DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.2K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.28K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
◻️Andijonning Asaka va Shahrixon tumanlariga jalb qilingan kadastr mutaxassislari xududdagi aholi turar joylarni yalpi xatlovdan o‘tkazish borasida katta natajalarga erishmoqdalar.

◻️Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligida markaziy apparat xodimlari mazkur xududning xatlov ishlarida bevosita qatnashib, jarayonni muntazam nazorat qilib borishmoqda.

⬜️Hamjihatlikda bajarilgan xatlovda 23 noyabr kungi xolat bo‘yicha tumanlardagi mavjud 150ta mahallaning 141tasida xatlov ishlari tugatilgan.

Jarayon davom etmoqda...

#DavKadastrPalata #xatlov_ishlari #Asaka_Shahrixon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢Talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini E-ijara interaktiv xizmatida alohida aks ettirish imkoni yaratildi.

🟢Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bazasida shakllanadi.

📹To‘liq ma’lumot “O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” dasturida.

#e_ijara #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish, meva-sabzavotchilik klasterlari va tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

▫️Prezident kuni kecha imzolagan qarorga muvofiq, kelgusi yilda paxta va g‘alladan qisqartiriladigan 80 ming gektar maydonlar aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun 10 sotixdan 1 gektargacha 10 yil muddatga ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali ijaraga beriladi. Bunda asosiy mezon tomorqadan samarali foydalanish va yaratiladigan ish o‘rinlari bo‘ladi.
Ushbu yerlarda dehqonchilik qilish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar ekishga 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha kredit ajratiladi.

▫️Yig‘ilishda har bir yer uchastkasi 2 kunda kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilishi shartligi, aholi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yig‘imlardan ozod qilinishi ta’kidlandi.

▫️Kelgusi yil 1 martga qadar barcha qishloq xo‘jaligi yerlarining kadastr ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi. "Birorta hudud rahbarining bu masalada “o‘yin qilishga” haqqi yo‘q", dedi Prezident.

#Prezident #videoselektr #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik #LX #seminar_trening

Joriy yilning 22-24 noyabr kunlari Koreya Respublikasining Yer, infrastruktura va transport vazirligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda milliy geografik axborot tizimi uchun fazoviy maʼlumotlarni standartlashtirish va ulardan foydalanish” grant loyihasi doirasida Yer va fazoviy maʼlumotlarni axborotlashtirish korporatsiyasi tomonidan “O‘zbekistonda geoaxborot tizimlari maʼlumotlarini standartlashtirish” bo‘yicha Kadastr agentligi hamda davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik-idoralar mutaxassislari uchun seminar trening tashkillashtirildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
⭕️Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

⭕️Mazkur maʼlumotda siz, Konlar, foydali qazilma nishonalari va texnogen hosilalarining joriy yil 1-noyabr holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

📊Infografika№18

#DavKadastrPalata #info #konlar #foydali_qazilmalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat ro‘yxatidan o‘tgan▫️

Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati endilikda hududlar bo‘yicha ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan haftalik ma’lumotlarni yuklab boradi.

Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning yil boshidan hamda o‘tgan hafta davomida ro‘yxatdan o‘tkazilganlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting...

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Joriy yilning so‘nggi oyi – dekabrdan kuchga kiruvchi qonunchilikdagi o‘zgarishlar:

▪️Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting joriy etiladi;

▪️Chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari va xorijiy shaxslarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratiladi;

▪️Ko‘chma savdo ob’ektlari elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

▪️Yetkazib berilgan mahsulot uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi;

▪️Veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi.

#dekabr #huquqiy_asos #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
📊Andijon viloyati Asaka va Shahrixon tumanlari.
Xatlov jarayonlari. 24.11.2021


#DavKadastrPalata #xatlov_ishlari_statistikasi #Asaka_Shahrixon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
🇺🇿Qomusimiz erkin va farovon hayotimiz kafolati!

🇺🇿8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

#Konstitutsiya #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🏙Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🏙Mazkur maʼlumotda siz, Binolar va inshootlarning joriy yil 1 noyabr holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

📊Infografika№17

#DavKadastrPalata #info #binolar_inshootlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
◻️ Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparat xodimlari hamda jarayonga jalb qilingan soha mutaхassislari Andijonning Asaka va Shahrixon tumanlaridagi xatlov ishlarida katta faollik bilan qatnashmoqdalar.

▫️Xatlov natijalarida "Ko‘rsatilgan mezonlarga mos deb" topilgan xonadon egalariga yer va bino-inshootlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish, kadastr xujjatlarini rasmiylashtirishlari lozimligi ko‘rsatilgan ogohlantirish xatlari tarqatib chiqilmoqda.

Jarayon davom etmoqda...

#DavKadastrPalata #xatlov_ishlari #Asaka_Shahrixon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев 28 ноябрь куни Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг ўн бешинчи саммитида иштирок этиш учун ташриф билан Ашхобод шаҳрида бўлади.
Саммитда ташкилот доирасидаги кўп томонлама шерикликни янада кенгайтириш, энг аввало савдо муносабатларини ривожлантириш, минтақанинг транзит салоҳиятини ошириш, “яшил” иқтисодиётни илгари суриш ва инновацияларни жорий қилиш масалалари кўриб чиқилади.
Қатор икки томонлама учрашувлар ўтказилиши ҳам режалаштирилган.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев 28 ноября посетит город Ашхабад для участия в работе пятнадцатого саммита Организации экономического сотрудничества.
На саммите будут рассмотрены вопросы дальнейшего расширения многостороннего партнерства в рамках ОЭС, прежде всего развития торговых отношений, повышения транзитного потенциала региона, продвижения «зеленой экономики» и внедрения инноваций.
Запланирован также ряд двусторонних встреч.

#Mirziyoyev #sammit #IHT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Миллий географик ахборот тизими учун фазовий маълумотларни стандартлаштириш ва улардан фойдаланишда ҳамкорлик.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt