DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
25.8K subscribers
11.7K photos
1.85K videos
1 file
6.89K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️ Kadastr agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati ▪️

⭐️🌟 Kadastr tizimida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan asosiy talablar va tamoyillarni belgilash, xodimlar tomonidan o'z faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo'l qo'ymaslik va bu borada samarali tizimni shakllantirish maqsadida Kadastr agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati ishlab chiqildi.

◼️Shu munosabati bilan, bugun Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatining har bir bo'lim va boshqarma boshliqlari tomonidan xodimlarga tizimning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida davra suhbatlari o'tkazildi.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️17-iyun - Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni▪️

🪐 Ushbu kunda dunyodagi barcha mamlakatlar yerlarni tanazzulga uchrashini kamaytirish bo‘yicha muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan qarorlar qabul qilib, turli tadbirlar o‘tkaziladi va ularga aholinining keng qatlamlarini faol ishtirok etishini ta’minlash orqali cho‘llanish va qurg‘oqchilikni salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy ishlar olib boriladi.

🇺🇿 Ma’lumotlarga ko‘ra, Mamlakatimizning 60 foizi cho‘l va yarim cho‘llardan iborat bo‘lib, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish masalalari barqaror rivojlanishni ta’minlashda ustuvor o‘rin egallaydi.

💧 Shu bilan birga, Orol dengizining qurigan hududidan tuz va boshqa mineral moddalarning shamol orqali tarqalishi esa ekologik vaziyatni murakkablashishiga olib kelmoqda.

▶️ Shu boisdan, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi tabiatga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish, uni asrab-avaylashga chaqiradi.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Murojaatlar statistikasi▪️

🌟Respublika bo‘yicha 2023 yil 12-16 iyun kunlari aholidan Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga jami 1 479 ta murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlar quyidagicha yo‘nalishlarda:

▫️Yer ajratish masalasi – 133 ta
▫️Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish – 305 ta
▫️Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – 82 ta
▫️Kadastr xodimlari xatti xarakati ustidan – 10 ta
▫️Nizoli holatlar buyicha – 187 ta
▫️Boshqa masalalar – 345 ta
▫️So‘rovnomalar – 417 ta

Ular quyidagicha tahlillanadi:

Muddatida hamda ijobiy hal etilgan xatlar - 878 ta
🗣 Javob xatlarining boshqa idoralarga yo‘naltirish – 26 ta
⚙️ Jarayonda – 575 ta

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #hudud_intervyu

🌍 YERNI ASRAGANNI- EL ASRAYDI.

🌟 Kadastr xizmatlarini ko'rsatish, yer va kadastr nazorat ishlarini olib borish yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va shunga o'xshash bir qancha savollarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i-Abdiraxmonov Menglimamat Abdushukurovich javob berdi. ▶️

➡️ Hurmatli fuqarolar loyihamizning navbatdagi mehmoni 🌟Kadastr agentligining 💫Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i bo'ladi. Sizda Kadastr sohasiga oid savollaringiz bormi unda 📱 Telegram messenjeri orqali @Kadastrga_murojaat akauntiga yuborishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV sayyor qabullarimiz haqida▪️

🌟 Ushbu xaftada Davlat kadastrlari palatasi raisining o‘rinbosarlari ishtirokida tuman aholisining kadastr bilan bog‘liq masalalarini o‘rganib, hal etish maqsadida sayyor qabullar tashkil etildi.

➡️ Fuqaro va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar esa tashqi ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi:

◼️Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi sayyor qabul:
▫️Farg‘ona TRK
▫️Uza.uz
▫️Region | Fergana

◼️Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sayyor qabul:
▫️“Toshkent” telekanali:
- rus tilidagi sonida
- o‘zbek tilidagi sonida
▫️Uza.uz
▫️Ochun.uz

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⌛️  “Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 12-18- iyun  kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Masofa belgilash tartibi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi turar joy bilan ijtimoiy obyektlar o‘rtasidagi masofa bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

➡️ Foydali bo'lgan ushbu ma'lumotlarni kengroq tarqating.

#DavKadastrPalata #masofa

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul

📣 DIQQAT EʼLON 📣

🟢 Hurmatli Navoiy viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari ❗️

➡️ Aholining 🌟Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Navoiy viloyati aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📄 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 23-iyun kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

➡️ Sayyor qabul 🌟Kadastr agentligi direktor o'rinbosari M.S.Mirmaksudov boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Navoiy viloyati, Qiziltepa tuman hokimligi binosi.

☎️ Murojaat uchun: +998 (79) 224-02-31

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Men uyimni 2020-yilda kadastr qildirganman lekin endi ko'chani nomi o'zgardi. 2023-yilda qo'shimcha turar joy qurdim, uy raqami uchun qaytadan to'lov qilamanmi?

✍️ JAVOB: Murojaatingizga ko'ra, ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1010-son qarori ga muvofiq, manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #hudud_intervyu

🌍 YERNI ASRAGANNI- EL ASRAYDI.

🌟 Kadastr xizmatlarini ko'rsatish, yer va kadastr nazorat ishlarini olib borish yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va shunga o'xshash bir qancha savollarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i-Nishonov Doniyor Baxtiyorovich hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig'i- Tuxtayev Otabek Uzokovichlar javob berdi. ▶️

➡️ Hurmatli fuqarolar loyihamizning navbatdagi mehmoni 🌟Kadastr agentligining 💫Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i bo'ladi. Sizda Kadastr sohasiga oid savollaringiz bormi unda 📱 Telegram messenjeri orqali @Kadastrga_murojaat akauntiga yuborishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️O‘zbekistonda Qurbon Hayitining birinchi kuni 28-iyun kunida nishonlanadi▪️

🇺🇿 O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qaroriga muvofiq Qurbon hayitining birinchi kuni joriy yilning 28-iyun – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

📆 Qurbon hayiti munosabati bilan ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 29-30 iyun kunlari, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 1 iyul kuni qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangan.

#DavKadastrPalata #Prezident_qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi test savollarini taqdim etadi:

Respublikamizda sug‘oriladigan ekin yerlari jami yerlarning necha foizini tashkil etadi?
Anonymous Quiz
50%
7,22%
7%
0,32%
11%
1,84%
31%
13,5%
▪️Quyosh panellari Toshkent shahar kadastr binosida▪️

🌐 Xabaringiz bor, Respublikamizning Namangan, Andijon hamda Toshkent viloyatlarida kadastr tashkiloti binolarida quyosh panellari o‘rnatilgan.

◼️ Kuni kecha esa, energiya tejovchi manbalardan samarali foydalanish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari ma’muriy binosi hamda yordamchi binolarning tom qismiga 110 dona panel o‘rnatildi. Ushbu panellar soatiga 60 kVt energiya quvvati ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

➡️ Hududlarda mazkur yo'nalish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar boyicha yana ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

➡️ Qonunchilikka ko'ra, quyidagilar ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

▫️ taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
▫️ hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
▫️ ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
▫️ ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
▫️ qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar.

◼️Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan boshlab 10 kun mobaynida shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘imni to‘lamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 13-19-iyun, 2023-yil

⚖️ Jami: 316 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_seminar #xalqaro_hamkorlik

🌟Kadastr agentligi mutaxassislari 🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish seminarlarida ishtirok etishdi.

🟢 Joriy yilning may-iyun oylarida 🌟Kadastr agentligi xodimlari 🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Geoaxborot tizimlari”, “Fuqaro aviatsiyasi yo‘nalishida maxsus ICAO ingliz tili darajasi” hamda “Muzokara san’ati” yo‘nalishlarida tashkil etilgan bir qator onlayn seminar-terninglarda, shuningdek, "Davlat xususiy sherikchilik" yo‘nalishida oflayn tashkil qilingan seminarlarda ishtirok etdilar.

➡️Seminar Xitoyning mazkur yo‘nalishlarda bosib o‘tgan yo‘li, rivojlanish tendensiyasiyalri hamda o‘ziga xos tajribasi mavzularini qamrab oldi. Kurs yakuniga ko‘ra ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM