DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#kadastr #iso_37001_2016

🌟 Кадастр агентлиги ISO 37001:2016 халқаро сертификатни қўлга киритди.

“Cert international”
ташкилоти томонидан 2022 йилнинг 7 декабрь ҳамда 6-8 апрель кунлари ISO 37001:2016 халқаро стандарти бўйича аудиторлик текшируви ўтказилди. Текширув натижасига мувофиқ 🌟Кадастр агентлиги марказий аппарати ISO 37001:2016 халқаро сертификатига лойиқ деб топилди.

➡️ BATAFSIL 👈

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr filialining  yangi binosi▪️

⭐️🌟 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sardoba tuman bo'limi hamda filialining yangi zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.

◼️Ochilish marosimida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Abdulaziz Yunusov, Sardoba tuman hokimi Akmal Mirzayev, Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i Burhon Minasipov va tuman sektor rahbarlari shuningdek mahalla nuroniylari ishtirok etishdi.

🏛  Ushbu zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan binoda majlislar zali, arxiv xona va ma'naviyat xonalari  hamda boshqa bo‘limlar uchun ish xonalari qurilib, yangi mebellar, zamon talablariga javob beradigan turli texnik vositalar bilan ta'minlandi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

🏠 Ko‘chmas mulkni bo‘lish va bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.
▫️ Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
▫️ Ko‘chmas mulkning muayyan turdagi obyektini bo‘lish xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq obyektning tashkil etilishiga olib keladi.
▫️ Ko‘chmas mulk bo‘linganidan keyin mazkur ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish yopiladi, yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka esa yangi ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ish ochiladi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.
▫️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
▫️ Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
▫️ Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xatlov jarayonlari OAV nigohida▪️

⚡️ Xabaringiz bor, Xorazm viloyatidagi ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan, yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish hamda «UzKAD» axborot tizimiga kiritish bo‘yicha ishlar jadallik bilan davom etmoqda.

▶️ Xorazm telekanalining informatsion dasturida ana shu jarayonlar keng yoritildi.

#DavKadastrPalata #xatlov #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr aholi manfaatlari yo'lida▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida xalqni rozi qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni manzilga borgan holda o'rganib yechim topish ishlari davom etmoqda.

◼️ Jumladan, Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining barcha tumani filial xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

◼️ Ta'kidlash joizki, Buxoro viloyatida ham xalqimizga sidqidildan xizmat qilish, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni atroflicha muhokama qilish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro shahar filiali mas’ullari ishtirokida «Varaxsha» MFYda «Kadastr idoralari — xalq xizmatida» mavzusida mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️

◼️ Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasida tizimidagi xotin-qizlar uchun "Oila - muqaddas dargoh" mavzusida seminar-trening tashkil etilgandi.

◼️ Ushbu seminar trening va tizim ayollari uchun o'tkazilgan sayyor qabul, hamda madaniy meros obyektlariga uyushtirilgan sayohat haqida tashqi ommaviy axborot vositalarida batafsil yoritildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Hududlarda sayyor qabullar▪️

◼️Кuni kecha Buxoro viloyatining Buxoro tumanida aholining kadastrga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida tumanning tizim mutasaddilari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi mas’ullari ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.

◼️Mazkur hafta shu kabi sayyor qabul Kadastr agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasining Amudaryo tumanida ham bo'lib o'tdi. Kadastr masalasida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal bo'lgan va huquqiy tushuntirishlar berilgan.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Andijonda kadastr ayollari seminari▪️

⭐️🌟 Navbatdagi seminar-trening Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tizimidagi xotin-qizlar uchun tashkil etildi.

◼️ Unda Andijon viloyatida sohada faoliyat olib borayotgan 100dan ziyod xotin-qizlar ishtirok etishdi. Mas'ullar tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularni qo'lab-quvvatlash yuzasidan bajarilayotgan ishlar, berilayotgan imtiyozlar hamda ayollarning oila va jamiyatimizdagi o'rni kabi masalalarda fikr bildirishdi.

◼️Dastur rejasiga ko'ra, tizimdagi xotin-qizlarining muammolarini ko‘rib chiqib, ijobiy hal etish maqsadida Sayyor qabul o‘tkazildi. Qabuldan so'ng tadbir qatnashuvchilari Andijon viloyati Xonobod tumanidagi bir qancha madaniy-ma'rifiy obyektlarga sayrga olib borildi.

#DavKadastrPalata #xotin_qizlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Murojaatlar tahlili🔹

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 1-5-may kunlari jami 1 396 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 38
▫️Andijon viloyati - 56
▫️Buxoro viloyati - 98
▫️Samarqand viloyati - 104
▫️Sirdaryo viloyati - 33
▫️Surxondaryo viloyati - 151
▫️Qashqadaryo viloyati - 176
▫️Toshkent shahar - 156
▫️Toshkent viloyati - 216
▫️Navoiy viloyati - 37
▫️Namangan viloyati - 41
▫️Xorazm viloyati - 106
▫️Jizzax viloyati - 72
▫️ Farg‘ona viloyati - 76
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 36

Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xatlov jarayonlari OAV nigohida▪️

⚡️ Xabaringiz bor, Qoraqalpog'iston Respublikasidagi ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan, yer uchastkalarini xatlovdan o‘tkazish hamda «UzKAD» axborot tizimiga kiritish bo‘yicha ishlar jadallik bilan davom etmoqda.

▶️ Qoraqalpog'iston telekanalining informatsion dasturida ana shu jarayonlar keng yoritildi.

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM