DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.9K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.32K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Aholi murojaatlari bilan ishlash▫️

🔘Tizimda aholi murojaatlari bilan ishlash yo’nalishini tubdan takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan Davlat kadastrlari palatasining chora tadbirlar dasturi”ga ko‘ra, bugun mazkur yo‘nalish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan soha xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

🔘Respublikamizning hududiy boshqarmalaridagi soha muthassislari ham Zoom platformasi orqali jalb qilingan mazkur uchrashuvda aholi murojaatlari bilan ishlashda ahamiyatli jihatlar, jarayonda yuzaga kelayotgan muammolarning yechimi hususida fikrlar tinglandi.

#DavKadastrPalata #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diqqat-e'lon🔊

DAVLAT KADASTRLARI PALATASINING
MATBUOT ANJUMANI

🗓 27-iyul kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: "Yer hisobini raqamli iqtisodiyotga joriy etish jarayonlari".

💠 Ishtirok etadi: Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari

💠 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

📹 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Murojaatlar soni ortgan▫️

📨 Aholi murojaatlari bilan ishlashning yangicha va qulay usullari tadbiq etilayotgani sayin murojaatlar soni ham ortayotgani tabiiy hol. Yaratilayotgan qulay muloqot shakli esa tashkilotning fuqarolar uchun yanada ochiqligini ko'rsatadi.

📞 🤖 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida murojaatlarni qabul qilishning yozma va og‘zaki shakllaridan tashqari – yagona aloqa markazi (71 207 00 03), hamda telegramm-bott (@Dkpuz_boti) orqali ham murojaat qilishga imkoniyat yaratilgan.

📊 Buning natijasida aholi murojaatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan bir necha barobarga oshganini mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

🟦 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 14 -19 iyul kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 802 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Hududlarda sayyor qabullar🔹

🔷Inson qadri va manfaatlari har narsadan ustun. Shu boisdan sohada aholi murojaatlarini tinglash maqsadida ommaviy sayyor qabullar muntazam ravishda ochiq muloqot tarzida olib borilmoqda.

⚜️Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmasi Yangiobod tumani filialida sayyor qabul bo'lib o'tdi. Unda yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr sohasida yuzaga kelayotgan muammolari tinglanib, atroflicha o'rganildi.

⚜️Murojaatlarni tinglash maqsadida yana bir sayyor qabul Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida o'tkazildi.

⚜️Xorazm viloyati Urganch tumanida bo'lib o'tgan sayyor qabulda esa boshqarma boshliqlari tomonidan murojaatchilarga kadastr sohasida qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgarishlar va sohadagi yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

#DavKadastrPalata #info #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▪️Kadastrga oid xizmatlar▪️

Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish tartibi:

▫️ Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etadi yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tadi;

▫️So‘rovnoma to‘ldirilib, unga bino va inshoot fasadining elektron ko‘rinishdagi eskiz loyihasi ilova qilinadi;

▫️Tuman (shahar) qurilish bo‘limlariga bino va inshootning devorlari rejasi, kesimi, fasad va kadastr pasporti nusxasi elektron shaklda yuboriladi;

▫️Vakolatli organ 5 ish kuni mobaynida joyiga borib bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish imkoniyatini o‘rganib chiqadi;

▫️Bino va inshoot tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishib bergan kunning o‘zida kelishilgan loyiha eskizi elektron shaklda DXMga yoki ariza beruvchiga YaIDXP orqali yuboriladi.

🗓Xizmatni ko‘rsatish muddati: 5 ish kunida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI videopasporti
🏢Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati - 8 ta boshqarma 19 ta bo‘limdan tashkil topgan.

🇺🇿Respublika bo‘yicha 14 ta hududda boshqarma va 203 ta filial, shundan 174 ta tuman hamda 29 ta shahar filiallarini o‘z ichiga oladi.

🏙Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari:
1. Toshkent shahar
2. Toshkent viloyati
3. Jizzax viloyati
4. Qoraqalpog'iston Respublikasi
5. Qashqadaryo viloyati
6. Namangan viloyati
7. Samarqand viloyati
8. Surxondaryo viloyati
9. Farg'ona viloyati
10. Andijon viloyati
11. Buxoro viloyati
12. Navoiy viloyati
13. Xorazm viloyati
14. Sirdaryo viloyati

☎️Murojaatlar uchun: +99871 207 00 03 yagona aloqa markazi;
📱@Dkpuz_boti telegram boti doimo faoliyatda.

📍DKP Markaziy apparati: Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasi 28 uyda joylashgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Bosh qomus muhokamasi🔹

🇺🇿 Xabaringiz bor, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati 1 avgustgacha uzaytirilgan. Xozirda ushbu umumhalq muhokamasi qizg‘in davom etmoqda.

🔰 Fuqarolar va jamoatchilik tomonidan 21 iyul holatiga ko‘ra taqdim etilgan takliflar yuzasidan ma’lumotlar ushbu infografikada.

📰 Muhokamada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring:

▫️https://www.meningkonstitutsiyam.uz
▫️Qisqa raqam: 1341

#DavKadastrPalata #konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy savodxonlik oyligi▫️

▪️ Bugun, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati xodimlari uchun “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida huquqiy dars soati tashkil etildi.

▪️ Unda yuridik bo'lim mutaxassisi tomonidan tashkilotda faoliyat yurituvchi xodimlarning ichki mehnat tartib-qoidalari, mehnat shartnomasi, uni tuzish, o'zgartirish va bekor qilish masalalari bo'yicha yig'ilganlarga atroflicha tushuntirish berildi.

🔘 Oylik doirasida Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida ham shu kabi uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bugun, ulardan biri Andijon viloyati boshqarmasida o'tkazildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_dars

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Чўлпонотада Марказий Осиё давлат раҳбарларининг Маслаҳат учрашувида нутқ сўзлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев выступил на Консультативной встрече глав государств Центральной Азии в Чулпан-Ате.

#Mirziyoyev #sammit #Maslahatuchrashuvi #nutq

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter