DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Xo'jaobod tumanida sayyor qabul▪️

🔹Kuni kecha Andijon viloyatining Xo'jaobod tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inamov ishtirokidagi aholi murojaatlarini tinglash maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda ko'pgina masalalar ko'rib chiqildi.

🔹 Uchrashuvda eng avvalo rais o'rinbosari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta’kidlangan eng muhim iqtiboslar alohida yetkazildi.

🔹 X
o'jaobod tumanida istiqomat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr bilan bog'liq masalalari o'rganib chiqilar ekan, unda murojaatlarning aksariyat qismiga huquqiy tushunchalar berildi. Ijobiy hal etilgan murojaat egalari tizim xodimlaridan minnatdor bo'lishdi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy yangilik▪️

⚜️Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. (
ro‘yxat raqami 3403, 19.12.2022 y.)

⚜️ Mazkur Nizom vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan, 3 oydan ortiq muddat davomida foydalanilmasdan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini (bundan ijtimoiy soha obyektlari mustasno) ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarish tartibini belgilaydi.

◼️ Ijaraga beruvchi tomonidan obyektlarni aniqlash maqsadida doimiy ravishda xatlov o‘tkaziladi.

◼️ Xatlov davomida aniqlangan obyekt 1 ish kuni ichida axborot tizimiga kiritiladi.

◼️ Ijaraga beruvchi obyekt haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida obyektning balansda saqlovchisiga ogohlantirish xati yuboradi.

◼️ Unda balansda saqlovchi tomonidan obyektdan 3 oy muddatda samarali foydalanilishi hamda bu haqda ijaraga beruvchiga ma’lumot taqdim etilishi, shuningdek ushbu talabga rioya qilinmagan taqdirda, obyekt belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng ijaraga berish yoki sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi ko‘rsatiladi.

◼️ Obyektni sotish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risidagi qaror quyidagilar tomonidan qabul qilinadi:

◾️ binolari va inshootlarining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrgacha bo‘lgan va strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan obyektlar bo‘yicha – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari;

◾️ binolari va inshootlarining umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, ammo 5000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lmagan va strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan obyektlar bo‘yicha – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari;

◾️ binolari va inshootlarining umumiy maydoni 5 000 kvadrat metrdan ortiq va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar bo‘yicha – Prezident, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Korrupsiyani birgalikda yengamiz⚜️

🔷 Ish faoliyati davomida xodimlar orasida o'z vazifasiga vijdonan yondashuv, korrupsiya va poraxo'rlik singari jinoyatlarning oldini olish hamda ularning huquqiy oqibatlari haqida tushuncha berish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarma Komplaens nazorati xizmati mutasaddilari tomonidan muntazam targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.

🔹 Shu mavzudagi davra suhbatlari mazkur hafta quyidagi hududiy boshqarmalarda tashkil etildi:

⚡️Toshkent viloyati
⚡️Surxondaryo viloyati
⚡️Qashqadaryo viloyati
⚡️Xorazm viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
▪️22-dekabr – Energetika xodimlari kuni!▪️

⚡️Energetika xodimlarining kasb faoliyati va istiqboldagi rejalariga muvaffaqiyat doimo hamroh bo‘lsin!

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍Kadastrda sarhisob👍

🌟Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar xususida boshqarma va bo’limlari ishtirokidagi “Kadastrda sarhisob”ning turkum ma’lumotlarini taqdim etamiz.

📁 Davlat kadastrlari palatasi Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida boshqarma boshlig'i Sohib Komilov ma’lumot berdi.

#DavKadastrPalata #yilnoma #tahlil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

👍 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 14-21 dekabrga qadar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📁 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 11 473 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон-Қозоғистон саммити якунида икки томонлама ҳужжатларни имзолаш ва алмашиш маросими бўлиб ўтди.

По итогам узбекско-казахстанского саммита состоялась церемония подписания и обмена двусторонними документами.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

💰“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.)

♻️ Kadastr yig'majildini shakllantirish uchun ushbular asos bo'ladi👆

▫️Qonun haqida batafsil👈

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟣Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti🟣

🪩 Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 14-21 dekabr kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 1 266 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

👍 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣DIQQAT E’LON!📣

🌟Davlat kadastrlari palatasi ushbu bilan quyidagilarni ma’lum qiladi.

▶️ Kadastr xizmatlariga integratsiya qilingan bankning xabar qilishicha, kadastr xizmatlariga aloqador MUNIS (banklararo universal tarmoqli axborot tizimi) dasturi orqali amalga oshiriladigan bank operatsiyalari 2022-yilning 25-dekabridan 2023-yilning 5-yanvariga qadar vaqtincha faoliyat ko‘rsatmaydi. Ya’ni notarial tartibda rasmiylashtirilgan bitimlarga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan to‘lovlarni aynan notarial idoralar orqali yoki PAYME elektron dasturi orqali amalga oshirishning imkoni cheklanadi.

Shu munosabat bilan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat arizalari hamda to‘lovlarni VAQTINCHALIK Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi.

▪️Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM