DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
E-ijara interaktiv xizmatida ikkilamchi ijara shartnomasini hisobga qo‘yish imkoniyati yaratildi
Vazirlar Mahkamasining 595-son qaroriga muvofiq ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish interaktiv xizmati – E-ijara dasturi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Unda yuridik va jismoniy shaxslar ko‘chmas mulk obyektlari uchun tuzilgan ijara yoki tekin foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarini Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yishlari mumkin.

Bundan tashqari, talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ham E-ijara interaktiv xizmatida hisobga qo‘yish mumkin.

Ijaraga beruvchi ijara.soliq.uz saytiga kirib "Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda talabaga oid ma’lumotlar (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.


#DavKadastrPalata #e_ijara #QQS

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik

Корея Ер, инфраструктура ва транспорт вазирлиги томонидан молиялаштирилаётган “Ўзбекистон миллий географик ахборот тизими учун фазовий маълумотларни стандартлаштириш ва улардан фойдаланиш” грант лойиҳаси доирасида ўқув семинар ўз ишини бошлади.

Семинар 3 кун давом этади ва унда тингловчилар,

1. Корея Республикасининг Миллий геоахборот тизими (МГАТ) ва Миллий фазовий маълумотлар инфраструктураси (ФММИ) сиёсати;
2. Фазовий маълумотни стандартлаштириш;
3. INSPIRE стандартлар тизими;
4. UML ва Data моделлаштириш;
5. Стандартлар портали
билан яқиндан танишади.

Семинарда Кадастр агентлиги ҳамда вазирлик идораларнинг давлат кадастрларини юритиш ва фазовий маълумотлар йўналишига масъул 40 дан ортиқ мутахассисларига Кореянинг LX корпорацияси мутахассислари томонидан дарслар ўтилади.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔘Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlaridagi xatlov ishlari davom etmoqda.

🔘Аholi turar joylarni yalpi xatlovdan o'tkazish borasidagi olib borilayotgan jadal ishlar haqida ma'lumot berishda davom etamiz.

📊Ushbu ma'lumotda 20 noyabr holati bo'yicha qilingan ishlarning tumanlar kesimidagi ko'rsatkichlari bilan tanishasiz.


Jarayon davom etmoqda...

#DavKadastrPalata #xatlov_ishlari #yer_nazorati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев қайта тикланувчи энергия манбаларини кўпайтириш ва соҳани ривожлантириш масалалари муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.
2026 йилга қадар мамлакатимизда қуёш ва шамол электр станциялари умумий қувватини 8 минг мегаваттга етказилиши қайд этилди.
Истиқболдаги лойиҳаларни ўз вақтида ишга тушириш ва халқаро молия институтлари билан ҳамкорликда янги лойиҳалар ишлаб чиқиш бўйича топшириқлар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам развития использования возобновляемых источников энергии.
Отмечалось, что к 2026 году общая мощность солнечных и ветряных электростанций в стране будет доведена до 8 тысяч мегаватт.
Даны поручения по своевременной реализации запланированных и разработке совместно с международными финансовыми инcтитутами новых проектов в данной сфере.

#Mirziyoyev #yigilish #iqtisodiyot #energetika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔶Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🔶Mazkur maʼlumotda siz, Kartografiya-geodeziyaning joriy yil 1 noyabr holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

📊Infografika№16

#DavKadastrPalata #info #kartografiya_geodeziya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
🔲 Ayni dam, Davlat kadastrlari palatasining Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasi boshqarmasi xodimlari “Koreyaning rivojlanishga rasmiy yordam” grand loyihasi asosida “O‘zbekistonda milliy geografik axborot tizimi uchun fazoviy ma’lumotlarni standartlashtirish va ulardan foydalanish” dasturi bo‘yicha seminar treningda qatnashmoqdalar.

🔲Ushbu malaka oshirish kurslariga yig‘ilgan tizim xodimlari koreyalik mutahassislardan - Fazoviy ma’lumotlarni standartlashtirish, ISO/INSPIRE standartlar tizimi hamda UML & JML modellashtirish kabi mavzularda ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.


#DavKadastrPalata #hamkorlik #Koreya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Бугун Ўзбекистон Республикаси Коррупцияга қарши курашиш агентлиги ва Кадастр агентлиги раҳбар ҳамда ходимлари иштирокида ZOOM орқали видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Йиғилишда “Коррупцияга қарши курашиш ва уни олдини олиш борасида олиб борилаётган ишлар ҳамда келажакдаги режалар” мавзуси юзасидан бугунги кунда коррупцияга қарши курашиш соҳасидаги давлат дастурлари, жамиятда коррупцияга нисбатан муросасиз муносабатни шакллантиришга доир чора-тадбирларни ишлаб чиқиш, коррупцияга оид ҳуқуқбузарликларни аниқлаш, уларга чек қўйиш ва олдини олиш, уларнинг оқибатлари, шунингдек имкон берувчи сабаблари муҳокама қилинди.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔘Davlat kadastrlari palatasi tizimining asosiy e’tibori xozirgi kunda Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlaridagi xatlov ishlariga qaratilgan.

🔘Mazkur xududlarda tizim xodimlari bilan katta ishlar amalga oshirilmoqda deb, xech mubolag‘asiz aytish mumkin.

📈Jumladan, xatlov jarayoniga nafaqat mazkur tumanlarning mutahassislari balki qo‘shni tumanlardan ham 314 nafar muxandislar jalb etilgan.

#DavKadastrPalata #xatlov_ishlari #Asaka_Shahrixon #mutahassislar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрининг Шайхонтоҳур туманидаги Сархумдон маҳалласига борди.
Президентимиз маҳалладаги шароитларни кўрди, маҳалла оқсоқоллари билан бирга кўчатлар ўтқазди. Нуронийлар юртимизга ҳамиша тинчлик, халқимизга фаровонлик тилаб дуо қилди.
Давлатимиз раҳбари кутилмаганда Гулобод маҳалласига ҳам ўтиб, мавжуд ҳолатни кўздан кечирди, одамлар билан суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Сархумдон в Шайхантахурском районе Ташкента.
Президент ознакомился с условиями в махалле, вместе с аксакалами махалли посадил деревья. Представители старшего поколения прочитали дуа с пожеланиями мира и процветания нашей стране.
Глава государства неожиданно решил посетить и махаллю Гулобод. Он ознакомился со здешними условиями и побеседовал с жителями.

#Mirziyoyev #tanishuv #mahalla #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter