DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga olish▫️

💠 Shu kunlarda 14 302 ta yer maydonlari ochiq tanlovlarga chiqarilgan bo'lib, unda ishtirok etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

📎 Andijon viloyatidan 2787 ta (ko'rish)
📎 Buxoro viloyatidan 812 ta (ko'rish)
📎 Jizzax viloyatidan 1395 ta (ko'rish)
📎 Qashqadaryo viloyatidan 1244 ta (ko'rish)
📎 Navoiy viloyatidan 472 ta (ko'rish)
📎 Namangan viloyatidan 1886 ta (ko'rish)
📎 Samarqand viloyatidan 651 ta (ko'rish)
📎 Surxondaryo viloyatidan 910 ta (ko'rish)
📎 Sirdaryo viloyatidan 639 ta (ko'rish)
📎 Toshkent viloyatidan 849 ta (ko'rish)
📎 Farg'ona viloyatidan 791 ta (ko'rish)
📎 Xorazm viloyatidan 814 ta (ko'rish)
📎 Qoraqalpog'iston Respublikasidan 1052 ta (ko'rish)

💠 Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarilmoqda, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

#DavKadastrPalata #ijara #yerlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Mol-mulk solig‘i▫️

◻️Soliq kodeksiga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan boshlab mol-mulk solig‘i hisoblanishi 1 kvadrat metr uchun mutlaq qiymatda belgilangan eng kam qiymatni (soliq solinadigan baza sifatida) hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

◻️Hududiy moliya va soliq organlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlariga kamaytiruvchi koeffitsientlarni yanada kengroq qo‘llash yuzasidan takliflar kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

◻️Shuningdek, suv haydash minoralari, rezervuarlar, soyabonlar, beton maydonchalar va devorlar (bordyurlar) hamda boshqa shunga o‘xshash ob’ektlar bo‘yicha soliq bazasini 2021 yildagi tartibga o‘xshash aniqlash tartibi saqlab qolinadi.

#DavKadastrPalata #soliq #mol_mulk

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
​​#Kadastr #RASMIY_MUNOSABAT

Bugun soat 10:21 da O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy telegram kanalida “Andijon tumanida fuqaroga kadastr hujjatlarini tayyorlab bermoqchi bo‘lgan mutaxassis ushlandi” mavzusi bilan post eʼlon qilindi.

Mazkur postda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” agentligi Andijon tuman filiali mutaxassisi B.Q. fuqaro M.ning yashash xonadonining kadastr hujjatlarini tayyorlab, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali qaror chiqartirib berish evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani va holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytilgan.

Mazkur xabarda “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” agentligi Andijon tuman filiali mutaxassisi deb keltirilgan B.Q. aslida 2020-yil 25-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 99-moddasi 1-qismi (taraflarning kelishuviga ko‘ra) ishdan bo‘shagan bo‘lib, bugunga qadar Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib bormagan va qonunan u soha xodimi hisoblanmaydi.

Har qanday axborot shiddat bilan tarqalayotgan davrda to‘g‘ri, xolis va har tomonlama tekshirilgan axborotni ommaga taqdim etish barchamizning masʼuliyatimiz hisoblanadi. Noto‘g‘ri axborot jamiyatni davlat idoralariga bo‘lgan ishonchsizligiga olib kelishi mumkin. Shu o‘rinda Kadastr agentligi hamkorlikka doim tayyor ekanligini maʼlum qilamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев “Ҳиндистон – Марказий Осиё” биринчи саммитида иштирок этди.
Минтақа мамлакатлари ва Ҳиндистон ўртасидаги анъанавий яқин ва дўстона алоқаларни янада мустаҳкамлаш, кўп қиррали ҳамкорликни кенгайтириш истиқболлари кўриб чиқилди. Халқаро сиёсатнинг долзарб масалалари юзасидан фикр алмашилди.
Давлатимиз раҳбари ҳамкорликни илгари суришнинг стратегик устувор йўналишларини белгилаб, аниқ таклифларни илгари сурди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял участие в первом саммите «Индия – Центральная Азия».
Рассмотрены перспективы дальнейшего укрепления традиционно тесных и дружественных связей, расширения многопланового сотрудничества между странами региона и Индией. Состоялся обмен мнениями по актуальным вопросам международной политики.
Глава нашего государства определил стратегические приоритеты и выдвинул конкретные предложения по продвижению сотрудничества.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Hindiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
📧SAVOL: Qo‘shnimni xovlisini ham sotib olgandim. Bitta xovli qilish niyatim bor. Shunda ikkita yonma yon hovlini bitta uy qilish uchun qanday yo‘l tutsak bo‘ladi?

🧾JAVOB:
Ikkata yonma-yon yakka tartibdagi turar joy obyektini birlashtirish yoki qayta qurish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son qaroriga bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. Bunda obyektni ruxsatnomasiz qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish taqiqlanadi. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Davlat kadastrlari palatasida ma’rifat soati▫️

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soatida:

🔹Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish masalalari;

🔹Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati);

🔹Shuningdek, O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot berildi.

#DavKadastrPalata #ma_rifat_soati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💠 Davlat kadastrlari palatasi korrupsiyani oldini olishda izchil harakatlarni amalga oshirmoqda.

💠 Bu illatga qarshi asosiy kuch insonning o‘zi ekanligini yaxshi anglagan holda, jiddiy xulosaga undovchi, tarbiyaviy ahamiyatga ega videoroliklar tayyorlashda davom etadi.

🎞Ulardan navbatdagisini Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati matbuot xizmati tayyorlagan.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi #videorolik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🔘"Xalq so'zi" gazetasining bugungi sonida xatlov natijalari.

🔶"Xalq so'zi" ijtimoiy-siyosiy gazetasining bugungi sonida "Andijonning ikki tumanida 82 mingdan ziyod hujjatsiz turar-joylar mavjudligi aniqlandi" nomli maqolasi chop etildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Matbuot anjumani ▫️

🔷Ayni damda, Kadastr agentligining "Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar” mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazilmoqda.

🔷Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🇺🇿Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ko‘tarilgan asosiy masalalar hamda belgilab berilgan vazifalar" mavzusiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu anjumanda Kadastr agentligi Iqtisodiy tahlil va strategik rivojlanish boshqarmasi boshqarma boshlig'i Feruz Sultonov va Metodologiya boshqarmasi bo'lim boshlig'i Bexzod Nishonov 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2022-yildagi rejalar haqida so'zga chiqishdi. Bundan tashqari anjumanda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari xodimlarining savollariga javob berishdi.

Batafsil📹
Мактаб таълимини ривожлантириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Келгуси беш йилда 1 миллион 200 минг ўқувчи ўрни ташкил этиш зарурлиги қайд этилди. Таълим сифатини мутлақо янги босқичга олиб чиқиш бўйича катта ислоҳотлар бошланиши айтилди.
– Умуман, ўқитиш методикаси, дарсликлари, партадан тортиб, биносигача тўлиқ қайта кўриб чиқамиз. Таълимга, муаллимга шароит яратмасак, жамият ўзгармайди, – деди Президент.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития школьного образования.
Подчеркнута важность создания в течение следующих пяти лет 1,2 миллиона ученических мест. Анонсированы крупные реформы по выведению качества образования на совершенно новый уровень.
- Мы полностью пересмотрим методикe обучения, учебники, все - от парты до здания школы. Пока не будут созданы условия для образования, учителей, общество не изменится, - отметил Президент.

#Mirziyoyev #videoselektor #ijtimoiysoha #maktabtalimi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter