DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Turar joyim 2017-yil davlat ro'yxatidan o'tgan. Yer mulkimda hozirgi kungacha hech qanday o'zgarish bo'lmagan. Lekin men huddi shu uy-joyimga qaytadan ko'chirma olmoqchi bo'lsam xizmat uchun yana pul to'lashim kerak bo'ladimi?

✍️ JAVOB: Murojaatingizga ko'ra, yer mulkingizda hech qanday o'zgarish bo'lmaganligi hisobga olinadigan bo'lsa, ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr pasporti mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar mavjud bo‘lmaganda, kadastr pasporti yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda hamda fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qaroriga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Auksion savdolariga taqdim etilgan yerlar ▫️

🔹 "E-auksion" platformasiga dehqonchilik uchun
94 mingdan ortiq yerlarni
elektron tanlovda ishtirok etib 30 yilga ijaraga oling!

▪️ Andijon viloyatidan 18310 ta (ko'rish)
▪️ Buxoro viloyatidan 9761 ta (ko'rish)
▪️ Jizzax viloyatidan 4003 ta (ko'rish)
▪️ Qashqadaryo viloyatidan 9500 ta (ko'rish)
▪️ Navoiy viloyatidan 2878 ta (ko'rish)
▪️ Namangan viloyatidan 14298 ta (ko'rish)
▪️ Samarqand viloyatidan 3386 ta (ko'rish)
▪️ Surxondaryo viloyatidan 1292 ta (ko'rish)
▪️ Sirdaryo viloyatidan 3421 ta (ko'rish)
▪️ Toshkent viloyatidan 9178 ta (ko'rish)
▪️ Farg'ona viloyatidan 8543 ta (ko'rish)
▪️ Xorazm viloyatidan 8427 ta (ko'rish)
▪️ Qoraqalpog'iston Respublikasidan 1870 ta (ko'rish)

▫️Tanlovda qatnashish tartibini o'rganish (video)

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
🌀O‘zbekistonda mulkdor ayollar soni🌀

🌟 Davlat kadastrlari palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2023-yil 1-yanvar holatiga jami jismoniy shaxslar nomidagi obyektlar soni 7 872 939 tani tashkil etadi.

👩🏻‍⚖️ 👜 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p mulkdor ayollari bo‘lgan hudud poytaxtimiz Toshkent shahri hisobiga to'g'ri kelmoqda. Keyingi o'rinlarda Toshkent va Farg'ona viloyatlari, so'nggida esa Sirdaryo viloyatini ko'rishimiz mumkin.

🤵🏼‍♂️💼 Avvalroq DKP axborot xizmati tomonidan 30 yoshgacha bo'lgan yosh mulkdorlar haqida ma'lumot berilgan edi.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident

Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона вилояти Қўштепа туманига ташриф буюриб, “Global textile infinity” кластерининг тўқимачилик корхонаси билан танишди ҳамда водий вилоятларида пахта-тўқимачилик саноатини ривожлантириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.
Президент Шавкат Мирзиёев Қувасой шаҳридаги “Art soft ceramics” корхонаси фаолияти билан танишди.
Президент Қўштепа туманида ишга туширилган йирик тўқимачилик фабрикаси билан танишди, жамоа билан суҳбатлашди.
Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона шаҳридаги “Meridian” тиббиёт марказида яратилган шароитлар билан танишди.
Президент Шавкат Мирзиёев Марғилон шаҳридаги “Олтин ипак карвонсаройи” туристик марказини бориб кўрди.
Давлатимиз раҳбари Фарғона шаҳрида замонавий тиббиёт марказига ташриф буюрди.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⌛️KECHA VA BUGUN

🇺🇿 Buxoro viloyati

🌍Buxoro viloyati hududi:
▫️tarix:
4 193 705 gektar
◾️bugun: 4 183 054 gektar

📋 Nomlanishi:
▫️tarix:
Buxoro amirligi, Buxoro XSSR
◾️bugun: Buxoro viloyati

🏘 Mahallalar soni:
▫️tarix:
450 ta MFY
◾️bugun: 544 ta MFY

📊 Aholisi:
▫️tarix: 1 mln 200 ming kishiga yaqin
◾️bugun: 2 mln 100 ming kishidan ortiq

#DavKadastrPalata #kecha_va_bugun #Buxoro

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiya - jamiyatning baxtli kelajagiga to‘siqdir▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boyicha profilaktik tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

◼️Ushbu uchrashuvlardan korrupsiya illati inson umri va faoliyatining zavoli ekanligi, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning ayanchli holatlariga toqnash kelmaslik uchun halollik hamda xushyorlik bilan faoliyat yuritishga chorlash maqsadlari ko'zlangan.

◼️Mazkur hafta ushbu mavzudagi davra suhbatlari Xorazm va Jizzax viloyati hududiy boshqarmalarida tashkil qilindi.


#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Samarqand viloyati Payariq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Ahmadjon Suyunov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 9-fevral, soat 10:00 dan

⬇️ Manzil: Samarqand viloyati, Payariq tumani, Cho‘lpon ko‘chasi, 17-sonli musiqa maktabi binosining faollar zali

📱Qabulga yozilish uchun +998-93-331-89-55 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Murojaatlar tahlili🔹

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 27- yanvar-3-fevral jami 1 137 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 21
▫️Andijon viloyati - 30
▫️Buxoro viloyati - 28
▫️Samarqand viloyati - 99
▫️Sirdaryo viloyati - 38
▫️Surxondaryo viloyati - 178
▫️Qashqadaryo viloyati - 74
▫️Toshkent shahar - 113
▫️Toshkent viloyati - 168
▫️Navoiy viloyati - 21
▫️Namangan viloyati - 61
▫️Xorazm viloyati - 111
▫️Jizzax viloyati - 61
▫️ Farg‘ona viloyati - 103
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 12

Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident

🔹Президент Шавкат Мирзиёевнинг Наманган вилоятига ташрифи Давлатобод туманидаги «Fazman tekstil» корхонасидан бошланди.
🔹Президент Шавкат Мирзиёев Наманган шаҳридаги “Баркамол авлод” кичик саноат ва тадбиркорлик зонасида бўлди.
🔹Президент Шавкат Мирзиёев Наманган шаҳрида тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказди.
🔹Президент Шавкат Мирзиёев Давлатобод туманидаги кутубхонада ёшлар билан учрашув ўтказди.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⌛️ “Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 30-yanvar-05-fevral kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Navoiy viloyati Tomdi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Ravshan Nishonov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 10-fevral, soat 11:00 dan

⬇️ Manzil: Navoiy viloyati, Tomdi tumani, Yangi Tomdi qo'rg'oni Madaniyat markazi binosining faollar zali

📱 Qabulga yozilish uchun +998-79-224-27-38 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

⚜️ Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.02.2023 yildagi 50-son qarori bilan Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

◼️ Nizomga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlari hamda tog‘-kon va boshqa sanoat korxonalariga ajratilgan yerlar – yer degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda uning oldini olish jarayonlarini monitoring qilish obyekti hisoblanadi.

◼️ Yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish tadbirlariga oid ma’lumotlar “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ning elektron xaritasiga (qatlamlar va atributlar asosida) muntazam onlayn tarzda kiritib boriladi.

◼️ Monitoring hamda tuproq tadqiqoti natijalariga ko‘ra yer maydonlari degradatsiyasi darajasi quyidagicha baholanadi:

- yerning tuzilishi buzilmagan;
- antropogen ta’sirda buzilgan;
- degradatsiyaga uchramagan;
- kuchsiz degradatsiyalangan;
- o‘rta degradatsiyalangan;
- kuchli degradatsiyalangan;
- o‘ta kuchli degradatsiyalangan.

◼️ Monitoring natijalariga ko‘ra o‘rganilgan hududda degradatsiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma loyihasi ishlab chiqiladi.

◼️ Majburiy ko‘rsatma 3 ish kunida tegishli mas’ul vazirlik va idoralar yoki sanoat korxonalariga ijro uchun yuboriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹DKPning jamoatchilik bilan aloqalari🔹

🌟 Jamoatchilik bilan aloqalar har bir sohada yangilanish, o‘zgarishlarga yetaklovchi yo‘l sanaladi. Shu sabab har bir tanqidiy, tahliliy fikrlarga to‘g‘ri yondashgan holda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy appatati hamda hududiy boshqarmalarining axborot xizmatlari ularni o‘rganib, zaruriy choralarni ko‘rishda davom etadi.

◾️ Toshkent viloyati, Qibray tumanida tadbirkorning sarsongarchiligi yuzasidan berilgan maqola bo'yicha rasmiy munosabat bildirilgan va komissiya хulosasiga ko'ra "Kadastrdan ijobiy yechim" berilgan.

◾️Xorazm viloyati, Xonqa tumanida ijtimoiy soha obyektidagi muammoli masala boyicha bildirilgan rasmiy munosabat.

◾️ Andijon viloyati boshqarmasiga "Fuqarolik sudiga davo arizasi kiritilishi taʼminlandimi?" sarlavhasi ostidagi bildirilgan maqola yuzasidan rasmiy munosabat.

◾️ Andijon viloyati, Baliqchi tumanidagi noqonuniy qurilish yuzasidan bildirilgan rasmiy munosabat.

◾️ Toshkent o'rdasi, Anhor kanali bo'yida qurilayotgan inshoot yuzasidan bildirilgan rasmiy munosabat.

◾️Namangan viloyati, Uychi tumanidagi o'rganish talab etadigan videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

◾️Toshkent shahri, Yangihayot tumanida ko'p qavatli uylar o'rtasida o'zboshimchalik bilan qurilish boshlangani yuzasidan rasmiy munosabat.

◾️Toshkent shahar, Chilonzor tumanida fuqaro murojaati yuzasidan bildirilgan rasmiy munosabat.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #axborot_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM