DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28.9K subscribers
10.6K photos
1.66K videos
1 file
6.34K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📱 2024 йил давомида 105 10 та (6 421,4 гектар ер участкалари) “Yerelektron” тизимига киритилиши таъминланди

АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов 2024 йил давомида амалга оширилган ишлар, 2025 йилдаги долзарб вазифалар юзасидан маълумот берди:

✔️ 2025 йил якунга қадар 2 067 та маҳаллаларда ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкалари ва уларда қурилган бино ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш бўйича хатловдан ўтказиш ишларини амалга ошириш режалаштирилган. Шу билан бирга:

28 та туманнинг 6,9 млн. гектар ер майдонларини хатловдан ўтказиш;

Андижон вилояти мисолида республиканинг 6 та ҳудудида 23 744,6 минг гектар ер ресурсларининг ҳисоботдаги ва амалдаги майдонлари ўртасидаги фарқларини ўрганиш;

Ер ва кадастр назорати тадбирларини давом эттириш, шунингдек, 11,4 мингта кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш бўйича белгиланган муддатда мурожаат қилмаган субъектларга нисбатан маъмурий чоралар кўриш;

53,3 мингта ер участкаларини “Yerelektron” ахборот тизимига киритиш;

125 минг кв.км. аэро ва космик суратга олиш ишларини бажариш, 105 минг кв.км. рақамли ортофотопланларни яратиш ва 85 минг кв.км. топографик хариталарни янгилаш;

21,45 минг нусха топографик хариталарни нашр қилиш;

430 та маъмурий-ҳудудий бирликларнинг чегараларини белгилаш;

2 352 та маҳаллалар чегараларини белгилаш;

1 000 та соҳа мутахассислари ҳамда хусусий кадастр муҳандисларининг малакаси ошириш;

3 та фазовий маълумотлар соҳасидаги халқаро стандартларни Ўзбекистон миллий стандарти сифатида қабул қилиш режалаштирилган.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilishingiz muhim

🫥 Yurtdoshlarimizning sarsongarchiliklariga chek qo‘yish va huquqiy bilimlarini yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollarga aniq javob berish maqsadida tashkil etilgan "Bilishingiz muhim" loyihasining navbatdagi soni e'tiboringizda.

🔍 Savol: Yerga yoki binoga egalik huquqini olib bera olasizmi? - deya murojaat qilishadi.

▶️ Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇦🇪 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-16 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lmoqda. ◼️Abu-Dabi xalqaro…
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿🇦🇪 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-16 yanvar kunlari rasmiy tashrif ushbu mamlakatda bo‘lib o'tdi:

◼️Abu-Dabi shahridagi "Qasr ash-Shati" qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

◼️ O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidentlarining muzokaralari yakunida Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida deklaratsiya imzolandi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga tashrifi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara o‘tkazdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Oliy martabali mehmonni Dubay fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi prezidenti, “Emirates” kompaniyalar guruhi raisi va bosh direktori Shayx Ahmad bin Said Ol Maktum hamda BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy kuzatib qo‘ydi.

◼️Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi kurash faoliyati


💠 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari tomonidan korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida muntazam ravishda profilaktika tadbirlari o'tkazib borilmoqda.

🎚 Xususan, 2024-yil davomida xodimlar o'rtasida 1 600 dan ortiq ogohlantirish hamda jamoat birlashmalarida 1 000 ga yaqin huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

📊 Batafsil ma'lumotlar mazkur infografikada

Hisobot davri: yanvar-dekabr, 2024-yil

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

◼️Unda investitsiya masalalari ko‘rib chiqildi. Ochiqlik va kuchli investitsiya siyosati natijasida iqtisodiyotimiz barqaror o‘sib kelayotgani taʼkidlandi.

◼️Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Davlat aktivlari, Farmatsevtika va O‘rmon xo‘jaligi agentliklarida grant olib kelish rejasi 25 foizga ham bajarilmagani, Qurilish, Transport, Madaniyat vazirliklari, Turizm qo‘mitasi olib kelgan granti esa 10 million dollardan past bo‘lgani tanqid qilindi.

◼️Ayrim tuman hokimlari investitsiya va eksport masalasini o‘z holiga tashlab qo‘ygani qayd etildi.

◼️Prezident 2025-yildagi asosiy vazifalarga to‘xtaldi.

◼️Har bir dollar investitsiyaning samaradorligini oshirish hudud va tarmoqlar rahbarlarining asosiy vazifasi bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi.

◼️Mutasaddilarga tarmoqlar va viloyat hokimlari bilan birgalikda tuman va korxonalar kesimida 2025-yilda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi.

◼️2025-yil uchun 2 milliard dollar grant olish bo‘yicha har bir vazirlik, tarmoq va hududlarning rejalarini shakllantirish topshirildi.

◼️Investitsiyalarni o‘zlashtirishda haligacha byurokratiya ko‘pligi tanqid qilindi.

◼️Iqtisodiy kompleks rahbarlariga erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tizimni qayta ko‘rib chiqib, ularni eksportga ixtisoslashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

◼️Mutasaddilarga xorijiy investorlarni topib, mavjud iqtisodiy zonalarning bo‘sh hududlarida texnopark tashkil qilish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

◼️Tashqi bozordagi kuchli raqobat, logistikadagi qiyinchiliklarga qaramasdan, bu yil eksportni 30 milliard dollardan oshirish zarurligi qayd etildi.

◼️Paxta yetishtirish va qayta ishlashda qo‘shimcha bozor mexanizmlari joriy qilinishi belgilandi.

◼️Prezidentimiz investitsiya va bozorlarni egallash uchun jahonda qattiq kurash ketayotganini qayd etdi.

◼️Yig‘ilish davomida vazirlik va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

◼️Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o'z yakuniga yetdi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxiv-kadastr ildizidir


🗂 Arxiv - bu hujjatlar saqlanadigan joy, ular ish faoliyatiga doir bo'ladimi, bino-inshootlarning arxiv hujjatlari bo'ladimi ba'ri tarixdan so'zlaydi. Shu bois ham arxivdagi hujjatlarning yaxshi saqlanishi katta ahamiyat kasb etadi.

🧾 Ana shularni hisobga olgan holda, bu yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratgan Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati 2024-yilni tashkilotda “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini toʻgʻri yuritishni yoʻlga qoʻyish yili” deb eʼlon qilgandi.

🫥 Xoʻsh, yil nomlanishi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida nimalarga erishildi?

🫥 Mazkur video - bajarilgan ishlar natijasi haqida.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM