DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Ayni damda Davlat Kadastrlari Palatasida, Kadastr agentligi Koʼchmas mulk boʼyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʼlgan jismoniy shaxslarga imtihon jarayonlari boshlandi. Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga…
🔷Xabaringiz bor, Davlat Kadastrlari Palatasida, Kadastr agentligi Koʼchmas mulk boʼyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʼlgan jismoniy shaxslarga imtihon jarayonlari tashkil etilgandi.

🔷2 guruhga bo‘lingan holda o'tkazilgan malaka imtihonida bir soat vaqt davomida 75 ta savollar jamlanmasi berildi. Test savollarini 70%ga to'g'ri javob bera olganlar imtihonni topshirgan hisoblandi. Bugungi imtihonda qatnashgan 24 nafar talabgordan 14 nafari imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdi.

🔷Ertaga talabgorlarning uchinchi guruhi imtihonga kirishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #imtihon #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев кимё саноатидаги янги лойиҳалар муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.
Келгуси йилда ишлаб чиқариш ҳажмини 12 триллион сўмга, экспортни 380 миллион долларга етказиш имкониятлари кўриб чиқилди. Соҳани рақамлаштириш, корхоналарда операцион харажатлар ва энергия сарфини қисқартириш орқали маҳсулот таннархини камайтириш вазифаси қўйилди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное обсуждению новых проектов в химической промышленности.
Рассмотрены возможности для доведения отраслевого производства до 12 триллионов сумов, объема экспорта – до 380 миллионов долларов в следующем году. Определены задачи по цифровизации сферы, снижению себестоимости продукции через сокращение операционных расходов и энергопотребления на предприятиях.

#Mirziyoyev #yigilish #kimyosanoati #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun tasdiqlanganiga bugun 30 yil to‘ldi.

🇺🇿Ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ - kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsoli Davlat bayrog‘i doimo ko‘klarda hilpirayversin.

Davlat Kadastrlar Palatasi

#DavKadastrPalata #bayroq #O_zbekiston

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
🔲Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🔲Mazkur maʼlumotda siz, Temir yo'llarining joriy yil yanvar-sentyabr oylari boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

📊Infografika№11

#DavKadastrPalata #info #Temir_yo_llari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
🌐Bugun, Jahon banki missiyasi va Gruziya delegatsiyasi tashrifining sakkizinchi kuni.

🔷Mehmonlar kadastr tizimining Respublikamizda yo'lga qo'yilgan qator yangiliklari va sohadagi muhim jihatlarni o'rganish va tajriba almashishda davom etmoqdalar.

🔷Bugun ham delegatsiya a'zolari Davlat kadastrlari palatasida bo'lib, tashrif doirasida “Innovatsiyalarning ahamiyati, kadastr va ro'yxatga olish ma'lumotlari misolida – yig'ish, boshqarish, standarlashtirish, sifat nazorati, tegishli xizmatlarni taqdim etish, oshkor qilish, saqlash, maxfiylik” mavzusi bo'yicha o'zaro fikr almashmoqdalar.

🔷Mehmonlar kun so'nggida kadastr tizimining boshqarmalardagi faoliyatini o'rganish maqsadida Samarqand viloyatiga yo'lga chiqishlari rejalashtirilgan.

#xalqaro_hamkorlik #DavKadastrPalata #Jahon_banki

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔷Muqaddasdir millat bayrog'i!

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#DavKadastrPalata #millat_bayroģi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Sizga ma’lum, Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev rahbarligida Asaka va Shahrixon tumanlaridagi xatlov ishlari nazorati davom etmoqda.

Asaka va Shahrixon tumanlarida o‘tkazilgan xatlov natijalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Kengash qarori bilan ko‘rsatilgan mezonlarga mos deb topilgan xonadon sohiblariga ogohlantirish xatlari tarqatilmoqda. Ayni vaqtga qadar 600 ga yaqin fuqarolar ogohlantirilgan.

Shuningdek, Shahrixon tumanida ko‘chalarni elektron xaritaga tushirish ishlari ham yakunlanish arafasida.

Jarayonlar haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #Andijon #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Forwarded from ANDIJON KADASTR
ДИҚҚАТ ЭЪЛОН❗️

Ҳурматли ОАВ ходимлари, журналистлар, блогерлар, веб-сайтлар админлари, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ва вилоятдаги бошқарма, ташкилот ва муассасалар ахборот хизматлари раҳбарлари!

2021 йил 19 ноябрь куни Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармаси ҳамда вилоят Ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси ҳамкорликда Пресс тур ташкил этмоқда.

🔰Унда, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 13 август кунги 520-сонли қарорига асосан Асака ва Шаҳрихон туманларида ўтказилаётган хатлов жараёнлари тўғрисида маълумот берилади.

Шунингдек, Кадастр агентлиги ҳамда Давлат кадастрлари палатаси вилоят бошқармалари томонидан амалга оширилаётган ишлар юзасидан ҳудудларга чиққан ҳолда ахборот берилади.

📣 Мазкур Пресс турга барча босма ва электрон ОАВ вакиллари, блогерлар, веб-сайтлар админлари, журналистлар, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ва вилоятдаги бошқарма, ташкилот ва муассасалар ахборот хизматлари раҳбарлари таклиф этилади.

⬇️ Маълумот учун:

@Andkadbot

📲+998-97-236-90-10, +998-33-110-22-11

🏣Жойи: Андижон.ш А.Навоийшох кўчаси
(Савло-саноат палатаси Андижон вилояти бошқармаси 3-қават 305-хона).

Санаси ва вақти: 2021 йил 19 ноябрь, соат 10:00