DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
26.6K subscribers
11.5K photos
1.81K videos
1 file
6.76K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni▪️

🌳 Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon miqyosida dolzarb bo'lgan ekologik muammolar to'g'risida xalqaro jamoatchilikni xabardor etib, shu muammolarni yechishga dunyo xalqlarini chorlaydi.

🌤 Insonlarni doimiy o‘sib borayotgan talablari tabiatni o‘z chegaralaridan tashqariga chiqarib yubormoqda. Okeanlar va o‘rmonlar 86 million insonlarni ish bilan ta’minlaydi. To‘rt milliard insonlar faqat tabiiy dorilarga tayanadi. Shaharlar va binolarni sovitish uchun o‘rmonlar va ko‘kalamzorlardan foydalanish kabi tabiiy yechimlarni asrash talab etiladi.

🌈 Mazkur sana nafaqat ona yer tuhfalarini qadrlash, yerimizda mavjud bo`lgan boy biologik xilma-xillikni asrash kunidir. Ushbu kunda biz barchamiz ona-yerimizni qanday qilib muhofaza qilishimiz, hozirda dolzarb bo`lib qolgan ekologik muammolarni qanday yechishimiz mumkinligi to'g'risida chuqur o'ylashimiz, yer-sharimizni yanada go'zalroq, sog'lomroq qilish yo'llarini izlashimiz lozimdir.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi barchani atrof-muhitni asrab-avaylashga chaqiradi.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️"O'zbekiston24"- biz haqimizda▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tashkillashtirilgan "Yer uchastkasini auksion savdolariga chiqarish bo'yicha taklif kiritish tartibi" mavzusidagi press tur bir qancha tashqi OAVlarida keng yoritildi.

▶️ Jumladan mazkur matbuot tadbiri haqida "O'zbekiston24" telekanali jurnalisti "Махсус репортаж" ko'rsatuvi uchun keng tahliliy dastur tayyorlagan.

#DavKadastrPalata #press_tur #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Uyimning orqa tarafida 2 sotix yer bor edi,10 yil oldin texnik kadastr qildirganman, shuni hozir auksion savdosiga qo'yamiz deyishyapti. Shuni tartibi haqida tushuntirib bering.

✍️ JAVOB: Qonunchilikka ko'ra, agar texnik hujjatda ushbu yer maydoni ko'rsatilgan bo'lsa auksion savdolariga chiqarilmaydi, hech qanday hujjat mavjud bo'lmagan holatda mazkur yer maydoni zaxira yer maydoni hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 685-sonli qaroriga asosan auksion savdolariga chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

****

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi test savollarini taqdim etadi:

Respublikamizda sug‘oriladigan ekin yerlari jami yerlarning necha foizini tashkil etadi?
Anonymous Quiz
39%
7,22%
23%
4,32%
7%
1,84%
32%
13,5%
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

Davlat reyestridagi yozuvni bekor qilish

📃 Davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

◾️Texnik xatoni tuzatish natijasida davlat reyestriga kiritilgan o‘zgartishlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

◾️Sud tomonidan davlat reyestridagi yozuvning bekor qilinishi va (yoki) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiy emas deb topilishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik oqibatlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

◾️Davlat reyestriga kiritilgan navbatdagi yozuv bekor qilingan taqdirda, oldingi yozuv haqiqiy bo‘lib qoladi.

◾️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat reyestridagi tegishli yozuv bekor qilingan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida mazkur yozuv bekor qilinganligi to‘g‘risida Komissiyani yoki sudni, shuningdek huquq egalarini yoxud ularning vakillarini xabardor qilishi shart.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 FIG PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.

🌍 Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida 🇺🇿O’zbekiston nomidan ishtirok etgan 🌟Kadastr agentligi vakillari hamda FIG Prezidenti Diane Dumashie xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Diane Dumashie xonim Xalqaro geodezistlar haftaligida O’zbekiston vakillari ishtirok etayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi va ushbu ishtirok global hamkorlik yo’lidagi muhim qadam ekanligini alohida ta'kidladi.

➡️Muzokara doirasida FIG komissiyasi sessiyalarida ishtirok etib dunyo mamlakatlarining yer resurslarini samarali boshqarish, geoaxborot tizimlarini qo'llash sohalarini kengaytirish, so'ngi texnologiyalarni qo'llanilishi va ilg'or tajribalarni o'rganish yurtimizda sohani yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek Kadastr agentligi vakillarida “Yer boshqaruvi va kadastr” yo‘nalishidagi 7-komissiyaning sessiyalari, ESRI kompaniyasining maxsus labaratoriyasidagi amaliy mashg‘ulotlar hamda ko’rgazmadagi geodeziya va kartografiya sohasidagi zamonaviy smart o‘lchov texnologiyalari katta qiziqish uyg’otgani aytib o’tildi.

