DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Quyosh panellari navbatdagi kadastr binolarida▪️

🫥 Xabaringiz bor, Respublikamizning Namangan, Andijon, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar kadastr tashkiloti binolarida quyosh panellari o‘rnatilgan.

➡️ Navbatdagi quyosh panellari esa Davlat kadastrlari palatasining Xorazm hamda Navoiy viloyati boshqarmalarining maʼmuriy binosiga ham o'rnatildi. Xorazm viloyati boshqarmasi binosiga jami 55 ta 30 kvatt li A klassdagi quyosh panellari, Navoiy viloyatiga esa 540 vatt elektr quvvatini beruvchi 15 kvatt quyosh panellari o‘rnatildi.

◼️ Hududlarda mazkur yo'nalish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar boyicha yana ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

➡️ O‘zbekiston SSRning qonunchiligi amal qilgan davrda qurilgan binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:

▫️ vakolatli davlat organlarining binolarni va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi hujjatlari, qarorlari va farmoyishlari;
▫️ ko‘chmas mulk oldi-sotdisiga, uni ayirboshlashga, hadya qilishga, bo‘lishga va turar joyni umrbod saqlash sharti bilan boshqa shaxsga berishga doir, imorat qurish to‘g‘risidagi, yer uchastkalarini xususiy mulk huquqi asosida uylar qurish uchun berish haqidagi, yakka tartibdagi imorat quruvchilarning uy-joy qurilish jamoalariga uylar qurish uchun yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi, er-xotin o‘rtasida uyni bo‘lish haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnomalar;
▫️ xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari ijroiya qo‘mitalarining imoratlarga bo‘lgan mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi (mavjud hujjatlar asosida) qarorlari;
▫️ umumiy mulk bo‘lgan imoratning tegishli qismiga bo‘lgan meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi va mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalar hamda uy ochiq kim oshdi savdolarida olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
▫️ binolarga va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari va ajrimlari;
▫️ ko‘chmas mulkning boshqa shaxsga berilishi haqidagi shartnomalarning dublikatlari.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг Ўзбекистон Республикаси сайланган Президентининг лавозимига киришишига бағишланган қўшма мажлиси мажлиси бошланди. Тантанали маросимни "O`zbekiston 24" телеканалида ва қуйидаги ҳаволалар орқали жонли эфирда томоша қилинг:

Youtube

Facebook

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Yaxshi tashabbus▪️

⭐️ Kadastr tizimida yana bir yaxshi tashabbus yo‘lga qo‘yildi. Gap shundaki, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tashabbusi va boshqa qator tashkilotlarning qo‘shma qaroriga asosan Amudaryo tumanida sayyor kadastr xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

➡️ Kuni kecha tumandagi Xolimbeg OFY hududida shtab tashkil qilinib tegishli tashkilotlar bilan fuqarolarning kadastr hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr pasportini shakillantirish ishlari olib borildi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi, Davlat xizmatlari markazi, Arxiv , Arxitektura va bank tashkilotlaridan vakillar birgalikda ishtiroki ta’minlangan ushbu sayyor xizmat bundan avval hududning Beruniy tumanidagi 5 ta mahallasida ham ko‘rsatilgan.

▶️ Bu haqda Qoraqalpog‘iston telekanali «Xabar» informatsion dasturida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенати қўшма мажлисида Ўзбекистон Республикасининг сайланган Президенти ўз лавозимига киришишига бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди. Шавкат Мирзиёев қасамёд қилди ва нутқ сўзлади.

На совместном заседании Законодательной палаты и Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан состоялась торжественная церемония вступления в должность избранного Президента Республики Узбекистан. Шавкат Мирзиёев принес присягу и выступил с инаугурационной речью.

#Mirziyoyev #marosim #inauguratsiya #Prezident

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▪️Murojaatlar tahlili▪️

📃 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 10-14-iyul kunlari jami 1 479 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 42
▫️Andijon viloyati - 25
▫️Buxoro viloyati - 110
▫️Samarqand viloyati - 110
▫️Sirdaryo viloyati - 33
▫️Surxondaryo viloyati - 131
▫️Qashqadaryo viloyati - 145
▫️Toshkent shahar - 201
▫️Toshkent viloyati - 189
▫️Navoiy viloyati - 28
▫️Namangan viloyati - 30
▫️Xorazm viloyati - 140
▫️Jizzax viloyati - 67
▫️ Farg‘ona viloyati - 84
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 144

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Ma'lumot o'rnida▪️

🌟 Kadastr obyektiga taqiqni qanday tekshirishni bilasizmi?

🧑‍💻 Buni uydan turgan holda o'zingiz ham tekshirishingiz mumkin.

▶️ Batafsil videoda tomosha qiling.

➡️ Taqiqni tekshirish uchun quyidagi havola orqali kiring va foydalaning: https://my.gov.uz/uz/service/471

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿O‘zbekiston — 🇰🇬Qirg‘iziston: ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari yanada rivojlanadi.

14 iyul sanasida Namangan viloyatida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo‘yicha tomonlar hamkorligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tomonlarining tegishli vazirliklari vakillari, Kadastr agentli direktorining o‘rinbosari Abdullayev To‘lqin Mansurovich hamda qator soha vakillari ishtirok etdilar.

Ikki qardosh el hamkorligi so‘nggi besh yilda yangi darajaga chiqdi. Samarali hamkorlik zamirida mamlakatlar milliy manfaatlari hamda davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchga asoslangan doimiy muloqoti mujassam bo‘lmoqda.

Yig‘ilishda tashkiliy-huquqiy masalalar muhokama etildi. Ushbu muloqot ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport, mintaqalararo, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirishga ijobiy turtki beradi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM