DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28.5K subscribers
11K photos
1.73K videos
1 file
6.51K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalari

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:

- foydali qazilma konlari, qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;

- tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o‘rmon hamda suv fondlarining, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlarining muhofaza zonalari, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bog‘lari);

- xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;

- qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga taqdim etilgan yer uchastkalari — maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatadigan davrda;

- ko‘p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;

- davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek yuridik shaxslarga jamoat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_bilim

🟢 Bugundan "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni rasman kuchga kirdi

➡️Ushbu Qonunning maqsadi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

➡️Qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni, yaʼni yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga hamda mulkiy majmua sifatidagi korxonaga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi.

➡️Mazkur qonun bilan Kadastr agentligi - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib, 🌟Kadastr agentligining 👍Davlat kadastrlari palatasi - ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ etib belgilangan.

➡️Unda 👍Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridagi ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi mutaxassislar tomonidan ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi yoki Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazkur qonundagi asoslarga ko‘ra rad etadi.

➡️Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, rieltorlik tashkilotlari, tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – vositachilar etib belgilandi.

➡️Ushbu Qonun bilan ko‘chmas mulklarga oid nizolarni sudgacha hal etish komissiyasi va apellyatsiya komissiyalarini tashkil etilishi va ish yuritish tartibi belgilab qo‘yildi.

➡️Ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘luvchi 60 dan ortiq huquqiy hujjatlarning aniq ro‘yxati qonunda keltirilgan, yaʼni barcha davrlarda, 2021-yil 1-avgustdan keyingi davrdagi, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilingan davrdan keyingi va undan oldingi davrlarda asos bo‘luvchi hujjatlarning aniq ro‘yxati ko‘rsatilgan.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiyasiz kelajak sari▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boyicha profilaktik tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

◼️Кuni kecha Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi hamda uning tuman, shahar filiallarida Markaziy apparat Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi Timur Yuldashev tomonidan korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, soha nufuzini yanada oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

◼️Mazkur hafta huddi shunday profilaktik tadbirlar quyidagi hududiy boshqarmalarda tashkil qilindi:

▪️Toshkent viloyati
▪️Andijon viloyati
▪️Buxoro viloyati
▪️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤Kadastr atamalari🔤

➡️ Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT) — davlat kadastrlarining turlarini birlashtiruvchi ko'p maqsadli axborot tizimidir.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DKPning jamoatchilik bilan aloqalari▪️

🌟 Jamoatchilik bilan aloqalar har bir sohada yangilanish, o‘zgarishlarga yetaklovchi yo‘l sanaladi. Shu sabab har bir tanqidiy, tahliliy fikrlarga to‘g‘ri yondashgan holda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarining axborot xizmatlari ularni o‘rganib, zaruriy choralarni ko‘rishda davom etadi.

▪️Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi holat.

▪️Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanida yashovchi fuqaro murojaati boy'icha.

▪️Xorazm viloyati kadastr agentligi xodimlari haqidagi asossiz holatga rasmiy munosabat.

▪️Buxoro viloyatidagi o‘ rganilayotgan muammoli masala yuzasidan rasmiy munosabat.

▪️ Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi holatga raddiya.

▪️Farg‘ona viloyatidagi holatga rasmiy munosabat.

▪️Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi o‘zlashtirilgan yerlar bo'yicha rasmiy munosabat.

▪️ Farg‘ona viloyatidagi holatga rasmiy munosabat.

▪️Samarqand viloyati, Narpay tumanidagi murojaat yuzasidan bildirilgan rasmiy munosabat.

▪️Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumanidagi holat yuzasidan rasmiy munosabat.

▪️Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanidagi fuqaro videomurojaati yuzasidan bildirilgan rasmiy munosabat.

▪️Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi holatga rasmiy munosabat.

▪️Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi holatga rasmiy munosabat.

▪️Farg‘ona viloyatidagi videomurojaat yuzasidan bildirilgan raddiya.

▪️Toshkent shahar, Yunusobod tumani bo'yicha rasmiy munosabat.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #axborot_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Hafta davomida 6 226 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati jamoatchilikka o‘z faoliyati va xizmatlari bo‘yicha muntazam ma’lumotlar berishda davom etadi.

📃Navbatdagi ma’lumotda ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan bir hafta davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr filialining yangi binosi▪️

⭐️🌟 Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Jarqo‘rg‘on tuman filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi.

💰 Ushbu tantanali ochilish marosimida Davlat kadastrlari palatasi raisining o‘rinbosari Ahmadjon Suyunov, tuman hokimligidan vakillar hamda tizim mutasaddilari ishtirok etib, binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

🏛 Ushbu zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan binoda jami 17 ta xona mavjud bo‘lib, unda majlislar zali, arxiv xona va ma'naviyat xonalari hamda boshqa bo‘limlar uchun ish xonalari qurilib, yangi mebellar, zamon talablariga javob beradigan turli texnik vositalar bilan ta'minlandi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #dronlar_shousi

👌 OFK U-20 Osiyo kubogi ochilish marosimida Dronlar shousi 💫

🟢 Joriy yilning 1-mart kunida U-20 Osiyo kubogi 2023-musobaqasining ochilish marosimida 🌟Kadastr agentligining Geoinovatsiya DUK markazi tomonidan 💫"Dronlar shousi" o'tkazildi.

⭕️⭕️⭕️⭕️Mazkur tadbir dunyo bo'ylab 100 dan ortiq mamlakatlar televideniyasi orqali jonli teletranslyatsiya qilindi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Ibrat onlari⚜️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi korrupsiyaga qarshi kurashda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️OAV biz haqimizda▫️

🌟 Xabaringiz bor, 28-fevral kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisining o'rinbosari А.Suyunov boshchiligida sayyor qabul o'tkazilgandi.

Samarqand MTRK telekanalining "Diyor yangiliklari" dasturida ushbu sayyor qabul jarayoni haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligidagi Jizzax viloyati Baxmal tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda masalani ko‘rib chiqish uchun nazoratga olinib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan hamda biroz muddat talab etgan bir nechta murojaatlar o‘z yechimini topdi.

◼️Xususan, Baxmal tumani,Fayzobod MFY, Olamon qishlog‘ida yashovchi Mirzayev Xasanga uy-joyida qo‘shimcha bino qurilganligi sababli, kadastr hujjatlariga o‘zgartirish kiritilib, yangi kadastr hujjati rasmiylashtirib berildi.

◼️Baxmal tumani,Fayzobod MFY, Yangi hayot qishlog‘ida yashovchi Salimov Fazliddinga tadbirkorlik faolyatini amalga oshirish uchun auksion savdosida ishtirok etib yer maydoni ajratilishida amaliy yordam berildi.

◼️Zafarobod tumani, Chimqo‘rg‘on QFY, Niholzor ko‘chasi, 36-xonadonda yashovchi Umida Jumayevaga tegishli yer uchastkasi uchun fuqaro nomiga homiylik asosida kadastr pasporti shakllantirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berildi.


📹 Bu haqida batafsil mazkur videoda.

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xotin-qizlarning “Zakovat” intellektual turniri ▪️

💰 Bugun, Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida uyushtirilgan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda mas'ul tashkilotlar tomonidan respublikamiz aro xotin-qizlar o‘rtasida "Zakovat" turnirining saralash hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

◼️Mazkur bellashuv Respublikamizning barcha hududlarida tashkil qilinib, korxona va tashkilotlardan
har bir viloyatda deyarli 50ga yaqin jamoalar tuzildi.

⭐️🌟 Shuningdek, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi xotin-qizlari ham ushbu turnirda "Kadastr ayollari" jamoasi nomi bilan ishtirok etgan holda, ijobiy natijalar erishib, kuchli 10 talikdan joy olishdi.

#DavKadastrPalata #zakovat #xotin_qizlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM