DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Hududlarda amaliy seminarlar davom etmoqda▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi "Topografik ishlarni muvofiqlashtirish" bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududiy boshqarmalarda geodeziya va kartografiya ish faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy seminarlar o'tkazib kelinayotgani haqida xabar bergan edik.

➡️ Navbatdagi ushbu mavzudagi amaliy seminarlar Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida bo'lib o'tdi. Mutaxassislar tomonidan boshqarmaning tuman va shahar filiallarida faoliyat olib borilayotgan topograflarga bevosita ish jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni oldini olish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berilib, faoliyat davomida geodezik va topografik ish jarayonlarida foydalanish mumkin bo'lgan asbob-uskunalar, shu jumladan, zamonaviy I 83 GPS geodezik o‘lchov vositasidan foydalanish bo‘yicha barcha zaruriy ma'lumotlar taqdim etildi.

▶️ Ayni damda Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari boshchiligidagi xuddi shu kabi seminar Jizzax viloyatida bo'lib o'tmoqda.

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #sohada_qullaniladign_texnikalar

⭐️SOHADA QO'LLANILADIGAN TEXNIKALAR

📏 "STALKER 75-14" yer osti kommunikatsiya tizimlari, truba va kabellarning joylashuvini aniqlash hamda ularning plan va xaritalarini yaratishda foydalanishga mo‘ljallangan qurilma.

"Stalker 75-14" GT-75 generatori va PT-14 qabul qilish qurilmalaridan iborat.

🫥 Qurilmaning o‘ziga xos xususiyatlari:

🧭 Qurilma displeyida kommunikatsiya sxemasini ko‘rsatib turuvchi “Kompas” funksiyasi mavjud;

📍 joylashgan joyini va trassa yo‘nalishini butun jahon koordinatalar tizimida aniqlash imkoniyati mavjud;

📶 10 000 o‘lchov birligini saqlash tizimi, Bluetooth tizimi orqali kompyuterga bog‘lanish tizimi;

📶 maxsus gaz quvurlari bilan ishlashga mo‘ljallangan chastota orqali generatorsiz (EXZ bilan) ishlash rejimi;

📶 Stalker 75-14 qurilmasi chuqurlikni va tok kuchini avtomatik tarzda aniqlaydi (passiv rejimda ham);

📉 Geniratordan 10 km.masofagacha chuqurligi 10 metrgacha bo‘lgan chuqurlikda kommunikatsiya qidirish imkoniyati mavjud;

📶 4 ta ishchi chastota mavjud va GT-75 generatorlarini chiqish kuchlanishi o‘zgartirish imkoniyati mavjud (10 dan 75 VT gacha).

🔎 Stalker :75-04, 75-02M ning ushbu geniratorlari deffekt qidiruvchi geniratorlar guruhiga kiradi.

🟢 Qurilma PT-14 menyusi rus va ingiliz tillarida ishlaydi;

🟢 yengilashtirilgan konstruksiya (og‘irligi 1,7 kg) ;quyidagi kerakli parametrlar qurilma displeyida doimiy ko‘rinib turadi;
🟢 “Maksimum”va”minimum” shkalalar ;
🟢 barcha aktiv chastotalarda kommunikatsiyalarni yotish chuqurligi va tok kuchi;
🟢 kommunikatsiya tarmoqlarini zararlangan qisimlarini ko‘rsatuvchi “zond” shkalasi;
🟢 Signalning qutbiyligi-izolatsiyasi zararlangan joylarda “+” belgilar “-”ga almashinadi;
🟢 Tok yo‘nalishini o‘zgartirish (generatordan generatorga)rejimi mavjud,begona kommunikatsiyaga o‘tib ketish ehtimoli bo‘lmasligi uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 3-10-iyul, 2023-yil

◼️ Jami: 756 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Sirdaryoda kadastr ayollari seminari▪️

▶️ Bugun, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati boshqarmasi tizimidagi xotin-qizlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

◼️Tadbirda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasidan mutasaddilar, Sirdaryo viloyati Xotin-qizlar boshqamasi, Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi hamda boshqa mas'ullar qatnashishdi.

◼️Sohada faoliyat olib borayotgan Sirdaryoning kadastr xotin-qizlari ishtirok etgan uchrashuvda tizimdagi xotin-qizlarining muammolarini ko‘rib chiqib, ijobiy hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabuldan so'ng tadbir yakunida barcha xotin-qizlarga esdalik sovg'alar hamda tashakkurnomalar topshirildi.

◼️Uchrashuvdan so'ng, ayollar madaniy xordiq chiqarish bilan birgalikda, tizimda ularga yaratilgan sharoitdan mamnun bo'ldilar.

#DavKadastrPalata #xotin_qizlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚖️ Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning minimal hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

- yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
- yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi;
- yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
- yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi;
- yer uchastkasi maydoni (gektarda);
- yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
- yer uchastkasiga tutash hududlarning (obyektlarning) belgilangan maqsadi va turlari;
- qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa;
- mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
- yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
- yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
- yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.

⚖️ Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ijara muddati ko‘rsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Endi bog'chalar ham UzKAD dasturida ▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan davlat obyektlarini "UzKAD" tizimiga kiritish ishlari jadallik bilan davom etayotganidan xabaringiz bor.

📊 Navbatdagi infografika orqali siz joriy yilning may oyidan boshlanib, iyun oyining so'ngiga qadar Respublika bo‘yicha tizimga kiritilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining tahlili bilan tanishishingiz mumkin.

➡️ Keyingi ma’lumotlarimiz Davlat obyektlari binolari bo‘yicha bo‘ladi. Bizni kuzatishda davom eting.

#DavKadastrPalata #UzKAD

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆Hisobot davri: 5-11-iyul, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 093 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Aholi manfaatlari uchun▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borgan holda hal etish yuzasidan "Mahallabay", "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi tuman, shahar filiallariga kelib tushgan murojaatlar manzilli dastur asosida har bir xonadon miqyosida o‘rganilishi taʼminlamoqda.

◼️Mazkur hafta ushbu tashabbus Davlat kadastrlari palatasining quyidagi hududiy boshqarmalarida tashkil etildi:

▫️Andijon viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Toshkent viloyati
▫️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #seminar

🟢 Bugun Farg'ona viloyatida Jahon banki loyihasi doirasida 🌟 “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusidagi seminar-trening 1-kuni boshlandi.

🧊 Seminar 12-14 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

➡️Unda 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasining Farg'ona, Andijon va Namangan viloyati tuman, shahar filiallari rahbarlari ishtirok etmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Mulohaza vaqti⚜️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi korrupsiyaga qarshi kurashda.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️ Kadastrning Jizzax ayollari e’tiborda▪️

🏆 Kuni kecha, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tashabbusi bilan Jizzax viloyatida kadastr sohasidagi xotin-qizlarning hayotda bilim va tajribalarini yanada oshirish, ish tizimida va oiladagi o‘rnini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan seminar - sayyor qabul bilan davom etdi.

🫥 Tizimdagi ayollarning masalalarini tinglash va imkon darajasida yechim berish maqsidida o‘tkazilgan Sayyor qabulda viloyat Xotin-qizlar boshqarmasi hamda Oqila ayollar harakati mas’ullari va boshqa mutasaddilar ham ishtirok etishdi.

☯️ Bundan avval xuddi shunday tadbir respublikamizning Navoiy, Farg‘ona, Namangan, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagi kadastr xotin-qizlari ishtirokida o‘tkazilgandi.

#DavKadastrPalata #xotin_qizlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM