DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
📧SAVOL: Tadbirkorlarga berilgan yerlarni xususiylashtirish qanday tartibda amalga oshiriladi?

🧾JAVOB: Quyidagi yerlar xususiylashtirilishi mumkin:
- yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;
- fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar (ilgari YaTTlarning xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan);
- xususiylashtiriladigan davlat obyektlari joylashgan yerlar;
- bo‘sh turgan yerlar.

Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:
▫️umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;
▫️yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Hududlardagi xatlov jarayonlari▫️

🔹 Davlat kadastrlari palatasining joylarda olib borayotgan xatlov jarayonlari, undagi mutaxassislarimiz tomonidan amalga oshirilayotgan taqqoslash va o‘lchov ishlari yuzasidan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bermoqda:

▫️Telegram
▫️stat.uz

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Davlat kadastrlari palatasi o‘z telegram kanalida berilgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan test savollarini taqdim etadi.

2022-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, Respublika bo‘yicha mulkdor ayollari eng ko‘p hisoblanadigan hudud qaysi?
Anonymous Quiz
15%
Sirdaryo viloyati
21%
Farg‘ona viloyati
20%
Toshkent viloyati
43%
Toshkent shahri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI videopasporti

🏢Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati - 8 ta boshqarma 19 ta bo‘limdan tashkil topgan.

🇺🇿Respublika bo‘yicha 14 ta hududda boshqarma va 203 ta filial, shundan 174 ta tuman hamda 29 ta shahar filiallarini o‘z ichiga oladi.

🏙Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari:
🔹 Toshkent shahar
🔹 Toshkent viloyati
🔹 Jizzax viloyati
🔹 Qoraqalpog'iston Respublikasi
🔹 Qashqadaryo viloyati
🔹 Namangan viloyati
🔹 Samarqand viloyati
🔹 Surxondaryo viloyati
🔹 Farg'ona viloyati
🔹 Andijon viloyati
🔹 Buxoro viloyati
🔹 Navoiy viloyati
🔹 Xorazm viloyati
🔹 Sirdaryo viloyati

☎️Murojaatlar uchun: +99871 207 00 03 yagona aloqa markazi;
📱@Dkpuz_boti telegram boti doimo faoliyatda.

📍DKP Markaziy apparati: Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasi 28 uyda joylashgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Ijara shartnomasi bir tomonlama bekor qilinmaydi▫️

Uy-joy ijara shartnomasi bir tomonlama o‘zgartirilmaydi va bekor qilinmaydi

🔘 Ayni kunlarda uy-joy ijarasi orqali ko‘proq daromad olish maqsadida avval ijaraga berilgan kvartiralardan ijarachilarni majburlab chiqarib yuborish yoki asossiz ravishda narxni oshirish holati kuzatilmoqda. Bulardan holi bo‘lish uchun o‘z huquqlaringizni bilib oling!

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Bunda shartnoma soliq organlarida davlat hisobiga qo‘yilishi kerak.
Shartnomani davlat hisobiga qo‘yish ijara.soliq.uz portali orqali bepul amalga oshiriladi.
Ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilangina bekor qilinishi mumkin.
Ijara shartnomasini ijaraga beruvchining talabi bilan bekor qilish muayyan asoslarga ko‘ra faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🟢 Ayni damda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida Kadastr agentligi tomonidan Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (МИИГАиК) bilan birgalikda “Hududlarni rivojlantirish uchun geofazoviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar” (Лучшие практики применения геопространственных технологий для развития территорий) mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o'z ishini boshladi.

🔰 Mazkur seminardan ko'zlangan maqsad Geofazoviy texnologiyalarni qo‘llash sohasida ilg‘or tajribalardan foydalanish va axborot almashish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanning o‘tkazilishi bilan davlatlarimiz o‘rtasida soha bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash hamda Kadastr agentligi, davlat kadastrlarini yuritishga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar mutaxassislari hamda oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqarishda va sohada kadrlar tayyorlash jarayonlarida yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishida amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Ayollarning ijtimoiy faolligi🔹

⚪️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ozchilikni tashkil etsa-da, tizimda ayollarga e’tibor alohida ekanligini e’tirof etish muhim.

⚪️ O‘tgan hafta 7-8 oktabr kunlari hududiy boshqarmalarning Oila va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raislari uchun uyushtirilgan seminar trening yuqori saviyada tashkil etilganligi so‘zimiz isbotidir.

⚪️ Shuningdek, mazkur tadbir tashqi OAVlari nigohida alohida talqin etildi:

▫️Uza.uz
▫️O‘zbekiston Yozuvchilar
▫️Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▪️Hududlarda matbuot anjumani▪️

🔷 Davlat kadastrlari palatasi
ning hududiy boshqarmalari tomonidan 2022-yilning o'tgan 9 oyi mobaynida sohada amalga oshirilgan ishlar va yangiliklar yuzasidan OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokida matbuot anjumanlari o'tkazib kelinmoqda.

◽️Shu mavzudagi matbuot anjumani bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Farg'ona viloyati boshqarmasida bo'lib o'tdi.

▫️Navbatdagi matbuot anjumanlari 14-oktabr kuni Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilishi rejalashtirilgan.


#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида маҳаллаларни обод қилиш ва аҳолини ўйлантираётган масалаларни ҳал этиш бўйича устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по приоритетным задачам благоустройства махаллей и решения волнующих население вопросов.

#Mirziyoyev #videoselektor #mahalla #Yashilmakon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔹Kadastr atamalari🔹

🔷 Chegarani delimitatsiya qilish – qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi davlat chegarasining umumiy holati va yoʻnalishini muzokaralar yoʻli bilan aniqlash.
Delimitatsiya toʻgʻrisidagi farmonlar odatda tinchlik shartnomalari yoki davlat chegaralarini belgilash yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi maxsus bitimlarning ajralmas qismi hisoblanadi.

Demarkatsiya - ajratish chizig'ini chizish; chegaralarni aniqlash.

🔷 Delimitatsiya materiallari chegarani aniqlashning keyingi bosqichi - uni yerga chizish (demarkatsiya) uchun asos bo'lib xizmat qiladi. "Delimitatsiya" atamasi ko'pincha Xalqaro kosmik huquqda qo'llaniladi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
🔹Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti🔹

📧
Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 3-10- oktabr kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 726 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

Fuqarolar
talab va taklifidan kelib chiqqan holda "E-AUKSION" platformasining iOS va Andorid platformalari uchun yangilangan mobil ilovalari ham ishga tushirilgan
.

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube