DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Tashkilotning tashkiliy - huquqiy shakli ▫️

🔘 Xabaringiz bor, har hafta, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati xodimlari uchun huquqiy bilimlar soatlari tashkil qilinmoqda.

🔘 Bugun o'tkazilgan navbatdagi yig‘ilish Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizomning mazmun-mohiyati, Palataning tashkiliy-huquqiy shakli, uning tizim tashkilotlari faoliyati, asosiy vazifa va funksiyalari tahliliga bag‘ishlandi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

⚡️Ayni damda Kadastr agentligi va Jahon banki missiyasi o’rtasida “Ko’chmas mulkni ro’yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasi doirasida komponentlar ijrosi yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tmoqda.

🔰Uchrashuv kun tartibidan “Kadastr va ro‘yxatga olishning yagona axborot tizimi-Uzkad”, sohaga doir so’nggi qabul qilingan qonunchilikdagi o’zgarishlar, aerosuratga olish jarayonining amalga oshirilganlik darajasi va boshqa masalalar o’rin olgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 27 may - 03 iyun kunlarida jami 1 776 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 22
▫️Andijon viloyati - 127
▫️Buxoro viloyati - 75
▫️Samarqand viloyati - 26
▫️Sirdaryo viloyati - 37
▫️Surxondaryo viloyati - 255
▫️Qashqadaryo viloyati - 120
▫️Toshkent shahar - 228
▫️Toshkent viloyati - 360
▫️Navoiy viloyati - 8
▫️Namangan viloyati - 132
▫️Xorazm viloyati - 149
▫️Jizzax viloyati - 116
▫️ Farg‘ona viloyati - 116
◽️Davlat kadastrlari palatasi -5

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiya - taraqqiyot dushmani!▪️

💠 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy matbuot xizmatlari korrupsiyani oldini olishga qaratilgan choralar qatorida huquqiy bilim beruvch, mulohazaga chorlovchi ijod namunalarini yaratishda davom etmoqda.

🎞Tadbirkorlikning asosi halollikka qurilsa u bardavom bo‘ladi!

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔸5-iyun - Butunjahon atrof muhit kuni!🔸

🌴Mazkur kun 1972 yil 5 iyunda Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Stokgolmda o‘tkazilgan konferensiyaning rezolyusiyasiga asosan qabul qilindi. 1974 yildan boshlab esa eng dolzarb ekologik masalalarni hal etish uchun hukumat, biznes-tuzilma hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan va birlashtirgan holda keng tashkil etib kelinadi.

🌿Mamlakatimiz bioxilma-xilligi boy bo‘lib, hozirgi kunda umumiy holda 13 000 ga yaqin turdagi o‘simlik dunyosi ob’ektlari mavjud.

🐾Respublikamiz hayvonot dunyosining taxminiy soni 16 000 dan ortiq turni tashkil etadi.

#DavKadastrPalata #atrof_muhit_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Xorijda yer munosabatlari⚜️

🔰 Zamon shiddat bilan imdamlar ekan, sohada ham yangiliklar qilish, islohotlarda sobitqadam bo‘lish davr talabiga aylanmoqda. Bilimni oshirish bilan bir qatorda dunyoqarashni kengaytirish, xorij tajribalarini o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi.

🔰 Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmatining yangi loyihasi bo‘lgan “Xorijda yer munosabatlari”ning ilk ma’lumotida, dunyoga mashhur bo‘lgan Bill Geytsning qishloq xo'jaligi yerlariga nima uchun ko'p sarmoya kiritishi haqida so‘z boradi.

#DavKadastrPalata #xorijda_yer_munosabatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕑Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 30-may - 05 iyun kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Muhofazadagi tabiiy hududlar▫️

Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

Mazkur maʼlumotda siz, Muhofaza zonalarining joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Hududiy yangiliklar▫️

◻️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarni malakasini oshirish maqsadida 2022-yilning o'tgan 5 oyi mobaynida 37 nafar xodimlarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi Farg'ona filialida hamda Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tashkillashtirilgan malaka oshirish kurslarida ishtirok etishdi.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Tizimdagi yo‘nalishlar tahlili▫️

🔷 Bugun, Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida Palata raisi M.Valiyev boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Zoom platformasi orqali respublikamizning barcha hududlaridan ishtirok etgan boshqarma va filial rahbarlari bilan kun tartibidagi bir qancha masalalar ko‘rib chiqildi.

🔷 Yig‘ilishda dastavval, tizimdagi ijro intizomi, xodimlarning faoliyatdagi mas’uliyati, ishga mos ko'rinishda kiyinish va odob-ahloq qoidalariga rioya etish masalalari tahlil etildi.

🔷 Shuningdek:
▫️UzKAD dasturida suv obyektlarini hisobga olish jarayonlari;
▫️Bo‘sh yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish va ko‘chmas mulk ob’ektlarini xususiylashtirishga kelgan murojaatlar tahlili;
▫️korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan qilingan ishlar hisoboti va takliflar tinglandi.

#DavKadastrPalata #yo_nalishlar_tahlili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▫️Rasmiy munosabat▫️ 26 may 2022 yilda ijtimoiy tarmoqlarda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimidagi xodimlar nomidan yozilgan aprel oyi oylik maoshi berilmayotgani to‘g‘risidagi murojaatnoma bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi…
▫️Rasmiy munosabat▫️

◻️Ijtimoiy tarmoqlardagi Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimidagi xodimlar nomidan yozilgan aprel oyi oylik maoshi berilmayotgani to‘g‘risidagi murojaatnoma bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan ishchi guruh ajratilib, o‘rganish ishlari olib borilayotgani haqida ma’lumot bergandik.

Ishchi guruh tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayib ketganligi, tartib intizom buzilganligi va ijro intizomining izdan chiqqanligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:
Boshqarma ma’sullari tomonidan boshqarmaning moliyaviy holatini o‘rganmasdan ustama va moddiy yordam hamda rag‘batlantirishlar notug‘ri hisoblanganligi;

Zahira yer maydonlari uchun to‘lovlar undirilmaganligi;

Shuningdek, boshqarmaning xarajatlari moliyaviy ahvoliga qaramasdan daromadlar qismidan oshib ketganligi aniqlandi.

Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining tushum va xarajatlarini noto‘g‘ri hisoblanishi va taqsimlanishi sabab xodimlarda tushunmovchilik va e’tiroz yuzaga kelgan.
Yuqoridagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bundan tashqari Farg‘ona viloyatiga yangi tayinlangan boshqarma boshlig‘i R. Mirzaxmedovga boshqarma ish faoliyatining samaradorligi va tartib intizomini yo‘lga qo‘yish uchun muddat belgilandi.

◻️Alohida ta’kidlash kerak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2021 yildagi 66- son qaroriga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari alohida yuridik xo‘jalik sub’ekti hisoblanib, xodimlarning oylik maoshlari to‘lanadigan mablag‘lar Palata Markaziy apparati tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmagan. Tasdiqlangan daromad-xarajat smetasiga asosan hududiy boshqarma xodimlarining oylik maoshlari har oyda amalda oladigan daromadlari hisobidan qoplanishi belgilangan.

Ana shularni nazarda tutgan holda, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hududiy boshqarmalarining ko‘rsatkichlari yuzasidan doimiy o‘rganish va nazorat ishlarini olib boradi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Davlat kadastrlari palatasi o‘z telegram kanalida berilgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan test savollarini taqdim etadi.

Hududi bo’yicha respublikadagi eng katta viloyat?
Anonymous Quiz
19%
Toshkent viloyati
10%
Qashqadaryo viloyati
6%
Buxoro viloyati
66%
Navoiy viloyati