DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
25.9K subscribers
11.7K photos
1.84K videos
1 file
6.87K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️O‘zbekistonda erkak mulkdorlar soni▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining 2022-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha erkak mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 5 488 325 tani tashkil etadi.

👨‍⚕️ 🏠 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p erkak mulkdorlar Samarqand viloyati hisobiga to'g'ri kelmoqda. So'nggida esa Sirdaryo viloyatini ko'rishimiz mumkin.

👩‍⚕️🏠 Avvalroq DKP axborot xizmati tomonidan ayol mulkdorlar haqida ma'lumot berilgan edi.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #sayyor_qabul #samarqand

📢 Hurmatli Samarqand viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🟢 Aholining 🌟Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Samarqand viloyati aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 28-fevral kuni soat 11:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul ⭐️Kadastr agentligi direktori Pulatov Farrux Jaxongirovich boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍 Manzil: Samarqand viloyati, Pastdarg'om tumani, Hamid Olimjon ko'chasi, 15-uy. 1-son madaniyat markazi binosi

📲Murojaat uchun tel: +998 78 210-01-33

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr aholi manfaatlari yo'lida▪️

🏠 Xabaringiz bor, murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish va ularga yechim topish, aholini qiynab kelayotgan bir qancha muammolarini qonun doirasida bartaraf etish maqsadida Surxondaryo viloyatida «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

◼️ Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining barcha tuman (filial) xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida yoshlar daftari va temir daftarga kiritilgan yoshlar va ayollarning kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.

◼️Jumladan Bandixon tumani “Boxoriston” mahallasida yashovchi fuqarolar S.Xo‘shboqov va F.Shunqorova o‘zlari yashab kelayotgan uy-joylarini kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish bo‘yicha qilgan murojaati ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal qilindi.

▪️Bu haqida Diyor.uz hamda Asrnews.uz manbaasida batafsil ma'lumot berildi.

#DavKadastrPalata #Kadast_aholi_manfaatlari_yo_lida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiya – millat dushmani▪️

Sohada xodimlar orasida poraxo'rlik va korrupsion jinoyatlarning oldini olish, ularning bu boradagi huquqiy madaniyatini rivojlantirish maqsadida Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida Komplayens nazorati mutasaddilari boshchiligida muntazam targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.

◼️ Mazkur haftada ushbu mavzudagi davra suhbatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda bo'lib o'tdi:

▪️Farg‘ona viloyati
▪️Namangan viloyati
▪️Xorazm viloyati
▪️Buxoro viloyati
▪️Sirdaryo viloyati
▪️Toshkent viloyati
▪️Toshkent shahri
▪️Andijon viloyati
▪️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️ Baxmaldagi tadbirlar▪️

💰 Davlat tashkilotlari rahbarlari bilan yuzma-yuz uchrashish fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchni yanada oshiradi.

🌟 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev hamda tizim mutasaddilari  ishtirokida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

◼️ Bundan tashqari Baxmal tumanida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali binosi ham foydalanishga topshirildi.

📹 Batafsil ma'lumot ushbu videorolikda.

#DavKadastrPalata #DKP_raisining_sayyor_qabuli

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
TelegramFacebook| Instagram |YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Murojaatlar tahlili🔹

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 17-23- fevtral jami 1 460 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 35
▫️Andijon viloyati - 38
▫️Buxoro viloyati - 12
▫️Samarqand viloyati - 138
▫️Sirdaryo viloyati - 54
▫️Surxondaryo viloyati - 253
▫️Qashqadaryo viloyati - 155
▫️Toshkent shahar - 165
▫️Toshkent viloyati - 201
▫️Navoiy viloyati - 31
▫️Namangan viloyati - 61
▫️Xorazm viloyati - 127
▫️Jizzax viloyati - 75
▫️ Farg‘ona viloyati - 104
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 11

Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr - ayollarga ko'makda▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi hamda mas'ul mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda Hukumatning Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarori nazorat rejasining ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

🌐 Xususan, Farg‘ona viloyati Oila va xotin-qizlar hududiy boshqarmasi hamda shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan markazlar tashkil etishga mos bo‘lgan 61 ta bo'sh turgan bino-inshoot hamda 1 ta yer maydoni tanlab olinib, ro‘yxati tasdiqlangan holda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga taqdim qilindi. Bo‘sh turgan bino-inshootlarning 6 tasi markaz sifatida ishga tushirilib, xotin-qizlar uchun ajratib berildi.

🌐 Ayollar daftarining 1-toifa ro‘yxatida turuvchi M.Xaytmatovaga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi hamda "Bo‘ston" MFY da ayollar daftaridagi 3 nafar ayol faoliyati ta'minlangan tikuv honasi tashkil etildi.

#DavKadastrPalata #xotin_qizlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️XORIJDA KADASTR TIZIMI▪️

🌱 Afrika mamlakatlarida kadastr tizimi

🌐 Ko'pgina Afrika mamlakatlarida yer boshqaruvi tizimlarining mustamlakachilik merosi mavjud. Biroq, bugungi kunda Afrikaning deyarli har bir mamlakati yer islohoti va yer tizimini modernizatsiya qilish bilan shug'ullanadi.

🇳🇦 Namibiyaning hozirgi yerni o'rganish, ro'yxatga olish va rivojlantirish tizimi mustamlakachilik siyosati tufayli aholining ko'pchiligini sobiq "vatanlari" (hozirgi kommunal hududlar) ga tasdiqlash va ularga yerga egalik qilish va egalik qilishni ta'minlashni ta'qiqlash uchun mamlakatning bir qismini qamrab oladi. Ko'pgina munitsipalitetlar, shaharlar, qishloqlar va aholi punktlarida yerga bo'lgan huquqlarni rejalashtirish, o'rganish va ro'yxatdan o'tkazishning iloji yo'qligi va investitsiyalar uchun kredit olishda beixtiyor qiyinchiliklardan umidsizlik bor.

👉 Batafsil o'qing

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr_tizimi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⌛️ “Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 20-26-fevral kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Olib qo‘yilgan yerdagi dov-daraxtlarning bozor qiymati qoplab beriladi▪️

⚜️ Qonunchilikka ko‘ra, yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

▪️ olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulkning bozor qiymati;
▪️ olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi mustasno);
▪️ olib qo‘yilgan yer uchastkasidagi ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
▪️ ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
▪️ yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda;

Bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo‘lgan, biroq 1 yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi;

▪️ huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Faol kadastrchi erishgan natija▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar orasida sohaga alohida mehr qo‘ygan, o‘z hamkasblariga mehnatsevarligi va ishiga vijdonan yondashuvi bilan namuna bo‘ladigan faollarni doimo qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

📆 Bir oy ichida 100 dan ziyod murojaatlarni ijobiy hal etgan
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi 23 yoshli kadastr xodimi haqida mazkur lavha.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Geoinnovatsiya

⭐️Кадастр агентлиги "Геоинновация маркази" давлат унитар корхонаси мутахассислари 🇨🇳Хитой Халқ Республикасининг LONGi корхонаси билан 600 киловатт қуёш панеллари етказиб бериш бўйича шартнома имзолади.

Мазкур LONGi Hi-MO5 550w қуёш панелларининг ўзига хос хусусияти шундаки, у икки томонлама қувватланувчи Монокристалл панел ҳисобланиб, тўғридан-тўғри қуёш нури тушмаган ҳолатда, шунингдек булутли кунда ҳам ёруғликни ўзида ишлай олади.

Батафсил бу ерда ўқинг👇
https://uza.uz/uz/posts/hitoyning-longi-korxonasi-mamlakatimizga-600-kilovatt-quyosh-panellari-etkazib-beradi_457363

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Lalmi yerlarni xususiylashtirish uchun qanday harakatlar amalga oshiriladi?

✍️ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasining "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi 15.11.2021 yildagi 728-son qonuniga muvofiq, lalmi yerlarni xususiylashtirish mumkin emas. Ulardan faqat qishloq xo‘jaligi maqsadlarida ijara huquqlari asosida foydalanish mumkin.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️

◼️ Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari ishtirokida Sergeli tumanida aholining kadastrga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabul bo‘lib o‘tgan edi.

▶️ Mazkur sayyor qabul haqida "Toshkent" telekanalining "Poytaxt" informatsion dasturi orqali batafsil ma'lumot berildi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi test savollarini taqdim etadi:

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun kadastr pasporti qancha muddatda tayyorlab beriladi?
Anonymous Quiz
74%
3 ish kuni mobaynida
3%
4 ish kuni mobaynida
15%
5 ish kuni mobaynida
8%
2 ish kuni mobaynida