🌍 Xalqaro geodezistlar federatsiyasi (FIG) bilan hamkorlikni faollashtirish, FIGning “Yosh geodezistlar salohiyatini oshirish”da O‘zbekiston vakillari ishtirokini oshirish, akademik davra imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Dumashie xonim 🌟Kadastr agentligiga FIGning navbatdagi sessiyalarida yer ma’muriyatchiligi, geodeziya va kartografiya yo‘nalishida 🇺🇿O‘zbekiston tajribasi bilan o’rtoqlashilishidan umidvor ekanligini bildirdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Bilishingiz muhim

📃 Davlat kadastrlari palatasiga taaluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qilishmoqda. Yurtdoshlarimizning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

⁉️ Binoni foydalanish uchun qabul qilishga ruxsatnomani Davlat kadastrlari palatasi beradimi? Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV Press tur haqida▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari tomonidan tashkillashtirilgan "Yer uchastkasini auksion savdolariga chiqarish bo'yicha taklif kiritish tartibi" mavzusida press tur bo'lib o'tgan edi.

◼️Jurnalist va blogerlarlar tayyorlagan press tur tafsilotlari Respublikamizning quyidagi ommaviy axborot vositalari orqali batafsil yoritildi:

▫️📰 O'zbekiston Milliy axborot agentligi (UzA) ning rasmiy sayti hamda telegram ijtimoiy tarmog'ida;

▫️📚 Toshkent telekanali "Poytaxt" informatsion dasturining o'zbek hamda rus tilidagi efirlarida;

▫️✉️ "Ochun" kanalining rasmiy sayti, telegram, you tube tarmog'ida;

▫️▶️ Mahalla telekanalining "Reportyor" xabarlar dasturida;

▫️🌱 "Yangi O'zbekiston" gazetasining rasmiy sayti hamda telegram tarmog'ida;

▫️🎙️ "O'zbekiston24" radiosining FM 87.9 to'lqinlarida;

▫️📝 "Правда Востока" gazetasining rasmiy sayti hamda telegram tarmog'ida;

▫️🇺🇿 "O'zbekiston24" telekanalining "Maxsus reportaj" ko'rsatuvida;

▫️👔 "Xalq dardi" telegram va Facebook ijtimoiy tarmog'ida;

▫️📺 "Yoshlar" telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturida.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda #press_tur

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 30-may - 05-iyun, 2023-yil

⚖️ Jami: 390 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi▪️

◼️Soha taraqqiyoti undagi xodimlarning o‘z kasbiga qay darajada halollik va mas’uliyat bilan yondashishi orqali belgilanadi. Tartib-intizom va ishga vijdonan yondashuv masalalarida kadastr sohasida ham doimiy ravishda profilaktik tadbirlar mutasaddilar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.

🌟Xususan, Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Azim Raxmatov hamda hududiy boshqarma xodimlari ishtirokida Davlat kadastrlari palatasi Jizzax shahri hamda Zomin tumani filiali xodimlari bilan ochiq muloqot qildilar. Davra suhbati davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

◼️Shuningdek, Markaziy apparat mas'ul xodimi ishtirokidagi huddi shu kabi davra suhbatlari Davlat kadastrlari palatasi Mirobod tuman filialida ham tashkil qilindi.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Maqsadli ko'rsatkichlar▪️

🇺🇿 Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlari shakllantirilgan bo'lib yuqoridagi ko'rsatkichlar Davlat yer kadastri boʼyichadir.

◼️Unda 2023- yil yanvar-iyun oylari boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 31-may - 06-iyun, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 261 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Iqtisodiy masalalar tahlili▪️

🌟 Bugun, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Moliya iqtisodiyot va buxgalteriya boshqarmasi boshlig‘i va mazkur yo‘nalish bo‘lim boshliqlari ishtirokida hududiy mutaxassislar uchun ZOOM platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

📊 Unda hududlarda yo‘nalishga doir bajarilayotgan ishlar monitoringi tahlil etilib, kamchiliklar bo‘yicha ochiq fikrlar o‘rtaga tashlandi. Jumladan, tizimga kiritilayotgan raqamlardagi chalkashliklar, ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazib berilmaslik, xodimlarning mas’uliyatsizlik bilan ishga yondashuvi bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirildi.

◼️ Vazifalar bo‘yicha rejalar kelishib olindi va hududiy moliya mutaxassislariga ularni o‘z vaqtida bajarishi uchun muddatlar belgilandi.

#DavKadastrPalata #tahlil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM