DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30.9K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.32K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Senat yig‘ilishi▪️

⚜️ Kuni kecha, Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, aholi bilan uchrashuvlar va sayyor qabullar tashkil qilish, ko‘tarilgan masala va muammolarni zudlik bilan joyida hal qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kadastr agentligi rahbariyatining axboroti tinglandi. Agentlik tomonidan murojaatlar tahlili, o‘tkazilgan sayyor qabullar, mas’ul xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun javobgarlik masalalari ko'rib chiqildi.

◼️Shu bilan birga, sohada o‘z yechimini kutayotgan ayrim muammoli masalalar mavjudligi aytib o‘tildi. Xususan, respublika hududidagi 2 mln 400 mingdan ortiq aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yo‘qligi va bino-inshootlariga nisbatan mulk huquqini belgilovchi tartib mavjud emasligi sababli aholi tomorqa uchun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirishga ipotekadan foydalana olmayapti, shu tufayli Agentlikka hamda Xalq qabulxonalariga murojaatlar soni ko‘paygan. Tahlil natijalariga ko‘ra ayni shu mazmundagi murojaatlar jami murojaatlarning 40 foizdan ortig‘ini tashkil etishi ta’kidlab o‘tildi.

▫️Majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

👉 Batafsil: https://senat.uz/events/post-892

#DavKadastrPalata #senat_yig_ilishi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 14-20-iyun, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 397 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid▪️

🌟Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va unga qarshi murosasizlikni shakllantirish bo'yicha profilaktik tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

◼️Mazkur haftada ushbu mavzudagi davra suhbatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda bo'lib o'tdi:

▫️Xorazm viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Samarqand viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Fuqarolar murojaatlari e'tiborda▪️

◼️ Kadastr sohasida jismoniy va yuridik shaxslar muammolarini joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur ko'rsatma, yo‘l-yo‘riqlar berish maqsadida soha mutasaddilari ishtirokida fuqarolar uchun doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil qilinmoqda.

◼️ Shular jumlasidan, bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Inamov Nozimjon Ravshanovich va viloyat mutasaddilari ishtirokida Farg'ona viloyati Rishton tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

◼️Qabul davomida murojaatchilardan kelib tushgan 28 ta murojaatlardan 15 tasiga joyida ijobiy yechim topildi, qolgan 13 tasi ijro uchun nazoratga olindi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

🏢 Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

▫️ binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;
▫️ binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;
▫️ binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma;
▫️ tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

👔 Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #jahonn_bank #hamkorlik

🟢«O’rta shaharlarni kompleks rivojlantirish» loyihasini amalga oshirishga ko’maklashish maqsadida 🌟Kadastr agentligi hamda Jahon bankining missiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida 🌟Kadastr agentligini yanada qo’llab-quvvatlash va shahar yerlarida pilot loyihalarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qilindi

Uchrashuv konstruktiv tarzda bo‘lib o‘tdi, kelgusidagi vazifalar bo‘yicha o‘zaro fikr va tavsiyalar almashildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur videoinfografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 15-21- iyun, 2023 yil

📊 Jami kelib tushgan: 15 764 ta
Shakllantirilgan: 5 397 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM