DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🗓 05.04.2022
🌙Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 4 kuni

☀️Saharlik vaqti – 04:41
🌛Iftorlik vaqti – 18:54

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Yurtimiz sarhadlari▫️

🌐 Andijon viloyati va uning shahar va tumanlari hududi qancha?

Andijon viloyati — 4,30 ming kv,km
2 ta
-Shahar va 14ta - tumandan iborat.

1. Oltinko‘l tumani - 0,22 ming kv,km.
2. Andijon tumani - 0,37 ming kv,km.
3. Asaka tumani - 0,28 ming kv,km.
4. Baliqchi tumani - 0,34 ming kv,km.
5. Bo‘ston tumani - 0,20 ming kv,km.
6. Buloqboshi tumani - 0,19 ming kv,km.
7. Jalaquduq tumani - 0,37 ming kv,km.
8. Izboskan tumani - 0,28 ming kv,km.
9. Qo‘rg‘ontepa tumani - 0,46 ming kv,km.
10. Marhamat tumani - 0,31 ming kv,km.
11. Paxtaobod tumani - 0,26 ming kv,km.
12. Ulug‘nor tumani - 0,36 ming kv,km.
13. Xo‘jaobod tumani - 0,23 ming kv,km.
14. Shaxrixon tumani - 0,33 ming kv,km.
15. Andijon shahar - 0,07 ming kv,km.
16. Xonobod shahar - 0,04 ming kv,km.
▫️Hokim yordamchilari yerlarni auksionga chiqarishga buyurtma bera oladi ▫️

◻️“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–168-son, 18.03.2022 y.) qabul qilindi.

◻️Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 apreldan mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan bo‘sh turgan davlat ob’ekti yoki yerlar aniqlanib:
🔹 2 000 kvadrat metrgacha ob’ektlar – hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksionga chiqariladi;

🔹 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar – “Yerelektron” tizimi orqali yuborilgan onlayn-buyurtmanoma 3 kunda tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqiladi va ijobiy xulosa bo‘lganda, 2 haftada onlayn-auksionga chiqariladi;

🔹 Vazirlik va idoralar, hokimliklarning, 3 oydan ko‘p foydalanilmasdan bo‘sh turgan ob’ektlar ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi.

📌 Qaror bilan ommaviy savdolar orqali sotiladigan 1501 ta ko‘chmas mulk ob’ektlari ro‘yxati tasdiqlandi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Ko‘chmas mulk ijara shartnomasi faqat elektron shaklda hisobga qo‘yiladi▫️

✍️ Hukumat qarori (150-son, 02.04.2022-y.) bilan Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

🔰 Reglamentga ko‘ra, ijaraga beruvchi ko‘chmas mulk shartnomasini tuzilganidan 3 kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qo‘yishi shart.

#DavKadastrPalata #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Hududiy yangiliklar▫️

Fuqarolarning murojaatlarini joyida, bevosita o'rganish maqsadida muntazam sayyor qabullar, fuqarolar bilan jonli muloqotlar tashkil etilmoqda.

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida Zarbdor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul - joriy yilning 7-aprel kuni soat 10-00 da o'tkazilishini ma'lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Халқ таълими соҳасидаги ислоҳотлар натижадорлигининг таҳлили юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Мактаб ўқитувчиларини янги методика асосида қайта тайёрлаш бўйича умуммиллий лойиҳа бошланиши эълон қилинди. Мактабларда маънавий муҳитни тубдан яхшилаш бўйича янги концепция ишлаб чиқиш вазифаси қўйилди. Ўқувчи сони кўп бўлган мактабларда шароитни кенгайтириш, директорларни сертификатлаш тизимини жорий этиш бўйича кўрсатмалар берилди.

Состоялось видеоселекторное совещание, посвященное анализу результативности реформ в народном образовании.
Объявлено о старте общенационального проекта по переподготовке школьных учителей на основе новых методик. Поставлена задача разработать новую концепцию кардинального улучшения духовной обстановки в школах. Дано указание расширить условия в школах с большим количеством учащихся, ввести систему сертификации директоров.

#Mirziyoyev #videoselektor #xalqtalimi #islohotlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🗓 06.04.2022
🌙Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 5-kuni

☀️Saharlik vaqti – 04:37
🌛Iftorlik vaqti – 18:56

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🔹Fazoviy ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi 🔹

💠 Fazoviy ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi — tashkiliy tuzilma, ilmiy-texnika siyosati, texnik va dasturiy vositalar, bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlar, metama’lumotlar hamda metama’lumotlar bazalarini, fazoviy ma’lumotlar servislarini, normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, xalqaro standartlarni o‘z ichiga oladi.

💠 Milliy Infratuzilma O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi mumkin bo‘lgan fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqish, yangilash, ularga ishlov berish, ularni saqlash, berish, integratsiyalash hamda ulardan foydalanish masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlarini o‘z ichiga oladigan tizimdir.


#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
💠Davlat kadastrlari palatasi boshqarmalari💠

🔷 Loyihamiz orqali har bir viloyatlardagi boshqarmalarimiz va ularning filiallari haqida to‘liq ma’lumotlarni taqdim etishda davom etamiz!

📹 Navbatdagi ma’lumot Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi haqida...

#DavKadastrPalata #Surxondaryo #boshqarmalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

🔰Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 55 ta texnik loyiha hamda 36 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

♦️Geodeziya va kartografiya materiallarni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun yil boshidan 18 ta ruxsatnoma rasmiylashtirilib, 4 011 ta kartografik materiallar Davlat geodeziya va kartografiya fondi orqali foydalanuvchilarga taqdim etilishi ta’minlangan.

♦️Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 45 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Hududiy yangiliklar▫️

Farg'ona viloyatida boshqarmasi tomonidan kadastr sohasidagi ishlar tahliliga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🗓 07.04.2022
🌙Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 6-kuni

☀️Saharlik vaqti – 04:37
🌛Iftorlik vaqti – 18:56

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
⚜️Sohaga doir huquqiy ma'lumot⚜️

🔰 Yer servituti - O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qo‘shni bo‘lgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

🔰 Servitut - o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish, yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish, elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish, ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish, qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish, ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa ob’ektlar barpo etish maqsadlarida belgilanishi mumkin.


#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiya - taraqqiyot dushmani!▪️

💠 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy matbuot xizmatlari korrupsiyani oldini olishga qaratilgan choralar qatorida mulohazaga chorlovchi ijod namunalarini yaratishda davom etmoqda.

🎞 "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" nomli videorolikini Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati tayyorlagan.

#DavKadastrPalata #hududlar #korrupsiyaga_qarshi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube