DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farg'ona viloyatiga tashrif buyurdi


🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga kelgach, yangidan ochilib, ilk bor yirik havo kemasini qabul qilgan Qoʻqon aeroportidagi sharoitlar bilan tanishdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aksiyadorlik jamiyatining mineral oʻgʻit korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

◼️Davlatimiz rahbari Qoʻqondagi yirik kimyo sanoati korxonasini borib koʻrdi.

◼️Davlatimiz rahbari investorlar bilan uchrashib, Fargʻona viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar bilan tanishdi.

◼️Prezident Fargʻona viloyatiga tashrif chogʻida investorlar bilan suhbatlashdi.

◼️Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatida yirik sanoat va energetika obyektlari faoliyatiga va qurilishiga start berdi.

◼️Fargʻonada yirik sanoat va energetika loyihalari ishga tushirildi, yangilarini qurish boshlandi.

◼️ Prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon universitetida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi hamda Tepaqo‘rg‘on arxeologiya yodgorligini ko‘zdan kechirdi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududim haqida ma'lumot - Andijon viloyati

🌟Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmatining ushbu yangi loyihasida respublikamizning har bir hududi haqida eng muhim ma'lumotlarni jamlangan.

📊 Yuqoridagi infografika orqali Andijon viloyati hududi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda jismoniy shaxslar egaligidagi umumiy ko'chmas mulklar soni qancha?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2024-yilning 6 oyi davomida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar soni 8 060 211 tani tashkil etadi.

📊 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p mulkdorlar doimgidek Samarqand viloyati hisobiga to'g'ri kelmoqda.

👆 Hududlar kesimidagi batafsil ma'lumotlar mazkur infografikada.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tayotgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

◼️Kadastr sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar, hududlarda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari va aholi o'rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari to'g'risida:

▫️Andijon MTRK telekanalida;
▫️Sirdaryo MTRK telekanalida;
▫️Navoiy MTRK telekanalida;
▫️Buxoro MTRK telekanalida;
▫️Nasaf TV telekanalida;
▫️Sevimli TV telekanalida;

◼️Davlat kadastrlari palatasi asosiy faoliyatiga doir yangiliklar UzA maqolasida;

◼️Toshkent viloyati tuman, shahar filiallarida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida Nurafshon TV telekanalida;

◼️Qoraqalpog'iston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-119 farmoni bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida:

▫️"O'zbekiston 24" telekanali
▫️"ATV" telekanalida;
▫️Qaraqalpaqstan MTRK telekanalida;

◼️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida korrupsiyaga qarshi o'tkazilgan tadbirlar to'g'risida:

▫️Nazorat.uz telegram kanalida;
▫️Ochun.uz ijtimoiy tarmoqlarida;
▫️Hurfikr.uz telegram kanalida;

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

◼️O‘tgan yetti yilda viloyatda katta o‘zgarishlar bo‘ldi.
Kiritilgan investitsiyalar hajmi 3 karra o‘sdi. Tovar aylanmasi 10 million dollardan oshgan 122 ta korxona paydo bo‘ldi. Farg‘ona korxonalari 60 ta yangi bozorga kirib bordi.

◼️Viloyatdagi ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hajmi pasaygani, ayrimlari ishlamayotgani, 3 ta loyihani ishga tushirish 4-5 yildan beri cho‘zilib kelayotgani tanqid qilinib, mas’ul rahbarlar bunday korxonalarga yordamlashishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

◼️So‘nggi yetti yilda respublika sanoati 1,6 barobar o‘sgani bilan, Farg‘ona bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada eng oxirgi o‘rinda.
Viloyat sanoatining yarmi Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari, Uchko‘prik tumaniga to‘g‘ri keladi.

◼️ Tannarx balandligi uchun Farg‘onadagi sement zavodlarining mahsulotlari import bilan raqobat qila olmayotgani qayd etildi. Oqibatda 10 ta sement zavodi quvvatining uchdan birida ishlayapti.

◼️Bu yil “Tashabbusli budjet” doirasida Farg‘onadagi 266 ta loyihaga 340 milliard so‘m ajratildi. Lekin uch oydan beri ko‘plab loyihalar bo‘yicha hali amaliy ish boshlanmagani qattiq tanqid qilindi.

◼️Endilikda viloyat rahbariyatining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha Farg‘onada yangi tizim bo‘lishi belgilandi.

◼️Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ham tizimni o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.

◼️Prezident viloyatning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

◼️ Yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish sharti bilan qo‘shimcha 1 ming 210 gektar yer ajratish mumkin.

◼️ Farg‘onada sanoatga katta turtki beradigan loyihalar ko‘paytiriladi.

◼️So‘nggi uch yilda viloyatdagi 110 ming aholiga dehqonchilik qilish uchun 25,5 ming gektar yer berilgan. Ushbu yerlarda 3 marta hosil olish bo‘yicha Farg‘ona tajribasini yaratish topshirildi.

◼️Viloyatdagi yirik bog‘bonlarning yerida 50-100 tonnalik muzlatkichli ombor tashkil qilish taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Buni hisobiga ularni eksport salohiyati 2 karra oshadi, yo‘qotishlar 25 foizga qisqaradi, 4 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

◼️Chegaradan ID-karta orqali o‘tish bo‘yicha Qirg‘iziston bilan kelishuvga erishilgani Farg‘ona uchun imkoniyatlar eshigini ochgani ta’kidlandi.

◼️Viloyatda madaniy tadbirlarni ko‘paytirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

◼️Yig‘ilishda Quva tumani, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

◼️ “Karkidon” suv omboridagi juda katta salohiyat ishga solinmayotgani qayd etildi.

◼️ “Farg‘ona – Andijon” magistral yo‘lini Quvadan o‘tgan qismidagi 11 gektarda 40 million dollarlik savdo va servis obyektlarini joylashtirish mumkin.

◼️ Qo‘qon azal-azaldan ma’rifat, madaniyat va savdo markazi, mamlakatimizning qolgan hududlarini vodiy bilan bog‘lovchi asosiy ko‘prik bo‘lib kelgan.

◼️Qo‘qon superfosfat zavodi o‘rnida tashkil qilingan “Indorama Qo‘qon” korxonasi mineral o‘g‘it ishlab chiqarishni boshladi.
So‘nggi uch yilda Qo‘qonda bor-yo‘g‘i 630 ta xonadonli 17 ta ko‘p qavatli uylar qurilgani shahar ehtiyoji uchun yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

◼️Qo‘qondagi “Tepaqo‘rg‘on” arxeologik yodgorligini turistlar uchun jozibador marshrutga aylantirishga 10 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

◼️Marg‘ilonga har yili 250 ming ichki va 75 ming xorijiy turistlar kelmoqda. Bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish uchun mehmonxona va xizmat ko‘rsatish joylarini ko‘paytirish zarur.

◼️ Mamlakatimiz rivojlanishining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM