DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda yangi binolar ko'paymoqda

🇺🇿 Yurtimiz Mustaqilligining 32 yilligi tantanalari Buxorolik kadastrchilar uchun ajoyib yangiliklarga boy bo'ldi. Sababi, bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jondor tuman bo‘lim va filialining yangidan bunyod etilgan binosi foydalanishga topshirildi.

💸Ramziy lenta kesilgach barcha ishtirokchilar bo‘limda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

💐 Shuningdek, marosim davomida boshqarma rahbariyati tomonidan soha rivoji yo‘lida uzoq yillar tizimda mehnat qilgan sohamiz faxriylari munosib taqdirlandilar.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Hududlarda bayram shukuhi

🇺🇿 Respublikamiz Mustaqilligining 32 yillik shodiyonasi “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida yurtimiz bo'ylab keng nishonlanmoqda.

💐 Shu qatorda, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida ham bayram munosib kutib olindi. Eng sharafli kun arafasida kadastr sohasida o'zining boshqalarga o'rnakligi va faolligini ko'rsatgan xodimlar taqdirlandilar.

▫️Andijon viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Toshkent shahar
▫️Jizzax viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Farg‘ona viloyati

#DavKadastrPalata #Mustaqillik32

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook  🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш чоғида юзага келадиган низоларни судга қадар ҳал қилиш тартиби белгиланди

Унга кўра фуқаролар ва тадбиркорлик субъектларининг кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларини давлат рўйхатидан ўтказиш соҳасидаги низолари бўйича аризалар ва шикоятлар Комиссия ва Апелляция комиссияси томонидан ўн иш кунида кўриб чиқилади.

Комиссия ва Апелляция комиссиясининг мажлисларида комиссия ва Апелляция комиссияси аъзоларининг камида учдан икки қисми (кворум) иштирок этган тақдирда ваколатли ҳисобланади.

Мурожаатлар, шунингдек, Комиссия ва Апелляция комиссияларининг баённомалари электрон реестрда юритилади.

Судларда кўриб чиқилган ёки кўриб чиқилаётган низолар Комиссия томонидан такроран кўриб чиқилмайди.

〰️〰️〰️〰️〰️
Шунингдек, кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш бўйича давлат хизматлари кўрсатиш тартибга солинмоқда.

Жумладан, давлат рўйхатидан ўтказилиб, бу ҳақда гувоҳнома берилган кўчмас мулкларни электрон тарзда давлат реестрига киритиш ва ундан кўчирма бериш, шу жумладан, мазкур хизматларни бепул амалга ошириш бегиланди.

〰️〰️〰️〰️〰️
Кадастр муҳандиси институтини республика миқёсида босқичма-босқич жорий этиш тартиби белгиланмоқда.

2023 йил 1 октябрдан Тошкент шаҳри, Тошкент, Навоий, Наманган, Фарғона ва Хоразм вилоятларида, 2024 йил 1 июлдан республика миқёсида жорий этилади.

Шу билан бирга кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказувчиларнинг малакасини ошириш ва уларни аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

〰️〰️〰️〰️〰️

АОКАда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъматжон Атамуратов иштирокида ўтказилган брифингда кадастр хизматларини кўрсатишдаги янгиликлар ҳақида маълумот берилди:

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
1-sentabr - O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni

🇺🇿 Bugun Respublikamizning asosiy milliy bayrami - Mustaqillik kuni, yurtdoshlarimizning erkin, tinch va farovon hayotining 32 yillik kuni tantanasidir.

🇺🇿 Qisqa tarixiy davr mobaynida xalqimiz demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida katta muvaffaqiyatlarga erishdi, iqtisodiy taraqqiyot muammolarini xalq manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mustaqillikdan so'ng yurtimizda boy tariximizni ro‘yobga chiqarish, milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularni zamon talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Shu o'rinda, Davlat kadastrlari palatasining katta jamoasi - Siz azizlarni istiqlolimizning 32 yillik ayyomi bilan chin dildan qutlaydi! Ushbu aziz ayyomda oilangizni tinchlik-farovonlik, qalbingizni hotirjamlik, xonadonlaringizni esa qut-baraka aslo tark etmasin!

Hurmat bilan,
Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
⌛️KECHA VA BUGUN

🇺🇿 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

▶️ Har bir hududning ko'rinishi - "Kecha va bugun"da👇

▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
▪️ Andijon viloyati
▪️ Buxoro viloyati
▪️ Samarqand viloyati
▪️ Sirdaryo viloyati
▪️ Surxondaryo viloyati
▪️ Qashqadaryo viloyati
▪️ Toshkent shahar
▪️ Toshkent viloyati
▪️ Navoiy viloyati
▪️ Namangan viloyati
▪️ Xorazm viloyati
▪️ Jizzax viloyati
▪️ Farg‘ona viloyati

#DavKadastrPalata #kecha_va_bugun #O_zbekiston

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPning jamoatchilik bilan aloqalari

🌟 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi tomonidan tizimdagi yangiliklar keng yoritib kelinmoqda. Bundan tashqari har bir tanqidiy, tahliliy fikrlarga to‘g‘ri yondashgan holda ularni o‘rganib, zaruriy choralarni ko‘rishda davom etadi.

📊 Mazkur ma'lumotlar Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati va hududiy boshqarmalariga 2023 yil avgust oyida kelib tushgan murojaatlarga bildirilgan rasmiy munosabatlar tahlili haqida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #axborot_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur videoinfografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: Avgust, 2023 yil

📊 Jami kelib tushgan: 68 425 ta
Shakllantirilgan: 36 749 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Neft va gaz sanoati xodimlari kuni

🚧 Neft va gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. "Qora oltin" kimyo sanoatining ko'plab tarmoqlari uchun ajralmas xom ashyo bo'lsa, "ko'k yoqilg'i" issiqlik manbayi sifatida hayotimizning ajralmas qismi sifatida foydalaniladi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi nomidan Sizdek sharafli va mashaqqatli soha vakillarini bugungi kasb bayramingiz bilan tabriklagan holda, fidokorona mehnatingiz, Vatanimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida qo‘shayotgan munosib hissangiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV biz haqimizda

🇺🇿 Kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida bayram tantanalari o'tkazildi.

▶️ Bu haqda batafsil "O'zbekiston24" telekanalining "Янгиликлар 24" informatsion dasturida keng yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKP hafta ichida

🏪 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Piskent, Shumanay, Jondor tuman filiallari yangi binolari foydalanishga topshirildi.

🏪 Hududlarda sentabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan onlayn audio muloqotlar e'loni.

🏪 Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilandi.

🏪 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalarida bayram shukuhi.

🏪 Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishda ishtirok etishi mumkin.

🏪 Davlat kadastrlari palatasining kelib tushgan murojaatlar va kadastr pasportini shakllantirish bo'yicha bir oylik statistik ma'lumotlari.

🏪 Avgust oyida Davlat kadastrlari palatasi tomonidan bildirilgan rasmiy munosabatlar statistikasi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi o'quv yili boshlandi

📚 Bugundan barcha ta'lim muassasalarida yangi o'quv yilining birinchi kuni. Maktabga ilk bora qadam qo'ygan barcha o'quvchilar uchun muhim, esda qolarli kun. Talabalik baxtiga muyassar bo'lgan yoshlarimiz uchun esa sabrsizlik bilan orziqib kutgan "talaba" maqomini his qiladigan kunlari hisoblanadi.

📖🖋 Shu munosabati bilan, yurtimizdagi barcha o'quvchi va talabalarni yangi o'quv yilini boshlaganlari bilan tabriklaymiz. Ularga yangi bilimlarni egallashlari va yanada yuqori cho'qqilarni zabt etishlariga tilakdoshmiz.

💐Yurtimiz egalari, Vatanimiz kelajagi bo'lgan yoshlarga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar yor bo'lsin.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️
Murojaatlar tahlili

📃 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 1-31- avgust kunlari jami 7 442 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 126
Andijon viloyati - 181
Buxoro viloyati - 672
Samarqand viloyati - 452
Sirdaryo viloyati - 245
Surxondaryo viloyati - 736
Qashqadaryo viloyati - 660
Toshkent shahar - 1 046
Toshkent viloyati - 997
Navoiy viloyati - 134
Namangan viloyati - 138
Xorazm viloyati - 633
Jizzax viloyati - 299
Farg‘ona viloyati - 382
🌟 Davlat kadastrlari palatasi - 741

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish tartibi belgilandi

🇺🇿 Hukumat qarori (435-son, 31.08.2023 y.) bilan Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

📃 Reglamentga ko‘ra, davlat xizmatlari Adliya vazirligining Aloqa markaziga (“Call-markaz”) yoki uning rasmiy veb-saytiga murojaat qilish orqali ko‘rsatiladi.

📞 “Call-markaz” orqali so‘rovnomalar soat 09:00 dan 18:00 gacha ish vaqti davomida qabul qilinadi. Rasmiy veb-sayt orqali sutkaning istalgan vaqtida murojaat qilinishi mumkin.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti Davlat xizmatlari markazlari (vakolatli organ)ning ish vaqti doirasida belgilanadi.

📞 “Call-markaz” mas’ul xodimi ariza beruvchi nomidan so‘rovnomani to‘ldiradi va so‘rovnomadagi ma’lumotlar tasdiqlangandan so‘ng ariza beruvchiga to‘lov invoysini yuboradi.

◼️So‘ng mas’ul xodim ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga chiqadi hamda maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) davlat xizmatini ko‘rsatadi yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuboradi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/davlat-xizmatlarini-joylarga-chiqqan-holda-ko%E2%80%98rsatish-tartibi-belgilandi/

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV biz haqimizda

🌟 Xabaringiz bor, hududlarda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi bo'limi hamda filiallarining yangi zamonaviy binolari foydalanishga topshirilgan edi.

🏛 Piskent tumanidagi kadastrning yangi binosi ochilish marosimi haqida batafsil "NurafshonTV" telekanalining informatsion dasturida keng yoritildi.

◼️Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Shomanay tumanidagi kadastr binosi ochilishi hamda Qanliko'l tumani kadastr binosi qurilishi boshlangani haqida esa Qaraqalpaqstan MTRK telekanalida ma'lumot berildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

Manzilni belgilash yoxud manzil mavjudligining bekor qilinishi holatini aniqlash quyidagilar asosida amalga oshiriladi:

▫️ O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan hududiy korxonalarga bepul asosda beriladigan shaharsozlik hujjatlari (ularning nusxalari);

▫️ huquqni belgilovchi hujjatlar — ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun;

▫️ ko‘chmas mulk obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlar;

▫️ boshqa ishonchli axborot.

Manzil mavjudligi bekor qilinganini aniqlash tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan ko‘chmas mulk obyektini buzish haqidagi qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xususiy sektorlar ishtirokida kadastr xizmatlari ko‘rsatiladi

🇺🇿 "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori (VM-411, 22.08.2023y.) qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

🌟 Mazkur qaror mazmun-mohiyati haqida ushbu videorolik orqali batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM