martalik yigʻımlar toʻlovidan ozod etiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
19 сентябрь куни, Нью-Йорк: Марказий Осиё ва АҚШ етакчиларининг биринчи саммити, БМТнинг юксак минбаридан илгари сурилган муҳим ташаббуслар ва самарали икки томонлама учрашувлар

19 сентября, Нью-Йорк: первый саммит лидеров Центральной Азии и США, важные инициативы, озвученные с высокой трибуны ООН, плодотворные двусторонние встречи

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yunusobod tumanida sayyor qabul

⚡️Ayni fursatlarda, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Abdulaziz Yunusov hamda poytaxtning tizim mutasaddilari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr masalasidagi murojaatlarini tinglab, ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

Sayyor qabulda yig'ilgan 20 dan oshiq fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid savol va muammolari tinglanib, masalalari yaqindan o'rganilmoqda. Bundan tashqari, qonunchilikdagi yangi qabul qilingan qarorlar hamda o'zgarishlar haqida ham yig'ilganlarga huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 13-19 - sentabr, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 8 430 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM