DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Sayyor qabullar - murojaatlar yechimiga xizmat qiladi▪️

🌟 Bugun Respublikamizning bir nechta hududlarida fuqarolarning kadastr masalalariga doir murojaatlarini o'rganish maqsadida sayyor qabullar bo'lib o'tdi.

◼️Jumladan, Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i ishtirokida, Toshkent shahri Yangihayot tumanida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari hamda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i va soha mutaxassislari ishtirokida sayyor qabul o'tkazildi.

◼️Bo'lib o'tgan sayyor qabullar davomida har bir fuqaro murojaati tinglanib, muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi hamda yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berildi.

➡️ Ma'lumot o'rnida, kuni kecha Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanining Nanay qishlog'ida ham Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshliqlari ishtirokida xuddi shunday sayyor qabul o'tkazilgan edi.

▶️ Eslatib o'tamiz, 6-may kuni soat 11:00 dan boshlab Kadastr agentligi rahbariyati boshchiligida Toshkent viloyati fuqarolari uchun sayyor qabul o'tkazilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Murojaatlar tahlili🔹

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 25-28-aprel kunlari jami 1 405 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 103
▫️Andijon viloyati - 46
▫️Buxoro viloyati - 88
▫️Samarqand viloyati - 97
▫️Sirdaryo viloyati - 92
▫️Surxondaryo viloyati - 102
▫️Qashqadaryo viloyati - 97
▫️Toshkent shahar - 162
▫️Toshkent viloyati - 195
▫️Navoiy viloyati - 56
▫️Namangan viloyati - 50
▫️Xorazm viloyati - 113
▫️Jizzax viloyati - 77
▫️ Farg‘ona viloyati - 79
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 48

Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Qoraqalpog‘iston va Xorazm▪️

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida yer maydonlarini xatlovi va “UzKAD” axborot tizimiga kiritish bo‘yicha ishlari olib borilmoqda:

▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
▪️ Xorazm viloyati

⭐️🌟Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi shuningdek Respublika aerogeodeziya markazi hamda ularning viloyatlardagi hududiy boshqarma va bo'linmalaridan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan viloyatlar tumanlarida olib borilayotgan xatlov ishlari muntazam nazorat qilinib, har kunlik xisobotlar yuritilmoqda. Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi shuningdek Respublika aerogeodeziya markazi hamda ularning viloyatlardagi hududiy boshqarma va bo'linmalaridan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan viloyatlar tumanlarida olib borilayotgan xatlov ishlari muntazam nazorat qilinib, har kunlik xisobotlar yuritilmoqda.

➡️ Batafsil ma’lumot yana taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-maydan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️Davlat ko'chmas mulklari va aksiya paketlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkaziladi.
👉 Batafsil

⚜️Rasmiy daromadga ega bo'lmagan shaxslarga ham ipoteka kreditlari beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Yangi “dom”larning tomiga quyosh panellari o‘rnatish majburiy bo‘ladi.
👉 Batafsil

⚜️Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining yaqinlari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi.
👉 Batafsil

⚜️Ma’muriy jarimalarni 15 kun ichida to‘laganlik uchun chegirma miqdori oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Rahbar kadrlar uchun inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha o‘quv kurslari joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishga ruxsat etiladi.
👉 Batafsil

⚜️“Metan-zapravka”larga onlayn kamera o‘rnatish majburiy bo‘ladi;
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalari beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrimlarga shifoxonada bepul ovqat beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim turdagi tovarlar xaridi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев оила аъзолари билан бирга Тошкент шаҳри Мирзо Улуғбек туманидаги 59-референдум участкасига ташриф буюриб, референдумда овоз берди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с членами семьи посетил 59-й участок референдума в Мирзо-Улугбекском районе города Ташкента и проголосовал на референдуме.

#Mirziyoyev #referendum #Konstitutsiya #ovozberish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⌛️  “Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 24-30 - aprel  kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚖️ Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

▫️ yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
▫️ yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi;
▫️ yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
▫️ yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi;
▫️ yer uchastkasi maydoni (gektarda);
▫️ yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
▫️yer uchastkasiga tutash hududlarning (obyektlarning) belgilangan maqsadi va turlari;
▫️ qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
▫️ umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa;
▫️ mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
▫️ yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
▫️ yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;
▫️ yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.

➡️Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ijara muddati ko‘rsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.

Yer uchastkasi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar, shu jumladan, fotosuratlar, uning geolokatsiya va koordinatalari to‘liq ko‘rsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda, operator tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM