DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat yer kadastri

⭐️🌟Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.

🇺🇿 Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat bahosini, shuningdek yer kadastriga doir axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilab turilishini o‘z ichiga oladi.

◼️Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari:

- mamlakatning butun hududini to‘la qamrab olish;
- fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash;
- yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining birligi;
- yer kadastriga doir axborotlarning to‘g‘ri bo‘lishi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - halokatga eltuvchi yo'l


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi mutaxassislari tomonidan xodimlarga korrupsiyaning oldini olish, huquqbuzarlik va jinoiy faoliyat uchun jazo muqarrarligi, har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmasligi to'g'risida muntazam ravishda davra suhbatlari o'tkazib kelinmoqda.

▫️Surxondaryo viloyati 1,
2, 3
▫️Andijon viloyati 1, 2,
▫️Toshkent viloyati 1, 2
▫️Jizzax viloyati 1, 2
▫️Sirdaryo viloyati 1, 2
▫️Farg'ona viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududim haqida ma'lumot
- Qashqadaryo viloyati

🌟 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmatining ushbu yangi loyihasida respublikamizning har bir hududi haqida eng muhim ma'lumotlarni jamlangan.

📊Yuqoridagi infografika orqali 🇺🇿  Qashqadaryo viloyati hududi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari
hududlarda

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan 41-sonli yig'ilish bayonida berilgan vazifalarni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida Namangan viloyatida olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish va amaliy yordam berish maqsadida Mingbuloq va Namangan tumanlarida yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni qisqa vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini o‘rganilmoqda.

🇺🇿 O'rganish davonida muammoli masalalarda amaliy yordam berilib, fermer, dehqon xo‘jaliklariga tegishli yer maydonlarini joyiga chiqqan holda yer egalari bilan uchrashib huquqiy tushunchalar berildi. Hozirda yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha viloyatning qolgan hududlarida ham o‘rganish ishlari davom etmoqda.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyani to'xtatish mumkin

◼️Pora olish va berishda qanday javobgarliklar belgilangan?

👆 Batafsil mazkur infografika orqali ma'lumotga ega bo'ling.

#DavKadastrPalata #аока #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublika bo’ylab hududiy boshqarmalarning xo'jalik ishlari o'rganilmoqda


🇺🇿 Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik ta'minoti va xo'jalik faoliyatini o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

◼️Jumladan, Navoiy viloyatining shahar hamda tumanlarida o’rganish ishlari o'tkazildi. Xususan, G’ozg’on shahrida olib borilgan o'rganishlar natijasi bo'yicha ko'rsatmalar berildi hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shahar hokimining birinchi o'rinbosari N.Zoirov bilan kelishuvlarga erishildi.

◼️ Ushbu o'rganish ishlari rejaga ko'ra Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida davom ettiriladi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 PREZIDENT TOMONIDAN “OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER UCHASTKALARIGA HAMDA ULARDA QURILGAN BINOLAR VA INSHOOTLARGA BOʻLGAN HUQUQLARNI EʼTIROF ETISH TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IMZOLANDI

🔰 Qonunga koʻra, fuqarolar quyidagi koʻchmas mulklarni oʻz nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy oʻtkazib olishi mumkin:

◼️2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib oʻzboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

◼️2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda koʻrsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;

◼️“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

◼️2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;

◼️bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;

◼️kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;

◼️davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;

◼️hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Koʻchmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:

◾️yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan boʻlishi;
◾️yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;
◾️yer va mol-mulk soligʻi boʻyicha qarzdorlik mavjud emasligi;
◾️muhofaza zonasida, sugʻoriladigan yerda joylashmaganligi;
◾️bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud boʻlsa);
◾️har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar).

❗️ Qonun 3 oydan soʻng kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿 PREZIDENT TOMONIDAN “OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER UCHASTKALARIGA HAMDA ULARDA QURILGAN BINOLAR VA INSHOOTLARGA BOʻLGAN HUQUQLARNI EʼTIROF ETISH TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IMZOLANDI 🔰 Qonunga koʻra, fuqarolar quyidagi…
🇺🇿 Qonunga koʻra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

◾️1998-yil 1-iyulgacha egallangan boʻlsa – 0,24 gektargacha;

◾️1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan boʻlsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo boʻlmasa, dehqon xoʻjaligi yoki tomorqa xoʻjaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

🗂 Huquqlarni eʼtirof etish hududlar boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun ⭐️ Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:

◾️Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar boʻyicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;

◼️10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “Oʻzbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi boʻyicha oʻz vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;

◼️tizimda shakllantirilgan elektron yigʻmajild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.

Toʻplangan hujjatlarning toʻliqligi va qonuniyligi adliya organlari tomonidan oʻrganib chiqiladi.

📝 Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan xabarnoma yuboriladi.

✔️ Xabarnoma asosida bir martalik toʻlovni amalga oshirganlarga har chorakda xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan huquqlar eʼtirof etiladi (yerga – ijara huquqi, bino-inshootga – mulk huquqi).

⚡️ Qonunga koʻra, yer va binolarni qonuniylashtirish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik toʻlov undiriladi:

◼️Toshkent shahrida – BHMning 5 baravari (1,7 mln soʻm);

◼️Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari (1,02 mln soʻm);

◼️viloyatlar boʻysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari (680 ming soʻm);

◼️boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari (340 ming soʻm);

◼️qolgan hollarda bir martalik toʻlov tegishli hududdagi oʻrtacha auksion bahosi miqdorida toʻlanadi.

Shuningdek, I va II guruh nogironlari, oldingi “aksiya” vaqtida yigʻim toʻlagan shaxslar toʻlovdan ozod qilinadi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga 50 foiz chegirma beriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев “Ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкалари ҳамда уларда қурилган бино ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги қонунни имзолади.

Президент Шавкат Мирзиёев подписал закон «О признании прав на самовольно захваченные земельные участки и построенные на них здания и сооружения».

#Mirziyoyev #qonun #yer #tanolish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Samarqand viloyati, Samarqand tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 9-avgust, soat 15:00 da

📍 Manzil: 12-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi. Samarqand tumani, Gulobod MFY, Tamaddun ko'chasi, 156-uy

📃 Qabulga yozilish uchun +998 95 508 81 50 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi
#6aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun ijro tartibi infografikada

🇺🇿 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-937-son, 05.08.2024-y.).

📊 Batafsil infografikada

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Президент Шавкат Мирзиёев подписал закон «О признании прав на самовольно захваченные земельные участки и построенные на них здания и сооружения»
#6aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikada jami 8 462 243 ta ko'chmas mulk mavjud

🌟 Davlat kadastrlari palatasi 2024-yil 1-avgust holatiga ko'ra. respublikamizdagi jami ko'chmas mulk obyektlari statistikasini taqdim etadi.

📊 Batafsil infografikada 👆

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr muhandislari uchun malaka imtihonlari

⚡️ Bugun rejaga ko'ra, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida kadastr muhandisiga qo‘yilgan talablarga mos kelishini tekshirish maqsadida komissiya tomonidan malaka imtihoni o'tkazilmoqda.

◼️Malaka imtihonida 22 nafar talabgorlar bosqichma-bosqich test sinovlarida ishtirok etmoqdalar.

🔹 Jarayonlar palataning You Tube kanalida jonli ravishda namoyish etilmoqda.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM