DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🔸Onlayn auksion sarhisoblari🔸

▫️- Onlayn auksionlarda yer uchastkalari sotilishi olti oyda 130 milliard so‘m daromad keltirdi.
Yer uchastkalarini onlayn auksionlar orqali sotish va ijaraga berishning joriy etilgani davlat byudjetini to‘ldirishga yordam berdi, dedi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosari Bekzod Usmonov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda.

▫️Uning fikricha, yer munosabatlarini qayta tashkil etish O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq. Usmonov so‘nggi yillarda mamlakatda shaffof yer bozorini tashkil etishga qaratilgan qonunlarga to‘xtalib o‘tgan.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev iyun oyida yerga bo‘lgan huquqni tovar mulkiga aylantirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonun qabul qilinganidan keyin 6 oy davomida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ochiq kimoshdi savdolari orqali sotish bo‘yicha ijobiy tajriba shakllandi.
Olti oy davomida 2 640 ta qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari ijaraga berish huquqi kimoshdi savdolarida sotildi. Ulardan tushgan tushum 130,9 milliard so‘mni tashkil etdi.
Ijaraga berilgan yer uchastkalarining umumiy boshlang‘ich bahosi 45,3
mlrd.so‘mni tashkil etdi. Byudjetga qariyb uch barobar ko‘p mablag‘ tushdi, dedi Usmonov.

▫️Bundan tashqari, noyabr oyida Prezident tomonidan yerlarni xususiylashtirishning yangi tartibi belgilandi. Qonun yerga xususiy mulkchilik, shuningdek, mulkdorlar huquqlarini himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirdi.

▫️Ayni paytda Vazirlar Mahkamasi yer uchastkalarini onlayn tizimlardan foydalangan holda xususiylashtirish tartibini rasmiylashtiradigan qonun loyihasini tayyorlamoqda.
Unga ko‘ra, yer uchastkalarini doimiy yoki umrbod merosxo‘rlikka, shuningdek, vaqtincha foydalanishga xususiylashtirish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali boshqariladigan “Yerxususiylashtirish” avtomatik onlayn tizimi orqali amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik va qurilish uchun bo‘sh yer uchastkalarini sotish yoki ijaraga berish “E-auksion” platformasi orqali tashkil etiladi. Shuningdek, yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalarni sotish ko‘zda tutilgan.

#DavKadastrPalata #auksion #yer_savdosi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▪️Qurilish ishlari statistikasi▪️

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra,
🏗 O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda bajarilgan qurilish ishlari hajmi yillar kesimida ko'rsatib o'tilgan:

▫️2010 yilda – 8,2 trln. so‘m
▫️2011 yilda – 9,5 trln. so‘m
▫️2012 yilda – 11,7 trln. so‘m
▫️2013 yilda – 15,2 trln. so‘m
▫️2014 yilda – 20,1 trln. so‘m
▫️2015 yilda – 25,4 trln. so‘m
▫️2016 yilda – 29,4 trln. so‘m
▫️2017 yilda – 34,7 trln. so‘m
▫️2018 yilda – 51,1 trln. so‘m
▫️2019 yilda – 71,2 trln. so‘m
▫️2020 yilda – 88,1 trln. so‘m
▫️2021 yilning 11 oyida – 95,8 trln. so‘m

#DavKadastrPalata #qurilish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Hududlar bo'yicha eng ko'p Farg'onadan uy-joy olinadimi?!▫️

🏬Ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olishga qaysi hudud aholisida imkoniyatlar yuqori ekanligini spot.uz tahlil qildi.

🔹Respublika boʻyicha ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilishga layoqatli aholi ulushi 26% ni tashkil etmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Toshkent shahri va viloyatlar markazlari kesimidagi oʻrtacha uy-joy narxlari asosida ikkilamchi bozorda uy-joy xarid qilish uchun ipoteka krediti olishga (subsidiyasiz) layoqatli aholi ulushini hisoblab chiqdi.

🔹Uy-joy xarid qilishda ipoteka krediti olishga layoqatli aholi ulushini hisoblashda 62 kv.m maydonli uyni xarid qilishda oila daromadining ipoteka kreditiga yoʻnaltiradigan qismi 50% gacha, kredit muddati 20 yil va boshlangʻich toʻlov badali 30% deb hisoblangan.

Samarqandda (13%),
Namangan (19%) viloyatlari
va Toshkent (15%) shahrida uy-joy narxlarining balandligi tufayli ipoteka asosida uy-joy sotib olishga imkoniyati bor xonadonlar ulushi past.

Joriy narxlarni hisobga olganda
Fargʻona (35%),
Qoraqalpogʻiston (33%)
va Navoiyda (32,9%) ipoteka shartlari asosida uy-joy xarid qilish imkoniyati boshqa hududlarga nisbatan yuqori.

🔹Hisob-kitoblarga koʻra, respublika boʻyicha ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilishga layoqatli aholi ulushi 26% ni tashkil etmoqda.

🔹Umuman olganda, 2021-yil yanvar-noyabr oylarida jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 8 trln soʻmni tashkil etdi. Bunda, yangi tartib asosida ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan resurslar hajmi 3 barobarga oshib, 3,9 trln soʻmga yetdi (2020-yilda 1,3 trln soʻm).

#DavKadastrPalata #uy_joy #ipoteka

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Hududiy yangiliklar▫️

🇺🇿O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston24” telekanali orqali “Maxsus reportaj” tahliliy dasturida kadastr xujjatlari va qayta xatlovdan o'tkazish ishlariga to‘xtalindi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🔹Xususiy mulk asosiy tamoyil🔹

🔷Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida keltirilgan Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirishning 13-maqsadi:

Mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash.

Xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni so‘zsiz ta’minlash.

Xususiy mulk ustuvorligini asosiy tamoyil sifatida belgilash, shu jumladan davlat idorasining rasmiy ma’lumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy etish”dir, deyilgan.

#DavKadastrPalata #hususiy_mulk #taraqqiyot_strategiyasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
💠 Davlat kadastrlari palatasi sizning kadastr sohasi bo‘yicha murojaatlaringizni uzluksiz ravishda qabul qilishda davom etadi.

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

💠Sizning savollaringizga javoblar telegram kanalimizda ham e'lon qilib boriladi!

☝️Botga yo‘llangan murojaatlar Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbariyati nazoratida!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Hurmatli talabgorlar!

🔷 Bugundan, ya’ni - 05.01.2022 yildan boshlab Malaka shahodatnomasini olish uchun arizalar elektron tarzda qabul qilish xizmati - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham ishga tushganini ma’lum qilamiz.

🔷Siz portaldagi o‘z shahsiy kabinetingiz orqali malaka shahodatnomasini olish uchun arizangizni endilikda elektron tarzda ham yuborishingiz mumkin.

🔷Xizmat imkoniyatlari haqida keyinroq Davlat kadastrlari palatasi Kadastr muhandislarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi batafsil ma’lumot beradi.

#DavKadastrPalata #hususiy_sektor #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Auksion savdolariga chiqarilgan yer uchastkalarining yillik hisoboti▫️

🔘 2021 yilda Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

🔘 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'limotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof , ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Hududlarda 2021 yil sarhisobi▫️

🔳 Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida o‘tgan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan boshqarma matbuot xizmati hisobot taqdim etdi.

#DavKadastrPalata #yilnoma #tahlil #hududiy

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Ўзбекистон ва Қозоғистон Президентлари телефон орқали мулоқот қилдилар.
Давлат раҳбарлари Қозоғистондаги вазиятнинг ривожланиши, республикадаги ҳолатни барқарорлаштириш, тез фурсатда тинчлик ва осойишталикни қайта тиклаш борасида кўрилаётган чора-тадбирлар юзасидан фикр алмашдилар.
Ўзбекистон етакчиси Қозоғистоннинг биродар халқи ва раҳбариятини уларнинг мамлакат барқарорлиги ва фаровонлигини таъминлаш йўлидаги саъй-ҳаракатларида доимо қўллаб-қувватлашини яна бир бор тасдиқлади.

Состоялся телефонный разговор между Президентами Узбекистана и Казахстана.
Главы государств обменялись мнениями о развитии ситуации в Казахстане, предпринимаемых мерах по стабилизации обстановки и скорейшему восстановлению мира и спокойствия в республике.
Лидер Узбекистана еще раз подтвердил неизменную поддержку братского народа и руководства Казахстана в их стремлении к обеспечению стабильности и благополучия в стране.

#Mirziyoyev #muloqot #Qozogiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

✔️Yuridik va jismoniy shaxslarning yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi;
✔️qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan soliq stavkasi – 0,95% (Soliq kodeksi 429-modda);
✔️qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i hisobotlarini taqdim etish – joriy soliq davrining 1-mayiga qadar (Soliq kodeksi 431-modda) saqlab qolindi.

🔁Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘ining bazaviy stavkalari o‘rtacha 1,07 baravarga indeksatsiya qilindi.

🏗Geologiya-qidiruv va (yoki) qidiruv ishlari uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i soliq solish obyektidan chiqarib tashlandi.

📑Soliq to‘lovchilarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i bo‘yicha joriy soliq davri uchun soliq hisobotlarini 2022-yil 1-fevralga qadar taqdim etish huquqi berildi. Bunda, ushbu soliqni to‘lash, aylanmadan soliq to‘lovchilar toifasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan yillik summaning 1/12 qismi miqdorida 2022-yilning 1-fevraliga qadar amalga oshiriladi.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Hurmatli talabgorlar! 🔷 Bugundan, ya’ni - 05.01.2022 yildan boshlab Malaka shahodatnomasini olish uchun arizalar elektron tarzda qabul qilish xizmati - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham ishga tushganini ma’lum qilamiz. 🔷Siz portaldagi…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔘 Malaka shahodatnomasini olish uchun arizalar elektron tarzda qabul qilish xizmati - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham ishga tushdi.

🔘Siz portaldagi o‘z shahsiy kabinetingiz orqali malaka shahodatnomasini olish uchun arizangizni endilikda elektron tarzda ham yuborishingiz mumkin.

🔘Ariza yuborilganidan so’ng bo’ladigan jarayonlar haqida Davlat kadastrlari palatasi Kadastr muhandislarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlog’i batafsil ma’lumot beradi.

#DavKadastrPalata #hususiy_sektor #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️O‘zbekiston Respublikasi hududiy strukturasi▫️

💠O’zbekiston Respublikasi - Qoraqalpogʼiston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahridan iborat.

💠Ularning tarkibida 175 ta tumanlar mavjud.

💠Qoraqalpogʼiston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahriga boʼysunuvchi 120 ta shahar mavjud boʼlib, shundan:

▫️ Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar - 9 ta;
▫️ Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar - 24 ta;
▫️ Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar - 87 ta.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🔹Hududlar kesimida 1 kv. kilometrga toʻgʻri keladigan aholi soni🔹

🔷2021–yil 1– yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida 1 kv. kilometr maydonga oʻrtacha 77 nafar aholi toʻgʻri keladi -deya ma'lumot bermoqda Davlat statistika qo'mitasi.

Hududlarda:
▫️Qoraqalpogʻiston R. – 11,5 nafar
▫️Andijon – 741,4 nafar
▫️Buxoro – 48,4 nafar
▫️Jizzax – 66,5 nafar
▫️Qashqadaryo – 116,7 nafar
▫️Navoiy – 9,1 nafar
▫️Namangan – 385,4 nafar
▫️Samarqand – 235,4 nafar
▫️Surxondaryo – 133,4 nafar
▫️Sirdaryo – 201,1 nafar
▫️Toshkent – 195,1 nafar
▫️Fargʻona – 565,1 nafar
▫️Xorazm – 312,9 nafar
▫️Toshkent sh. – 7554,4 nafar
▫️Toshkent shahri – respublikamizning aholisi eng zich joylashgan hudud hisoblanadi!

#DavKadastrPalata #statistika #hudud

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹2021 yilda Davlat ro‘yxatidan o‘tgan🔹

🟦Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2021 yilda ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

🟦Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🟦2021 yil davomida Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan ob'ektlar soni umumiy 871 196 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Kadastrchilar doim g‘olib▫️

🔹Andijon viloyat hokimi tashabbusi bilan Andijon olimpiya zaxiralari kollejida viloyatdagi korxona va tashkilotlar hamda taʼlim muassasalari xodimlari va talabalari o‘rtasida sportning mini-futbol, stol tennisi, arqon tortish va tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha musobaqalari o‘tkazildi.

🔹Mazkur musobaqalarda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi vakillari g‘olib bo‘lishdi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Hududiy yangiliklar▫️

🔷Bugun, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Isakov Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, Respublikamiz rahbari tomonidan 2021 yili 21 dekabrda o‘tkazilgan “Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari”ga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔷Unda, qator mutasaddi tashkilotlar vakillaridan tashqari Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi mutasaddilari ham qatnashib, yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolarni aniqlash, batafsil o‘rganish, natijalarini umumlashtirish hamda ularning qonuniy yechimlarini topish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashishdi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar #Qashqadaryo

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook