DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Kadastr aholi manfaatlari yo'lida▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida xalqni rozi qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni manzilga borgan holda o'rganib yechim topish ishlari davom etmoqda.

◼️ Jumladan, Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining barcha tumani filial xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

◼️ Ta'kidlash joizki, Buxoro viloyatida ham xalqimizga sidqidildan xizmat qilish, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni atroflicha muhokama qilish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro shahar filiali mas’ullari ishtirokida «Varaxsha» MFYda «Kadastr idoralari — xalq xizmatida» mavzusida mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️

◼️ Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasida tizimidagi xotin-qizlar uchun "Oila - muqaddas dargoh" mavzusida seminar-trening tashkil etilgandi.

◼️ Ushbu seminar trening va tizim ayollari uchun o'tkazilgan sayyor qabul, hamda madaniy meros obyektlariga uyushtirilgan sayohat haqida tashqi ommaviy axborot vositalarida batafsil yoritildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Hududlarda sayyor qabullar▪️

◼️Кuni kecha Buxoro viloyatining Buxoro tumanida aholining kadastrga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida tumanning tizim mutasaddilari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi mas’ullari ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.

◼️Mazkur hafta shu kabi sayyor qabul Kadastr agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasining Amudaryo tumanida ham bo'lib o'tdi. Kadastr masalasida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal bo'lgan va huquqiy tushuntirishlar berilgan.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Andijonda kadastr ayollari seminari▪️

⭐️🌟 Navbatdagi seminar-trening Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tizimidagi xotin-qizlar uchun tashkil etildi.

◼️ Unda Andijon viloyatida sohada faoliyat olib borayotgan 100dan ziyod xotin-qizlar ishtirok etishdi. Mas'ullar tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularni qo'lab-quvvatlash yuzasidan bajarilayotgan ishlar, berilayotgan imtiyozlar hamda ayollarning oila va jamiyatimizdagi o'rni kabi masalalarda fikr bildirishdi.

◼️Dastur rejasiga ko'ra, tizimdagi xotin-qizlarining muammolarini ko‘rib chiqib, ijobiy hal etish maqsadida Sayyor qabul o‘tkazildi. Qabuldan so'ng tadbir qatnashuvchilari Andijon viloyati Xonobod tumanidagi bir qancha madaniy-ma'rifiy obyektlarga sayrga olib borildi.

#DavKadastrPalata #xotin_qizlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Murojaatlar tahlili🔹

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 1-5-may kunlari jami 1 396 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 38
▫️Andijon viloyati - 56
▫️Buxoro viloyati - 98
▫️Samarqand viloyati - 104
▫️Sirdaryo viloyati - 33
▫️Surxondaryo viloyati - 151
▫️Qashqadaryo viloyati - 176
▫️Toshkent shahar - 156
▫️Toshkent viloyati - 216
▫️Navoiy viloyati - 37
▫️Namangan viloyati - 41
▫️Xorazm viloyati - 106
▫️Jizzax viloyati - 72
▫️ Farg‘ona viloyati - 76
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 36

Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xatlov jarayonlari OAV nigohida▪️

⚡️ Xabaringiz bor, Qoraqalpog'iston Respublikasidagi ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan, yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish hamda «UzKAD» axborot tizimiga kiritish bo‘yicha ishlar jadallik bilan davom etmoqda.

▶️ Qoraqalpog'iston telekanalining informatsion dasturida ana shu jarayonlar keng yoritildi.

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DKP hafta ichida▪️

◼️ O’zbekistonda dronlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

◼️ So‘nggi 5 yillikda qurilish sohasida korxonalar soni qanchaga ko‘paydi?

◼️ Davlat kadastrlari palatasi binosiga quyosh panellari o'rnatilmoqda.

◼️ Xorazmda Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati boshchiligida xatlov jarayonlari.

◼️ 25-aprel - 1-may kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma'lumotlari.

◼️ Davlat kadastrlari palatasining jamoatchilik bilan aloqalari.

◼️ Davlat kadastrlari palatasining Farg'ona, Namangan, Andijon viloyatlaridagi boshqarmalarida xotin-qizlar seminari.

◼️ Joriy yilning 26-aprel - 2- may kunlari oralig'ida 8 455 ta davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar bo'yicha ma’lumot.

◼️ Hafta davomida kelib tushgan 15 940 ta arizadan 5 618 tasiga kadastr pasporti tayyorlandi.

◼️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sardoba tuman bo'limi hamda filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

◼️Kadastr aholi manfaatlari yo'lida - Sirdaryo hamda Buxoro viloyatlari.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida quyidagilarni o‘rganadi:

▫️ yer uchastkalari bo‘yicha topografik rejaning mavjudligi;
▫️ arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
▫️ xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq egasi haqidagi ma’lumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
▫️ xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
▫️ yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralarini kadastr hujjatlari ma’lumotlariga mosligini aniqlash.

💠 Yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun to‘lov summasi bir gektar yer maydoni uchun BHM ning 5 baravari hisobidan kelib chiqib hisoblanadi va yer uchastkasini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️

◼️ Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sardoba tuman bo'lim hamda filialining yangi binosi ochilish marosimi o'tkazilgandi.

▶️ Mazkur tadbirdan jurnalist tayyorlagan lavha Sirdaryo MTRK efirlari orqali namoyish etildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида
Олий Мажлис палаталари, сиёсий партиялар, суд ва ижро этувчи ҳокимият органлари раҳбарлари ҳамда жамоатчилик фаоллари билан референдум якунларига бағишланган учрашув бошланади.

Скоро с участием Президента Шавката Мирзиёева начнется встреча с главами палат Олий Мажлиса, политических партий, органов судебной и исполнительной власти, а также представителей общественности, посвященная итогам референдума.

Facebook|Instagram|Twitter
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
⚜️ Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida parlament a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv boshlandi. ⚜️ Prezident: "Yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi…
⚜️ "Takror va takror aytaman: bizning eng katta boyligimiz – O‘zbekistonni o‘zi uchun yagona Vatan deb biladigan ko‘p millatli buyuk xalqimizdir" – Prezident

⚜️ Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Har bir ishimizda, qabul qilayotgan barcha qonun va qarorlarimizda faqat va faqat xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari eng ustuvor o‘rinda turishi shart!"

⚜️ Prezident: "Nuroniylar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan insonlar, alohida e’tiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytiramiz"

⚜️ “Qonun – muqaddas, har qanday holatda ham adolatni qaror toptirish shart!” degan qarash jamiyatning har bir a’zosi, ayniqsa, mansabdorlar uchun hayot qoidasiga aylanishi kerak" - Prezident.

⚜️ Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Mening eng katta niyatim – odamlarni qiynayotgan muammolarni mahallaning o‘zi yechadigan xalqchil tizim yaratish".

⚜️ "Bugungi kunda xalq ovozi va fikrini keng jamoatchilikka, davlat idoralari e’tiboriga olib chiqayotgan eng ta’sirchan kuch, bu – ommaviy axborot vositalari va jurnalistlardir" - Prezident.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Муддатидан илгари Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Nomimga kadastr pasporti qilingan edi, lekin hozirgi kunda familiyam o‘zgargan. Bu holatda nima qilishim kerak, kadastr pasportimni o‘zgartirishim kerak bo‘lsa, qayerga murojaat qilaman va to‘lovlari qanday bo‘ladi?

✍️ JAVOB: Qonunchilikka ko'ra, fuqaroning familya, ism yoki otasining ismi o'zgarganda kadastr pasporti shakllantirish uchun to'lovlar undirilmaydi. Fuqaro DXM ga tegishli hujjatlar bilan tashrif buyurib yoki my.gov.uz saytiga ariza bergan holda yangi kadastr pasporti shakllantirishi mumkin.

👔 Ma'lumot o'rnida, agar fuqaroning ko'chmas mulk obyektida biror bir o'zgarish bo'lmagan bo'lsa, familiyasi o'zgargan holatda qaytadan kadastr pasporti rasmiylashtirish majburiyat belgilanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2014 yildagi
186-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi
535-son qarori

************

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi test savollarini taqdim etadi:

Andijon viloyatining hududi eng katta bo‘lgan tumanini toping.
Anonymous Quiz
33%
Qo’rg’ontepa
22%
Andijon
26%
Jalaquduq
19%
Baliqchi