DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
26K subscribers
11.7K photos
1.84K videos
1 file
6.85K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

Kadastrda yangi tayinlovlar


โญ๏ธ๐ŸŒŸKadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan, Davlat kadastrlari palatasining bir necha tuman filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi:

๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ Maxkamov Akmal Abdumalikovich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ Abdullayev Shohruh Olim o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Mirzaobod tumani filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni

๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati โ€” O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiga kiruvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlaridan biridir.

๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdek sharafli vazifani sidqidildan bajarayotgan Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

๐Ÿ’ Xalqimizning tarixiy-madaniy va boy ma'naviy merosini himoya qilish, tinch va osoyishta turmush kechirishini ta'minlash yoโ€˜lida amalga oshirayotgan ishlarida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

Hududlarda arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari


๐ŸŒŸ Davlat kadastrlari palatasi tuman, shahar filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kะพโ€˜chmas mulk obyektlarining kadastr yigโ€˜majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari davom etmoqda.

๐Ÿซฅ "Namunali arxiv" xonalari faoliyati, ularda jadallik bilan olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlari bilan quyidagi hududiy boshqarmalarimiz misolida tanishishingiz mumkin:

โ–ซ๏ธQoraqalpog'iston Respublikasi

โ–ซ๏ธJizzax viloyati 1, 2
โ–ซ๏ธBuxoro viloyati
โ–ซ๏ธToshkent shahri
โ–ซ๏ธAndijon viloyati
โ–ซ๏ธNamangan viloyati

#DavKadastrPalata #arxiv
 
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

Farg'ona tumanida sayyor qabul


๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟRejaga muvofiq, Farg'ona viloyatining Farg'ona tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishanov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

๐Ÿ“ƒ Qabulga 25 dan ziyod kadastr masalasi bilan bog'liq muammosi mavjud bo'lgan fuqarolar yig'ilib, mutasaddilardan tegishli yechimlar va huquqiy tushunchalar olishdi.

โž– Ko'rib chiqilgan murojaatlarning aksariyati kadastr pasportini shakllantirish, yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarilishi hamda egalik huquqini olish kabi mazmunlardagi murojaatlarni tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ˜‚๐Ÿ˜ใ€ฝ๏ธ๐Ÿ”ธ

Yangi qonun haqida "O'zbekiston" telekanalida


๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ โ€œOโ€˜zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boโ€˜lgan huquqlarni eโ€™tirof etish toโ€˜gโ€˜risidaโ€gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish maqsadida Adliya vazirligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida o'tkazilgan "Yuridik klinika" onlayn videomuloqoti "O'zbekiston" telekanalida jonli efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream finished (1 hour)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ

27-sentabr - Xalqaro turizm kuni

๐ŸŒŽXalqaro turizm kuni - Xalqaro turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi tomonidan 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida ta'sis etilgan va har yili 27-sentabrda nishonlanadi.

๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ Yurtimizga 2024-yilning yanvar-may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan bo'lib, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 248,2 ming nafarga ya'ni 9,6 % ga oshganligi mamlakatimizda turizm sohasida sezilarli darajada o'sish bo'layotganidan dalolat beradi. Joriy yilning 5 oyi davomida quyidagi davlatlar fuqarolarining tashrifi amalga oshirilgan:

โ—ผ๏ธTojikiston โ€“ 871,5 ming nafar;
โ—ผ๏ธQirg'iziston โ€“ 857 ming nafar;
โ—ผ๏ธQozog'iston โ€“ 498,2 ming nafar;
โ—ผ๏ธRossiya โ€“ 289,6 ming nafar;
โ—ผ๏ธTurkmaniston โ€“ 53,8 ming nafar;
โ—ผ๏ธTurkiya โ€“ 42,1 ming nafar;
โ—ผ๏ธHindiston โ€“ 23,2 ming nafar;
โ—ผ๏ธXitoy โ€“ 22,8 ming nafar;
โ—ผ๏ธItaliya โ€“ 15,3 ming nafar;
โ—ผ๏ธJanubiy Koreya โ€“ 15,1 ming nafar;
โ—ผ๏ธBoshqa davlatlar โ€“ 148,7 ming nafar

๐Ÿ’ Shu o'rinda, barcha turizm sohasi xodimlarini hamda fuqarolarimizni ushbu bayram bilan samimiy qutlaymiz. Mamlakatimizga tashrif buyurayotgan turistlar soni yanada ko'payaverishini hamda O'zbekiston iqtisodiyotida turizmning tutgan o'rni yanada yuqori bo'laverishini tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM