DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Dronlar shousi ▪️

⚡️ “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivali ochilish marosimida dronlar shousi bo‘lib o‘tadi.

◼️ Andijon viloyatida 18–20-iyul kunlari “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivali bo‘lib o‘tadi.

◼️ Xonobod shahrida tashkil etiladigan festivalda Chexiya, Bolgariya, Latviya, Polsha, Serbiya, Gruziya, Boshqirdiston, Qozog‘iston, Gretsiya, Tojikiston va boshqa bir nechta davlatlardan jami 30 dan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

◼️Shuningdek festival ochilish marosimi so'nggida “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi bilan hamkorligida dronlar shousi boʻlib oʻtadi.

#DavKadastrPalata #dron_shou

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️ Ayol mulkdorlar soni▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining 2023-yilning 6 oyi davomidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha ayol mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 2 090 680 tani tashkil etadi.

🤵🏻‍♀️ 🏠Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p ayol mulkdorlar Toshkent shahrida, eng kam mulk egalari esa Sirdaryo viloyatida ekanligini ushbu infografikada ko'rishingiz mumkin.

💼 🏠 Avvalroq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 2023-yarim yil davomidagi erkak mulkdorlar soni taqdim etilgan edi.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆Hisobot davri: 12-18-iyul, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 478 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Quyosh panellari hududlarda▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda Buxoro viloyatining Qorako'l tuman filiali ma'muriy binolariga ham quyosh panellari o'rnatildi.

🫥 Qayta tiklanuvchi energiyadan samarali foydalanish va energiya tejovchi manbalarni qo'llash maqsadida  Davlat kadastrlari palatasi  Qashqadaryo viloyati boshqarmasi ma'muriy binosining 540 kv.m tom qismiga har biri 550 watt elektr quvvatini beruvchi, 42 000 kw energiya quvvati ishlab chiqarishga mo'ljallangan 55 ta panellar o'rnatildi.

◼️Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi Qorako'l tumani filiali ma'muriy binosiga ham umumiy 15 kw energiya quvvatiga ega bo'lgan 28 ta quyosh panellari o'rnatildi.

#DavKadastrPalata #quyosh_panellari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #studiya24

🌟 Kadastr agentligi tizimida raqamlashtirish yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan "O'zbekiston24" telekanalining "Studiya24" ko'rsatuvida Agentlikning IT texnologiyalar va axborot xavfsizligi bo'limi boshlig‘i Olimjon Abdullayev bilan suhbat bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr atamalari▪️

🗣 Geokod — berilgan koordinatalar tizimida obyektning fazoviy joylashuvini identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, ular obyektni uni ma’lum bo‘lgan koordinatalar yordamida topish imkonini beradigan geografik joyga bog‘lab qo‘yishni nazarda tutadi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjuman

21-iyul kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📝Mavzu: Kadastr agentligi tizimida 2023-yilning o'tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida.

Ishtirok etadi:
🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati.

📢 Matbuot anjumanga ommaviy axborot vositalarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastrning “Rahbar va yoshlar” milliy forumi▪️

▶️ Ayni damda, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tashkil qilingan “Rahbar va yoshlar” 1-milliy forumi Jizzax viloyatida o‘z ishini boshladi.

🌱⚡️ Sohani yanada rivojlantirish maqsadida yoshlarning fikrini rahbarlarga bevosita yetkazish, tizimdagi muammo va masalalarni yangi fikrlar-g‘oyalar yordamida birgalikda ijobiy yechimini topishga zamin yaratishni maqsad qilgan forumga respublikamizning barcha hududlaridan 5 nafardan, 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar yetib kelishdi.

👔 Jarayonlar endi boshlandi, bizni kuzatib boring...

#DavKadastrPalata #Rahbar_yoshlar_forumi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 11-19-iyul, 2023-yil

◼️ Jami: 629 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur videoinfografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 13-19-iyul, 2023-yil

📁 Jami kelib tushgan: 16 223 ta
Shakllantirilgan: 5 248 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Milliy forumning ilk kuni▪️

💠 70 nafar yoshlar Jizzax shahridagi 1-milliy forumning ilk kunini  eng avvalo yurtimiz tarixiga nazardan boshladilar. Yoshlar “Rahbar va yoshlar” forumi nomiga monand ravishda mos keluvchi, o‘z davrining yetuk siyosatchisi bo‘lgan rahbar - Sharof Rashidovning muzeyi bilan tanishdilar.

🎭So‘ngra, atoqli adib Hamid Olimjon va shoira Zulfiya tarixiga, o‘sha davrdagi asori-atiqalar, ijodkorlarning hayoti va ijodi haqida so‘zlovchi muzeyni ko‘zdan kechirdilar.

◼️Olam-olam taassurotlarga yana batafsil to‘xtalamiz.

#DavKadastrPalata #Rahbar_yoshlar_forumi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Yangi turmush qurgan yoshlarga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi▪️

💸 “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.

◼️ Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
- bozor stavkasida mijoz xohishiga ko‘ra 6 oy imtiyozli davr bilan;
- 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
- boshlang‘ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.

◼️ Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim, jumladan:
- kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
- “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo‘lishi lozim);
- daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yohud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega bo‘lishi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Uyimning orqa tarafida 2 sotix yer bor edi,10 yil oldin texnik kadastr qildirganman, shuni hozir auksion savdosiga qo'yamiz deyishyapti. Shuni tartibi haqida tushuntirib bering.

✍️ JAVOB: Qonunchilikka ko'ra, agar texnik hujjatda ushbu yer maydoni ko'rsatilgan bo'lsa auksion savdolariga chiqarilmaydi, hech qanday hujjat mavjud bo'lmagan holatda mazkur yer maydoni zaxira yer maydoni hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 685-sonli qaroriga asosan auksion savdolariga chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

****

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Forumning ikkinchi kuni boshlandi▪️

⭐️🌟 Kadastr yoshlaridan tashkil topgan jamoalar milliy forumning ikkinchi kunini Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mas'ullari ishtirokidagi davra suhbati bilan boshladilar.

◼️Mazkur uchrashuvda yosh mutaxassislar mutasaddilarning "Hududlardagi ma'lumotlarning muvofiqlashtirilishi", "Bilimli yoshlar - kadastr kelajagi" hamda "Yosh kadrlarning tashkilotdagi o'rni" mavzularida chiqishlarini tingladilar. Mas'ullar ishtirokidagi davra suhbati baxsli savol-javoblarga boy bo'ldi.

➡️ Hali eng qiziq jarayonlar oldinda...

#DavKadastrPalata #Rahbar_yoshlar_forumi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM