DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▪️Arxiv ishini rivojlantirish yo‘lida▪️ 🔰 Shu kunlarda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida Jahon banki granti doirasida, “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda…
▪️Arxiv ishi o'quv kurslari▪️

🔰 Avval xabar berganimizdek, Jahon banki granti doirasida, “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari arxiv ishi bosh mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida o'tkazilayotgan o‘quv-kurslari qizg'in pallada.

⭐️ Kuni kecha, malaka oshirish maxsus o‘quv kurslari Kadastr agentligi direktorining o'rinbosari Abdullayev Abdushukur Hamidovichning chiqishlari bilan boshlandi. Kerakli ma'lumotlar, tajriba almashinuvidan so'ng, seminar qatnashchilari guruhlarga bo'lingan holda - arxiv ishi sohasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, kadastr yig‘majildlarining shakllanishi va ularni hisobga olish kabi yana bir necha mavzularda dars soatlarida qatnashdilar.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibi ▪️

◼️Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir. Ushbu xizmatdan jismoniy shaxslar foydalanadilar.

📃 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

▫️Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
▫️Soʻrovnoma toʻldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari)ga yuboriladi.
▫️ Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

◼️Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.

📆 Xizmatni koʻrsatish muddati: 1 ish kunida

➡️ Xizmat narxi: BHMning 3 foizi miqdorida – 9 900 soʻm;

Asos: Hukumat qarori (797-son, 04.10.2018-y.)

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (50 minutes)
▪️ Sayyor qabullar hududlarda▪️

◼️Bugun Sirdaryo viloyati Guliston tumanida  fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi direktori o'rinbosari A.X.Abdullayev va viloyat boshqarma boshliqlar ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

◼️Shu jumladan, kuni kecha Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi  Xorazm viloyati boshqarmalari rahbariyati ishtirokida sayyor qabul o'tkazilgan edi.

▶️ Shu kabi sayyor qabullar 29-iyul kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo'rg'on tumanida, 31-iyul kuni Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida hamda 2-avgust kuni Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Фарғона шаҳрида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудларда ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш ва жиноятчиликка қарши курашиш борасидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

В городе Фергане под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в области профилактики правонарушений и борьбы с преступностью в регионах.

#Mirziyoyev #videoselektor #huquq #tartibot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▪️Qoraqalpog‘istondagi hujjatsiz uy-joylarga mulk huquqi e’tirof etiladi▪️

▶️Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF–119-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etiladi.

◼️Jumladan, buning uchun fuqaro ushbu uy-joydan 2018 yil
1 maygacha bo‘lgan davrdan boshlab o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan bo‘lishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda so‘nggi 5 yil uchun yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘langanligi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

▶️ Huquqlarni e’tirof etish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan uy-joylar ro‘yxatiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges qarori bilan rasmiylashtiriladi.

Bunda:

🔹talabgorlar va (yoki) chegaradosh yer uchastkalari egalari o‘rtasida nizo mavjud bo‘lgan hollarda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari nizo bartaraf etilganidan keyin qabul qilinadi;

🔹xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qarorlar qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning oxirgi muddati – 2024 yil
1 avgust hisoblanadi;

🔹xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qarorlari tegishli adliya organida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin qabul qilinadi va rasmiy e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱DKPning "Rahbar va yoshlar" 1-milliy forumi 🌱

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari tomonidan tashkillashtirilgan "Rahbar va yoshlar" 1-milliy forumining 3 kunlik jarayoni, hayajonli onlari batafsil mazkur videofilmda. 👆

📹 Videofilmni HD formatda YouTube kanalimizda tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/GJvOieRjs3w 👈

◼️Jurnalist va blogerlarlar tayyorlagan forum tafsilotlari Respublikamizning quyidagi ommaviy axborot vositalari orqali batafsil yoritildi:

▫️Zamin informatsion dasturida;

▫️"Ochun.uz" ijtimoiy tarmog'ida;

▫️ Jizzax MTRK telekanalining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida;

▫️Jaslar TV telekanalining "Qaraqalpaqstan online" xabarlar dasturida;

▫️UzA.uz ijtimoiy tarmog'ida;

▫️Qoraqalpog'iston MTRK telekanalining "Xabarlar" dasturida;

▫️Qoraqalpog'iston MTRK telekanalining "Xabar" informatsion dasturida forumning 2-kuni haqida;

▫️"Qaraqalpaqstan xabar agentligi" rasmiy ijtimoiy tarmog'ida ;

▫️"Jizzax yoshlari" telegram ijtimoiy tarmog'ida;

▫️Jizzax TV telekanalining "Reportaj" informatsion dasturida;

▫️Nasaf TV telekanalining "Xabarlar" informatsion dasturida;

▫️"Jizzax haqiqati" gazetasining 2023-yil 22-iyul, №60-sonida;

▫️ Jizzax radiokanali "Xabarlar" informatsion dasturining maxsus sonida;

▫️"Qashqadaryo xalqi" telegram kanalida;

▫️MTRK ning "O'zbekiston24" telekenali, "Yangiliklar 24" informatsion dasturida;

▫️Bloger Oybek Alijonning 3 kunlik forumni to'liq yoritgan lavhalari facebook ijtimoiy tarmog'ining "Jizzax media blogi" sahifasida;

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda #forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM