DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.27K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun yuzasidan huquqiy-targ'ibot seminarlari


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati va hududiy boshqarma mutasaddilari tomonidan O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunini keng jamoatchilikka targ'ib qilish, xodimlarning huquqiy ongini oshirish va fuqarolarga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida huquqiy seminarlar o'tkazib kelinayotgani haqida xabar bergan edik.

🇺🇿 O'tgan bir hafta davomida quyidagi hududiy boshqarmalarda seminarlar tashkil qilindi:

▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Andijon viloyati
▫️Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Фуқаролик жамияти институтларини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О мерах по дальнейшему совершенствованию системы государственной поддержки институтов гражданского общества"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularga doir umumiy talablar


📃 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- ariza;
- identifikatsiya qilish ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan hujjatlar, shuningdek vakolatli vakillarning hamda mansabdor shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar va (yoki) bitimning mazmunini ifodalovchi hujjatni imzolagan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
- ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar.

🇺🇿 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar qirib o‘chirilgan yozuvlarni, tasdiqlanmagan tuzatishlarni va hujjatlarning mazmunini bir xil talqin etishga imkon bermaydigan jiddiy shikastlanishlarni o‘z ichiga olmasligi kerak.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan hujjatlar, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat tiliga tarjima qilingan bo‘lishi (tarjimaning aniqligi yoki tarjimon imzosining haqiqiyligi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi) kerak.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olinadi


🇺🇿 Oʻzbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam olish kuni boʻladi:

◾️31-avgust — olti kun ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
◾️1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni;
◾️2-sentabr — koʻchirilgan dam olish kuni;
◾️3-sentabr — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni.

🗓 Eslatib oʻtamiz, 1-sentabr — Oʻzbekiston mustaqilligi kuni 2024-yilda yakshanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2-sentabr, dushanba kuniga koʻchiriladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

📃 O'zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonuni targ'iboti:

▫️Xorazm MTRK telekanalida;
▫️Jizzax MTRK telekanalida;
▫️Qaraqalpaqstan MTRK telekanalida;
▫️Andijon MTRK telekanalida;
▫️Qashqadaryo MTRK telekanalida;
▫️"Diyorintervyu" ko'rsatuvida;
▫️"Sevimli tv" telekanalida;
▫️"Ishonch tv" telekanalida;
▫️"Istiqlol tv" telekanalida;
▫️"Sevimli tv" Zamon informatsion dasturida;
▫️"Istiqlol tv" telegram kanalida;
▫️"Hurfikr.uz" telegram kanalida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda rahbariyat boshchiligida seminarlar


⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Markaziy apparat mutasaddilari tomonidan O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi O'RQ 937-son Qonuni yuzasidan targ'ibot seminarlari o'tkazib kelinmoqda.

🇺🇿 Ayni damda, Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev Qashqadaryo viloyatida bo'lib, Muborak tumani hokimligida yig'ilgan Muborak, Koson, Kasbi va Mirishkor tumanlarining xodimlari e'tiboriga ushbu qonunning e'tiborli jihatlari, fuqarolarga uning mazmunini tushunarli talqin etish masalalarida tushunchalar berdi. Ayni shunday tadbir kunning birinchi yarmida Surxondaryo viloyati boshqarmasida ham o'tkazilgandi.

📃 Shuningdek, Markaziy apparat mutasaddilari tomonidan Qonunning mazmun-mohiyatini to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarni belgilash va Qonun kuchga kirgunga qadar fuqarolarga sifatli xizmat ko'rsatish tizimini tashkil etish yuzasidan huquqiy savodxonlik soatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda ham o'tkazildi:

▫️Farg'ona viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #seminar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Muborak tumanida kadastrning yangi binosi ochildi

🇺🇿 Bugun Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Muborak tuman bo'limi hamda filialining yangi binosi qurilib, Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida foydalanishga topshirildi.

⚡️ Ochilish marosimida Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev, tumani hokimi M.Hayitmurodov hamda boshqarma boshliqlari va tizim mutasaddilari ishtirok etishdi.

🖥 Zamonaviy ko‘rinishdagi butunlay yangi ta'mirlangan binoda majlislar zali, arxiv xonasi,fuqarolarni qabul qilish xonalari hamda boshqa bo‘limlar faoliyati uchun ish xonalari qurilib, yangi zamon talablariga mos keluvchi jihozlar va turli texnikа vositalari bilan ta'minlandi.

💠 Ushbu yangi bino filial xodimlarining kelgusida tuman aholisiga yanada sifatli va tizimli xizmat ko'rsatishlarida ko'mak beradi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM