DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.2K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.27K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🔹Kadastr pasportini shakllantirish muddati qanday?🔹

◽️ Ko'chmas mulk obyekti bo'yicha kadastr pasportini rasmiylashtirish va uni olish muddatlari to'g'risida Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Burxon Baxtiyorovich Minasipov O‘zbekiston milliy axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lumot berdi.

▫️ Batafsil ma'lumot mazkur havolada: https://uza.uz/oz/posts/kadastr-pasportini-qancha-vaqtda-rasmiylashtirish-mumkin_419798

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#huquqiy_targibot #kadastr #2022

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-sonli qaror ijrosini mazmun-mohiyatini va ahamiyati bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

➡️ Seminarni Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi xodimi Sobitov Islomjon Ilxomjon o‘g‘li olib bordi.

💬 O'tkazilgan seminarda agentlik xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #matbuot_anjumani

🟢Bugun 👍Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida "Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan joriy yil 9 oyi davomida sohada amalga oshirilgan ishlar hamda poytaxt hududidagi yerlarning o‘zboshimcha o‘zlashtirilish holatlari" mavzusidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

📝 Matbuot anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 71-sonli Qaror ijrosi yuzasidan jami 634 ta (150,01 ga) 🗺 bo‘sh yer maydonlarini auksion orqali realizatsiya qilish maqsadida vakolatli tashkilotlar muhokamasiga kiritilgan.

🗣Bugungi kunda mazkur yer uchastkalarining:

395 tasi (94,12 ga, boshlang‘ich narxi 462,86 mlrd. so‘m) elektron auksion savdo maydonchasiga chiqarilgan.

🗣2022 yilning 9 oyi davomida auksion orqali:

umumiy maydoni 31,20 ga bo‘lgan 183 ta yer uchastkalari 203,28 mlrd. so‘mga sotilgan;
hozirda savdoda umumiy maydoni 62,92 ga bo‘lgan 212 ta yer uchastkasi mavjud bo‘lib, ularning boshlang‘ich narxi 332,47 mlrd.so‘mni tashkil etadi.

Bugungi kunda Toshkent shahrining umumiy yer maydoni
43 465,7 gektarni, mahallalar soni 579 tani, ko‘chmas mulklar soni jami 767 797 (+35 161) tani tashkil etmoqda.

🗣 Bular:

☑️ Noturar joylar – 52 846 (+5 625) ta;
☑️ Yakka tartibdagi turar joylar – 195 028 (+17 709) ta;
☑️ Kvartiralar – 519 923 (+ 11 827) ta;
☑️ Yer uchastkalari – 2 339 (-161) ta;
☑️ Ko‘p qavatli uylar – 10 989 (+17) ta.

➡️ 2022 yil 9 oy mobaynida boshqarma va tuman bo‘limlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 7 763 ta murojaat kelib tushgan, ularning 3757 tasi (48 %) qanoatlantirilgan, 3046 tasiga (39 %) tushuntirish berilgan.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 24-28 oktabr kunlarida jami 1 657 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 61
▫️Andijon viloyati - 70
▫️Buxoro viloyati - 105
▫️Samarqand viloyati - 28
▫️Sirdaryo viloyati - 47
▫️Surxondaryo viloyati - 166
▫️Qashqadaryo viloyati - 153
▫️Toshkent shahar - 172
▫️Toshkent viloyati - 379
▫️Navoiy viloyati - 35
▫️Namangan viloyati - 114
▫️Xorazm viloyati - 107
▫️Jizzax viloyati - 92
▫️ Farg‘ona viloyati - 85
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 43

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▫️Chiroqchida sayyor qabul▫️ ⚡️ Ayni dam, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Ahmadjon Suyunov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda. 💠 Uchrashuvga yig‘ilgan Chiroqchi…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹OAV biz haqimizda🔹

⚪️ Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.Suyunov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilgandi.

⚪️ Uchrashuvga yig‘ilgan Chiroqchi tumani fuqarolari masalalari qay tartibda ko‘rib chiqilgani hususida «Nasaf TV» telekanalining “Xabarlar” informatsion dasturi xabar beradi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Jahon banki missiyasi Buxoroda▫️

«Koʻchmas mulkni roʻyxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish» investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Jahon banki missiyasi Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalariga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida missiya a’zolari yer uchastkalari va koʻchmas mulk obyektlarini roʻyxatga olish, kadastr pasportini shakllantirish jarayonlarida bevosita ishtirok etib, Davlat xizmatlari markazida bo‘ldilar.

Shuningdek, Jahon banki missiyasi vakillari ishtirokida Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Investitsiya va tashqi savdo hamda Qurilish vazirliklarining hududiy boshqarmalari ma’sullari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

#DavKadastrPalata #Jahon_banki #xalqaro_hamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹OAV biz haqimizda🔹

💠 Kuni kecha Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida 2022 yil 9 oylik yakunlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

💠 Mazkur uchrashuv tashqi OAV tomonidan keng yoritildi. Xususan, "UzReport" telekanalining "Yangiliklar" dasturida Matbuot anjmumaniga bag‘ishlangan maxsus lavha efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
XORIJDA KADASTR TIZIMI

🌐 Yerni ro'yxatdan o'tkazish Yevropa Assotsiatsiyasi (ELRA - The European Land Registry Association) — xalqaro notijoriy tashkilot hisoblanadi.

🔳 2004-yilning oktabr oyida Yerni ro'yxatdan o'tkazuvchi bir guruh tashkilotlar Yevropa Ittifoqi davlatlaridagi yer reyestri tashkilotlari manfaatlarini himoya qilish maqsadida alohida uyushma yaratish vaqti keldi, degan qarorga kelishdi. Bu tashabbus sobiq Adliya va Ichki ishlar komissari janob Antonio Vitorino tomonidan qo'llab-quvvatlandi.
Avvaliga unga 12ta davlat a'zo bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunda 22ta a'zo davlatlardan ro'yxatdan o'tkazuvchi jami 31ta vakil tashkilot faoliyat olib boradi. Bu ko'rsatkich o'sishda davom etmoqda.

🔳 Tashkilotni tuzishdan maqsad — yer reyestri ma’lumotlarining ochiqligi va shaffofligini oshirish hamda transchegaraviy hujjatlarni rasmiylashtirishni osonlashtirishdan iborat.

🔳 Tashkilotda joriy etilgan yerni ro'yxatga olish tizimlarini tartibga soluvchi qoidalar har bir mamlakatdagi mulk va ko'chmas mulk huquqlarini tartibga soluvchi qonunlar bilan chambarchas bog'liq. Mazkur qonunlar har bir tizimning an'analariga asoslanadi, shuning uchun Yevropa shartnomalarida "Hamjamiyat qonuni har bir davlatdagi mulk tizimi ustidan xulosa berish huquqini nazarda tutmaydi" deb belgilab qo'yilgan.

🔳 Tashkilot missiyasi — fuqarolarga xizmat ko'rsatadigan va ularning huquqlarini himoya qiladigan ochiq va xavfsiz Yevropa qurish, mulkni ro'yxatdan o'tkazuvchi tashkilotlar o'rtasida o'zaro hamjihatlik va hamkorlikni ta'minlashdan iborat.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕑 “Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 24-30 oktabr kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹DXMdagi xizmatlarimiz🔹

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
▫️ D
avlat xizmatlari markazi;
▫️YIDXP – my.gov.uz orqali.

🔸Xizmatdan foydalanuvchilar:
▫️Yuridik va jismoniy shaxslar

🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
▫️
375 000 so'm (BHMning 1,25 baravari)
▫️Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹1-noyabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?🔹

▪️ Davlat kadastrlari palatasi 1-noyabrdan qonunchilikdagi ro'y beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

✔️Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi.

✔️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati kengaytiriladi.

✔️Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar axborot tizimida ro‘yxatga olinadi.

✔️Sirdaryo viloyatida nikoh tuzish va nikohdan ajratish bo‘yicha arizalarni davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi.

✔️Tibbiyot muassasalaridagi vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralari ko‘riladi.

✔️Eksportchilarga soliq bazasini kamaytirish imtiyozi umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar qo‘llanadi.

✔️Intellektual mulk huquqlarini buzganlarga huquqiy ta’sir choralari maxsus portal orqali amalga oshiriladi.

✔️Mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

✔️Sinov tariqasida fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha maxsus planshet orqali ro‘yxatga olish boshlanadi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Onlayn savdo ishtirokchilari 1 mln.dan ortdi ▫️

📧 "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali 2017-yildan buyon onlayn savdolarni o'tkazib kelinmoqda. Platformaga qiziquvchilar soni yildan yilga ortib bormoqda.

💠 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Respublika bo'yicha mingdan oshiq yerlar har hafta auksion savdolariga chiqarilishi uchun taqdim qilib kelinmoqda.

📊 2017-yilda 2 834 nafar, 2018-yilda 20 871 nafar, 2019-yilda 41 026 nafar, 2020-yilda 104 488 nafar, 2021-yilda 107 140 nafar ishtirokchi onlayn auksion va elektron tanlovlarda ishtirok etdi. Joriy yilning 10 oyida savdolarda 1 028 312 nafar ishtirokchi qatnashgani "E-auksion" platformasi orqali mulk sotib olishga qiziqishning ortganini tasdiqlaydi.

📰 Qayd etish kerakki, 2022-yilda platforma orqali boshlang'ich narxi 2,7 trln so'mlik 428046 ta mulk va mulkiy huquqlar 4,1 trln so'mga realizatsiya qilindi.

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube