DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Tomorqa yer egalariga imtiyozlar▫️

“Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–54-son, 16.12.2021 y.) qabul qilindi.

Tomorqa yer egalariga:

🔘 qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5-10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ixcham issiqxonalar, “dala do‘konlari” qurish, artezian quduqlarini qazish;

🔘 kichik intensiv bog‘dorchilik, limonchilik va uzumchilik;

🔘 poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik uchun kredit ajratiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Президент Шавкат Мирзиёев Сеул шаҳрида Корея Республикасининг етакчи компаниялари ва молиявий тузилмалари раҳбарлари билан учрашув ўтказди.
Учрашувда умумий қиймати 5 миллиард доллардан ортиқ 40 та янги лойиҳани амалга ошириш масалалари муҳокама қилинди.
Президентимиз Корея компаниялари раҳбарларини Ўзбекистонга келиш ва у ерда хорижий инвесторлар учун яратилган қулай шароитлардан фойдаланишга таклиф этди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел в Сеуле встречу с главами ведущих компаний и финансовых структур Республики Корея.
На встрече обсуждены вопросы реализации 40 новых проектов на общую сумму более 5 миллиардов долларов.
Глава государства пригласил руководителей компаний Кореи посетить Узбекистан и воспользоваться благоприятными условиями, которые созданы для иностранных инвесторов.

#Mirziyoyev #tashrif #JanubiyKoreya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️“Zakovat” intellektual o‘yini hududlarda▫️

💠Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridan tuzilgan jamoalar “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.

💠“Zakovat” intellektual o‘yini o'tayotgan haftada quyidagi hududlarda o‘tkazildi:

💤 Namangan viloyati
💤 Toshkent viloyati
💤 Sirdaryo viloyati
💤 Farg'ona viloyati
💤 Andijon viloyati

Bugun esa tizimlardagi Toshkent shahri vakillari jamoalari o'rtasida o'zaro bellashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

⚜️Alohida qayd etish muhimki, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan, Jizzax, Samarqand va Farg'ona viloyatlari intellektual o'yinning final boshqichiga yo'llanma olganlar.

#DavKadastrPalata #zakovat #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▪️DAVLAT KADASTRLAR PALATASI hafta ichida▪️

🔲 Fuqarolarga subsidiya ajratish qayta yo‘lga qo‘yildi
👉Batafsil

🔲 Davlat dasturlari ijrosi nazorat qilinadigan bo‘ldi
👉Batafsil

🔲“O’zbekiston 24” telekanalida Davlat kadastrlari palatasi
👉Batafsil

🔲7-13 dakabr holatiga Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalari
👉Batafsil

🔲Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish
👉Batafsil

🔲Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati raisi boshchiligida tizimdagi boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirokidagi yig‘ilish
👉Batafsil

🔲Navbatdagi malaka imtihonlari o‘tkazildi
👉Batafsil

🔲“Zakovat” intellektual o‘yini hududlarda
👉Batafsil

#DavKadastrPalata #hafta_ichida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🔲O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra Ko'chmas mulk ob'ektlariga manzillar berish, ularni o'zgartirish va mavjudligini bekor qilish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🔘Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 13-17 dekabr kungi holatiga jami 2 075 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 21
▪️Andijon viloyati - 110
▪️Buxoro viloyati - 106
▪️ Samarqand viloyati - 140
▪️Sirdaryo viloyati - 42
▪️Surxondaryo viloyati - 223
▪️Qashqadaryo viloyati - 143
▪️Toshkent shahar - 162
▪️Toshkent viloyati - 479
▪️Navoiy viloyati - 28
▪️Namangan viloyati - 161
▪️Xorazm viloyati - 179
▪️Jizzax viloyati - 211
▪️ Farg‘ona viloyati - 79

🔘 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Komplaens xizmati yig‘ilishi▫️

🔷Davlat kadastlari palatasi komplaens nazorati xizmati tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tizim xodimlari o‘rtasidagi tushuntirish ishlari, uchrashuvlar shular jumlasidandir.

🔷Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari hamda uning tumanlaridagi xodimlari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusiga bag'ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

📹 Tadbir “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida keng yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"ANDIJONDA 120 KUN" ANONSI

⚜️ Asakalik fuqarolar xatlovdan mamnunmi?

⚜️Shahrixonda qancha Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan turar joy ob’ektlari aniqlandi?

⚜️Andijonning Asaka va Shahrixon tumanlarida yalpi xatlov ishlari yakunlanmoqda...

📹
To'liq reportaj tez kunda...

#DavKadastrPalata #anons #xatlov #Andijon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Fazoviy ma’lumotlar nima?▫️

🌐Fazoviy obyektlar to‘g‘risidagi, shu jumladan ularning joylashgan yeri, shakli va muayyan shaklda hamda fazoviy-vaqt koordinatalari tizimlarida taqdim etilgan boshqa xossalari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlardir.

🌐Fazoviy ma’lumotlar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:
▪️ Fazoviy ma’lumotlar sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
▪️ Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek fazoviy ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiradigan shaхslarning fazoviy ma’lumotlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
▪️ Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish;
▪️ Bazaviy fazoviy ma’lumotlarning, ular metama’lumotlarining barcha manfaatdor sub’yektlar uchun ochiqligini va ulardan foydalana olishni ta’minlash;
▪️ Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🔊Hurmatli yurtimiz aholisi!

🔷Davlat kadastrlari palatasi sizning kadastr sohasi bo‘yicha murojaatlaringizni uzluksiz ravishda qabul qilish va javob berib borish maqsadida o‘z telegram botini yaratdi.

👉 @Dkpuz_bot 👈

🔷Barcha savollaringizni mazkur botga yo‘llab, mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

🔷Sizning savollaringizga javoblar telegram kanalimizda ham berib boriladi!

☝️Bundan tashqari, kadastr tizimi xodimlarining xatti-xarakatlaridan norozi bo‘lgan taqdiringizda ham ushbu botga murojaat qilishingiz mumkin.

🔷Botga yo‘llangan murojaatlar Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbariyati nazoratida!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
💠Elektron onlayn auksion - E-AUKSION.UZ savdo portali bugun sizga 31,4 mingdan ortiq yer uchastkalarini ko'rib chiqib, munosibini tanlash uchun imkoniyat beradi.

🔹Qoraqalpog'iston Respublikasidan 2168 ta (ko'rish)
🔹Andijon viloyatidan 2174 ta (ko'rish)
🔹Buxoro viloyatidan 2717 ta (ko'rish)
🔹Jizzax viloyatidan 2959 ta (ko'rish)
🔹Qashqadaryo viloyatidan 3248 ta (ko'rish)
🔹Navoiy viloyatidan 1487 ta (ko'rish)
🔹Namangan viloyatidan 2308 ta (ko'rish)
🔹Samarqand viloyatidan 2783 ta (ko'rish)
🔹Surxondaryo viloyatidan 2898 ta (ko'rish)
🔹Sirdaryo viloyatidan 1288 ta (ko'rish)
🔹Toshkent shahridan 28 ta (ko'rish)
🔹Toshkent viloyatidan 543 ta (ko'rish)
🔹Farg'ona viloyatidan 4276 ta (ko'rish)
🔹Xorazm viloyatidan 2592 ta (ko'rish)

E-AUKSION.UZ - portali orqali yerlarni investitsiya majburiyatisiz sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида ер ҳисоби ва давлат кадастрларини тўлиқ шакллантириш, соҳага рақамли технологияларни жорий этиш масалалари юзасидан кенгайтирилган йиғилиш бошланади.

Кескин танқидий руҳда ўтиши кутилаётган йиғилишда янги ташкил этилган Кадастр агентлиги томонидан ерларни ялпи хатловдан ўтказиш ва электрон рўйхатга олиш ишларининг бориши, хатлов жараёнида аниқланган муаммолар, ер ажратиш ва ҳисобини юритишдаги коррупция ҳолатлари эътибор марказида бўлади.

Скоро при Президенте Шавкате Мирзиёеве начнется расширенное совещание по обеспечению полноты учета земельных ресурсов и формирования государственных кадастров, внедрению в сферу цифровых технологий.

На совещании, которое, как ожидается, пройдет в духе строгой критики, особое внимание будет уделено ходу сплошной инвентаризации и электронной регистрации земель со стороны новообразованного Кадастрового агентства, выявленным в ходе инвентаризации проблемам, а также коррупционным явлениям в сфере выделения и учета земель.
Prezident huzuridagi yig‘ilish boshlandi

Kadastr agentligi joriy yildan boshlab O‘zbekiston tarixida ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlagani va 23 million gektar qishloq yerlarining elektron xaritalari yaratilgani ta’kidlandi.

Shundan, bugungi kunga qadar 22 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, hisobga olinmagan 412 mingta ko‘chmas mulk kadastr bazasiga kiritildi, 478 mingta ob’ektda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bahosi qayta ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, xatlovda ko‘plab muammolar ham aniqlandi.
Misol uchun, elektron hisobga olinayotgan qishloq xo‘jaligi yerlari qog‘oz shaklida yuritib kelingan Yer fondi hisoboti amaliyot bilan farq qilmoqda.

Jumladan, haqiqatda aholi yashash punktiga aylanib ketgan 830 ming gektar maydon boshqa yer toifalarida hisobda turibdi.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Natijalar yer kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos

Yig‘ilishda yo‘l, elektr, gaz ta’minoti, suv xo‘jaligi, obodonlashtirish ob’ektlari, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar kadastrida ham ko‘plab muammolar mavjudligi qayd etildi.

"Bu juda katta va muammoli masala, janob hokim va prokurorlar. Buning orqasida pora va korrupsiya turibdi.

Yuqoridagi natijalar yer kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos. Hali oldimizda qilinadigan ishlar ko‘p.

Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz kelgusi yilda 80 ming gektar paxta va g‘alladan bo‘shagan yerlarni aholiga bo‘lib berishni reja qilganmiz.

Agar yerning hisobi, aniq chegarasi bo‘lmasa, bu ishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi", dedi Prezidentimiz.

Qaerda bo‘sh yer borligi to‘g‘risida ham aniq ma’lumot yo‘qligi, bu bilan 30 yil hech kim shug‘ullanmagani qayd etildi. Oqibatda kadastr hujjati bo‘lmagani bois 2 milliondan ziyod oilalar uy-joylarini na kredit garovi sifatida qo‘ya oladi, na uni sota oladi.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yig‘ilishda mutasaddilarga ishni quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etishga topshiriq berildi:

- kelgusi yil 1 aprelga qadar qishloq xo‘jaligi yerlarini hisobga olish ishlarini yakuniga yetkazish;

- yer balansidagi farq bo‘yicha yer maydonlarining egasi va aniq toifasini belgilab berish;

- 38 mingta sub’ektga tegishli yer ajratish hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 1 million gektar maydonning ijara shartnomalarini rasmiylashtirish;

- yer ajratish to‘g‘risidagi barcha qarorlarni xatlovdan o‘tkazib, ularning egasi, manzili va chegarasini aniq belgilab, kadastr idoralariga berish;

- dehqon xo‘jaliklarini kadastr ro‘yxatidan o‘tkazish ishlariga 20 milliard so‘m ajratish.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |