DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🟢#Kadastr #sayyor_qabul

⚡️Ayni damda Samarqand shahrida Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Mirmaksudov Mirsaid Sadikovich boshchiligida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur qabulga fuqarolar Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolar bo‘yicha murojaat qilishmoqda.

Sayyor qabul natijalari bo‘yicha batafsil yana maʼlumot beriladi.

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Chiroqchida sayyor qabul▫️

⚡️ Ayni dam, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Ahmadjon Suyunov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

💠 Uchrashuvga yig‘ilgan Chiroqchi tumani fuqaro hamda tadbirkorlarining kadastrga oid masalalari tizim mutaxassislari tomonidan birma-bir o'rganilmoqda.

▫️Sayyor qabul natijalari haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#брифинг

☑️ 2023-2025 йилларда Ўзбекистон ҳудудида Миллий координаталар тизими жорий этилади

Бу ҳақда бугун АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов маълум қилди:

〰️〰️〰️
Президент қарори билан 2023-2026 йилларда Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги органлари ва ташкилотлари фаолиятининг асосий прогноз кўрсаткичлари тасдиқланди:

🔘 25 млн 169 минг гектар ер участкаларини ўлчаш ва уларнинг электрон хариталарини яратиш;

🔘 8 млн 200 мингдан ортиқ бино ва иншоотларни ўлчаш ва уларнинг электрон базасини яратиш;

🔘 9 370 та маҳалла чегараларини белгилаш;

🔘 111 та тумандаги ер ресурсларини хатловдан ўтказиш;

🔘 1 665 та маъмурий-ҳудудий бирликлар чегараларини белгилаш кабилар шулар жумласидан.

🛰 Карор билан, шунингдек, фазовий маълумотлар соҳасида қабул қилинадиган стандартлар рўйхати ҳам тасдиқланди.

2023 йил 1 январдан бошлаб Кадастр агентлигининг ҳудудий бўлимлари, Давлат кадастрлари палатаси ҳудудий бошқармалари ва туман (шаҳар) филиалларининг қонуний фаолиятига маҳаллий давлат ҳокимияти органлари томонидан аралашиш ёки таъсир ўтказиш қатъий тақиқланади.

Қарор билан қуйидаги ишларни бажариш белгиланди:

🔸Геодезия ва картография соҳасида қўлланиладиган ўлчаш воситаларини қиёслаш ва калибрлаш ишларини ташкил этиш;

🔸2023-2025 йилларда Ўзбекистон ҳудудида Миллий координаталар тизимини жорий этиш; Давлат координаталар тизимидан (СК-42) Бутунжаҳон координаталар тизимига (WGS-84) ўтиш параметрларини ишлаб чиқиш.

📄 Батафсил
〰️〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Rasmiy munosabat▫️

⚡️IJTIMOIY TARMOQLARDA AYLANAYOTGAN "10400 AQSH DOLLARI" HAQIDA ANIQROQ

Bugun kunning ikkinchi yarmida deyarli barcha ijtimoiy tarmoq kanallarida "Kadastr muhandisi 10.400 AQSh dollari bilan ushlandi" degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Aslida 10400 Aqsh dollarini kim olgan?

Demak, joriy yil 21 oktabr kuni fuqaro Sh.Ya. Toshkent viloyat IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida "Ibroxim" ismli shaxs Yangiyo‘l tumani Xalqobod maxallasi hududidagi “U.Yusupov” nomli agrofirmaga qarashli 32 sotix yer maydonini jami 29.000 AQSh dollariga sotishligini va ushbu yer maydonini Yangiyo‘l tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 2.400 AQSh dollari berish kerakligini, shundan "avans" sifatida oldindan kadastr xodimi 400 AQSh dollari va yer maydoni egasi "Ibroxim" ismli shaxs 10.000 AQSh dollari talab qilishayotganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Ibroxim" deya aytilayoigan fuqaro I.A kelishilgan summadan "avans" sifatida 10.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida, kadastr muhandisi esa 400 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Lekin, ijtimoiy tarmoq sahifalar sarlavhalarida esa "kadastr muhandisi" iborasi birinchi planga qo‘yilib, 10.400 AQSh dollari olganligiga urg‘u berilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq egalaridan har bir ma’lumotni yaxshi o‘rgangan holda omma e’tiboriga havola etishlarini so‘rardik, zero birgina yuzaki o‘rganilgan xabar ortidan nafaqat bir insonning balki butun bir tashkilotning nomi qoralanayotganini anglash lozim.

📌 Biz bu rasmiy munosabat orqali xodim tomonidan qilingan noqonuniy harakatni oqlamoqchi emasmiz, aksincha qonun ustuvorligi ta’minlanishi tarafdorimiz. OAVlar va blogerlardan esa ma’lumotni noto‘g‘ri tarqatmasliklarini so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Қашқадарё вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам социально-экономического развития Кашкадарьинской области.

#Mirziyoyev #videoselektor #Qashqadaryo #hisobot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔹DXMdagi xizmatlarimiz🔹

⚜️ Ko'chmas mulk obektining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti🔹

📧
Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 18-25 oktabr kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 1 134 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Jahon banki loyihasi▫️

🔹 “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasiga ko‘ra Jahon banki missiyasining tashrif dasturi bo‘yicha bugun mehmonlar Davlat kadastrlari palatasida bo‘lishdi.

🔹Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari M.Mirmaqsudov, Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari N. Inamov va Iqtisodiy tahlil va strategik rivojlantirish boshqarmasi, Milliy geoaxborot tizimini muvofiqlashtirish va davlat kadastrlari boshqarmasi hamda bir necha boshqarmalarning rahbarlari, tizim mutasaddilari ishtirok etayotgan bugungi uchrashuvda Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishning integratsiyalashtirilgan axborot tizimini sinovdan o‘tkazish, joriy etish, mavjud muammoli masalalar va ishlarni takomillashtirish bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqdilar.

🔹Shuningdek, hamkor mehmonlar palata binosida joylashgan ma’lumotlar markazini ham ko‘zdan kechirdilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Yangi Davr | Kadastr tizimidagi o'zgarishlar

🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM