DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr ustozlariga hurmat va e'tibor
💐

🟢Bugun, “1-oktabr-Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi tomonidan “Ustozga ehtirom” nomli uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tantanali tadbirga 🌟Kadastr agentligi rahbariyati, tizim tashkilot rahbarlari, Nuroniylar jamg‘armasi vakili, Yozuvchilar uyushmasi raisi hamda Agentlik qoshida tuzilgan "Faxriylar kengashi" jamoasi taklif etilib, ularga alohida ehtirom va e'zoz ko'rsatildi.

🟢Tadbir avvalida so'zga chiqqan mehmonlar o'zlarining samimiy tabriklarini izhor etib, yig'ilganlarni bayram bilan qutladilar. Shundan so'ng soha faxriylari hayoti va faoliyati haqida tayyorlangan videolavha namoyish etildi hamda ular bilan qiziqarli savol-javoblar o'tkazildi.

🟢Ko'tarinki ruhda o'tgan bayramda san'atkor va so'z ustalari ham o'z chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Ustozlarni e'tirof etish hamda ularga hurmat bildirish maqsadida bayram sovg'alari taqdim etildi.

🟢Ushbu tadbir sohada faoliyat yuritayotgan yoshlarning fidoyilardan tajriba va o'rnak olishlariga, ustoz-shogird an'analarining mustahkamlanishiga va yanada yuqori natijalarga erishishlariga turtki bo'ladi degan umiddamiz.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun yurtimizda eng sharafli kasb vakillari bayrami – “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”

📚 Dunyoda eng aziz va ulugʻ kasb bu albatta muallimlik kasbidir. Har bir insonning yetuk shaxs boʻlib rivojlanishida, jamiyatda oʻz oʻrnini topishida, turli jabhalarda dunyo hamjamiyatida ilgʻor natijalarga erishishida, qolaversa, har birimizning bugungi erishayotgan muvaffaqiyatlarimiz zamirida ustozlarimizning beminnat oʻgitlari hamda zahmatli mehnatlari mujassamdir.

📊 Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, hozirgi kunda yurtimizda jami 210 ta Oliy taʼlim muassasalarida 42 864 nafar professor oʻqituvchilar, shuningdek, 10 750 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 547 700 nafar pedagoglar faoliyat olib bormoqdalar. Yurtimizning dunyoning taraqqiy etgan davlatlari qatoridan munosib oʻrin egallashi taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uzviy bogʻliqligi shubhasiz.

🇺🇿Shu oʻrinda, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ham taʼlim sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganini takidlash joiz. Xususan, Markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalar tomonidan bir qancha Oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilib, talabalarga munosib sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratilmoqda.

💐 Biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli boʻlgan aziz va moʻtabar ustozlarimizga eng goʻzal soʻzlar va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va ishlaringizga rivoj tilaymiz. Sohada koʻrsatgan fidokorona mehnatingiz va chekkan ulkan zahmatlaringiz biz uchun qadrlidir. Bayramingiz muborak boʻlsin!

#DavKadastrPalata #muhim_kunlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

▪️Deydilar, ustoz jabri - ota mehridan afzal,
▪️Shogirlarning iqboli - ustoz jabriga badal,
▪️Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
▪️Saodatning kaliti,  bilgilki, ilmu-amal.
◼️Ustoz qadami qutlugʻ, ustoz-otangday ulugʻ!
💐💐💐

#DavKadastrPalata #muhim_kunlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPning jamoatchilik bilan aloqalari

🌟 Muntazam ravishda Davlat kadastrlari palatasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi tomonidan tizimdagi yangiliklar keng yoritilgan holda aholiga etkazib kelinmoqda. Bundan tashqari, har bir tanqidiy, tahliliy fikrlarga to‘g‘ri yondashgan holda ularni o‘rganib, zaruriy choralarni ko‘rishda davom etmoqdamiz.

📊 Mazkur ma'lumotlar Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati va hududiy boshqarmalariga 2024 yil sentabr oyida kelib tushgan murojaatlarga bildirilgan rasmiy munosabatlar tahlili haqida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #axborot_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

◼️mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 155 000 soʻm;

◼️bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 soʻm;

◼️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 soʻm;

◼️yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 soʻm;

◼️nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 soʻm;

◼️mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 soʻm;

◼️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 soʻmdan) 920 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 soʻm;

◼️zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 soʻm;

◼️ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 745 000 soʻm.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun targ'iboti yuzasidan seminarlar

🖥 Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mas'ul xodimlari tomonidan joylarda O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan reja-grafik asosida seminarlar bo'lib o'tmoqda.

◼️Hozirga qadar shu kabi tadbirlar quyidagi boshqarma filiallarida o'tkazildi:

▫️Toshkent shahri 1, 2
▫️Farg'ona viloyati 1, 2
▫️Xorazm viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM