DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kasbiy bilimlarni mustahkamlash yo'lida

🌟Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda o'quv kurslari davom etmoqda.

🗓 24-28-iyun kunlari "Ko'chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o'tkazish" hamda "Tashkiliy nazorat va murojaatlar bilan ishlash" yo'nalishlari bo'yicha malaka oshirgan hududiy boshqarma xodimlari uchun yakuniy test sinovlari o'tkazildi.

📃 Shuningdek, hafta so'nggiga qadar Topografiya-geodeziya va kartografiya sohasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda Ko‘chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish yo'nalishi bo'yicha navbatdagi guruh xodimlari uchun ham test sinovlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

◼️1-5-iyul kunlari esa kadastr muhandislari uchun keyingi guruh malaka o'quv kurslari boshlab yuborilgan. O'quv dasturi va mutaxassislarga berilayotgan kasbiy ko'nikma va bilimlar haqida yana batafsil ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Poytaxtda kadastr filialining yangi binosi ochildi

⭐️🌟 Bugun Yangihayot tumani aholisi va tuman kadastrchilari uchun quvonchli kun bo'ldi. Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Yangihayot tumani bo'limi va filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

💠 Tantanali ochilish marosida Kadastr agentligi direktori o'rinbosari A.Abdullayev, hamda Yangihayot tumani hokimi H.Inag'omov va tuman sektor rahbarlari, nuroniylar, tizim mutasaddilari ishtirok etishdi.

🫥 Yangihayot tuman kadastrchilari avval o'z faoliyatlarini ijara asosidagi binoda olib borayotganlari bir qancha qiyinchiliklar tug'dirib kelayotgan edi. Ushbu yangi bino esa barcha zamon talablariga javob beruvchi, yangi texnologiyalar bilan jihozlangan bo'lib, xodimlarning kelgusi faoliyati va aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar uchun barcha imkoniyat va qulayliklar yaratilgani quvonarli holat.

➡️ Yangi bino haqida batafsil yana ma'lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Куксарой қароргоҳида расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлиб турган Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош котиби Антониу Гутерриш билан учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в резиденции «Куксарой» провел встречу с Генеральным секретарем Организации Объединенных Наций Антониу Гутерришем, пребывающем в нашей стране с официальным визитом.

#Mirziyoyev #uchrashuv #BMT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Poytaxtda kadastr filialining yangi binosi ochildi ⭐️🌟 Bugun Yangihayot tumani aholisi va tuman kadastrchilari uchun quvonchli kun bo'ldi. Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Yangihayot tumani bo'limi…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yuqorida ma’lumot berganimizdek, bugun poytaxtimizning Yangihayot tumanida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Yangihayot tumani filiali yangi binoda o‘z ishini boshladi.

▶️ Batafsil mazkur videoda:👆

🫥 Shuningdek, ushbu ochilish marosimi shu kunni o‘zidayoq mazkur tashqi OAVlarda keng yoritildi:

▫️Nazorat.uz
▫️Hurfikr.uz
▫️OCHUN.UZ

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 32 yil to'ldi

🌏 “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

🇺🇿 Ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom maʼnodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan.

🇺🇿Davlat gerbining soʻl tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekning dongʻini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan. Uzoqdagi togʻlar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma`nosi mamlakat aholisining ko`p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM