DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.2K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.27K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🔹Hududlarda sayyor qabullar🔹

◾️ Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan aholi murojaatlarini o'rganish maqsadida hududlarda sayyor qabullar tashkil etish tizimli yo'lga qo'yilgan.

▫️Xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari boshchiligida sayyor qabul o'tkazilgan edi.

▫️Xuddi shunday sayyor qabullar joriy hafta Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar hamda Navoiy viloyati boshqarmalarida bo'lib o'tdi. Unda fuqarolarga ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish masalalarida huquqiy tushuncha berilib, ular tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar ijrosi bo'yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

⚡️Ayni dam, reja jadvalga asosan Kadastr agentligi mutasaddilari ishtirokidagi sayyor qabul Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumanida o'tkazilmoqda.

#DavKadastrPalata #info #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🔹Matbuot anjumani🔹

⚡️ ⚡️ O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining matbuot anjumani boshlandi.

Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorining mazmun-mohiyati.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Youtube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.
👉 https://youtu.be/os-PzqB65BY

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹Kadastr atamalari🔹

🔷 Kadastr raqami
— yer uchastkasi, bino, inshootga tegishli O'zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir. U qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida foydalanishi davomida saqlanib qolinadi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️1 km.kv. maydonga necha kishi to‘g‘ri keladi?▫️

🔘 2022 yilning 1 oktabr holatiga O‘zbekistonda 1 km.kv. yer maydoniga o‘rtacha 79,8 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

🔘 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 oktabr holatiga O‘zbekistonda aholi soni 35,8 mln. kishini tashkil qilmoqda.
Shundan ayollar soni – 17,8 mln. kishi, erkaklar soni – 18,0 mln. kishi.

🔘Aholining 18,2 mln nafari shaharlarda, 17,6 mln nafari qishloqlarda yashaydi.

#DavKadastrPalata #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹Kadastr pasportini shakllantirish muddati qanday?🔹

◽️ Ko'chmas mulk obyekti bo'yicha kadastr pasportini rasmiylashtirish va uni olish muddatlari to'g'risida Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Burxon Baxtiyorovich Minasipov O‘zbekiston milliy axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lumot berdi.

▫️ Batafsil ma'lumot mazkur havolada: https://uza.uz/oz/posts/kadastr-pasportini-qancha-vaqtda-rasmiylashtirish-mumkin_419798

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#huquqiy_targibot #kadastr #2022

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-sonli qaror ijrosini mazmun-mohiyatini va ahamiyati bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

➡️ Seminarni Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi xodimi Sobitov Islomjon Ilxomjon o‘g‘li olib bordi.

💬 O'tkazilgan seminarda agentlik xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #matbuot_anjumani

🟢Bugun 👍Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida "Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan joriy yil 9 oyi davomida sohada amalga oshirilgan ishlar hamda poytaxt hududidagi yerlarning o‘zboshimcha o‘zlashtirilish holatlari" mavzusidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

📝 Matbuot anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 71-sonli Qaror ijrosi yuzasidan jami 634 ta (150,01 ga) 🗺 bo‘sh yer maydonlarini auksion orqali realizatsiya qilish maqsadida vakolatli tashkilotlar muhokamasiga kiritilgan.

🗣Bugungi kunda mazkur yer uchastkalarining:

395 tasi (94,12 ga, boshlang‘ich narxi 462,86 mlrd. so‘m) elektron auksion savdo maydonchasiga chiqarilgan.

🗣2022 yilning 9 oyi davomida auksion orqali:

umumiy maydoni 31,20 ga bo‘lgan 183 ta yer uchastkalari 203,28 mlrd. so‘mga sotilgan;
hozirda savdoda umumiy maydoni 62,92 ga bo‘lgan 212 ta yer uchastkasi mavjud bo‘lib, ularning boshlang‘ich narxi 332,47 mlrd.so‘mni tashkil etadi.

Bugungi kunda Toshkent shahrining umumiy yer maydoni
43 465,7 gektarni, mahallalar soni 579 tani, ko‘chmas mulklar soni jami 767 797 (+35 161) tani tashkil etmoqda.

🗣 Bular:

☑️ Noturar joylar – 52 846 (+5 625) ta;
☑️ Yakka tartibdagi turar joylar – 195 028 (+17 709) ta;
☑️ Kvartiralar – 519 923 (+ 11 827) ta;
☑️ Yer uchastkalari – 2 339 (-161) ta;
☑️ Ko‘p qavatli uylar – 10 989 (+17) ta.

➡️ 2022 yil 9 oy mobaynida boshqarma va tuman bo‘limlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 7 763 ta murojaat kelib tushgan, ularning 3757 tasi (48 %) qanoatlantirilgan, 3046 tasiga (39 %) tushuntirish berilgan.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 24-28 oktabr kunlarida jami 1 657 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 61
▫️Andijon viloyati - 70
▫️Buxoro viloyati - 105
▫️Samarqand viloyati - 28
▫️Sirdaryo viloyati - 47
▫️Surxondaryo viloyati - 166
▫️Qashqadaryo viloyati - 153
▫️Toshkent shahar - 172
▫️Toshkent viloyati - 379
▫️Navoiy viloyati - 35
▫️Namangan viloyati - 114
▫️Xorazm viloyati - 107
▫️Jizzax viloyati - 92
▫️ Farg‘ona viloyati - 85
◽️Davlat kadastrlari palatasi - 43

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▫️Chiroqchida sayyor qabul▫️ ⚡️ Ayni dam, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Ahmadjon Suyunov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda. 💠 Uchrashuvga yig‘ilgan Chiroqchi…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹OAV biz haqimizda🔹

⚪️ Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari A.Suyunov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilgandi.

⚪️ Uchrashuvga yig‘ilgan Chiroqchi tumani fuqarolari masalalari qay tartibda ko‘rib chiqilgani hususida «Nasaf TV» telekanalining “Xabarlar” informatsion dasturi xabar beradi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Jahon banki missiyasi Buxoroda▫️

«Koʻchmas mulkni roʻyxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish» investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Jahon banki missiyasi Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalariga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida missiya a’zolari yer uchastkalari va koʻchmas mulk obyektlarini roʻyxatga olish, kadastr pasportini shakllantirish jarayonlarida bevosita ishtirok etib, Davlat xizmatlari markazida bo‘ldilar.

Shuningdek, Jahon banki missiyasi vakillari ishtirokida Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Investitsiya va tashqi savdo hamda Qurilish vazirliklarining hududiy boshqarmalari ma’sullari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

#DavKadastrPalata #Jahon_banki #xalqaro_hamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹OAV biz haqimizda🔹

💠 Kuni kecha Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida 2022 yil 9 oylik yakunlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

💠 Mazkur uchrashuv tashqi OAV tomonidan keng yoritildi. Xususan, "UzReport" telekanalining "Yangiliklar" dasturida Matbuot anjmumaniga bag‘ishlangan maxsus lavha efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube